Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Jismoniy madaniyat shakllari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Jismoniy madaniyat shakllari
: insonlarning kasbiy va hayot faoliyati 
jarayonlarida vujudga keladigan ko‗plab ehtiyojlarini qondirishning jismoniy 
tarbiyaga oid sohalarini jismoniy madaniyat shakllari deb atash mumkin. 
Jamiyatda jismoniy madaniyatning asosiy shakllari: 
1. 
Jismoniy tarbiya: ta‘lim tizimida tashkil etiladigan jismoniy madaniyat 
tadbirlarining shakllari. 
2. 
Kasbiy amaliy jismoniy tarbiya: ta‘lim tizimida o‗quvchi talabalarni 
kasbiy faoliyatiga tayyorlash jarayonlari. 
3. 
Ishlab 
chiqarish 
jismoniy 
madaniyati: 
ishchi 
xodimlarning 
sog‗lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya jarayonlari. 
4. 
sog‗lomlashtiruvchi jismoniy madaniyat: kun davomida, dam olish 
jarayonlari va tibbiyotda qo‗llaniladigan jismoniy tarbiya shakllari. 
Jismoniy tarbiya.
Jismoniy madaniyatning muhim shakllaridan biri jismoniy 
tarbiya hisoblanadi. Jismoniy tarbiya ta‘lim tizimining barcha bosqichlarida 
majburiy ta‘lim sifatida kiritilgan. Jamiyatda jismoniy tarbiyaning asosiy 
yo‗nalishi o‗quvchi talabalarning jismoniy tayyorgarliklarini ortirish hamda 
jismoniy tarbiya bo‗yicha ta‘lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga qaratilgan. 
Boshqacha qilib aytganda kelajakda sog‗lom va jismoniy barkamol insonlar, 
mutaxassislar tayyorlash uchun asosiy jismoniy tayyorgarliklarni tashkil etish 
maqsad qilib belgilangan. 
Oliy ta’lim tizimida jismoniy tarbiya o‘quv fan sifatida: 
Oliy ta‘lim tizimida ―Jismoniy tarbiya va sport‖ o‗quv fan sifatida talabalar 
umum kasbiy gumanitar fanlar majmu‘i takibida yosh mutaxassislarning kasbiy 
amaliy jismoniy tayyorgarliklari ta‘minlash, shaxs sifatlarini shakllantirishga 
qaratiladi. Jismoniy tarbiya mashg‗ulotlari jarayonlarida umumiy jismoniy 
tayyorgarlikni tashkil etish, sog‗lom turmush tarzi qoidalariga o‗rgatish, kasbiy 
faoliyatda jismoniy harakat malaka va ko‗nikmalaridan samarali foydalanish 
amalga oshiriladi. 
―Jismoniy tarbiya va sport‖ fanining ta‘limi va tarbiyaviy vazifalari maqsadga 
yo‗naltirilgan jismoniy tarbiya jarayonlarida tashkil etiladi. talabalar jismoniy 


25 
tarbiya mashg‗ulotlari oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan ishlab 
chiqilgan, jismoniy tarbiya bo‗yicha ta‘lim standartlari, o‗quv rejalari hamda 
dasturlari asosida olib boriladi.
Oliy ta‘lim tizimida talabalar jismoniy tarbiya jarayonlari o‗quv 
mashg‗ulotlari va o‗qishdan tashqari mashg‗ulotlar shakllarida bo‗ladi. O‗quv 
mashg‗ulotlari talabalarning jismoniy tarbiya bo‗yicha mashg‗ulotlarining asosiy 
shakllaridan hisoblanib quyidagi shakllarda tashkil etiladi: 
Nazariy, amaliy va nazorat mashg‗ulotlari: Jismoniy tarbiya dasturlarining 
nazariy bo‗limi ma‘ruza mashg‗ulotlarida, amaliy bo‗lim amaliy uslubiy 
mashg‗ulotlarda, nazorat bo‗limi esa, nazaorat va jismoniy tayyorgarlikni baholash 
mashg‗ulotlarida o‗tkaziladi. 
Amaliy va uslubiy mashg‗ulotlar hamda talabalar tanloviga ko‗ra sport turlari 
mashg‗ulotlari: 
Xususiy, yakka holda va guruh holida qo‗shimcha mashg‗ulotlar tashkil etish: 
Jismoniy mashqlar va sport turlari bilan mustaqil shug‗ullanish 
mashg‗ulotlari. 
Talabalar ―Jismoniy tarbiya va sport‖ fani o‗quv mashg‗ulotlariga 
qatnashishlari tibbiy nazorat ko‗rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladi. Tibbiy 
nazorat natijalariga muvofiq talabalar asosiy, maxsus va sport guruhlariga 
taqsimlanadilar. Asosiy guruhga sog‗ligida nuqson bo‗lmagan sog‗lom talabalar 
kiritiladi. Maxsus guruhga sog‗ligi zaif, nogiron talabalar kiritiladi. Sport 
guruhlariga sport turlari bilan shug‗ullanuvchi jismonan sog‗lom, sportchi talabalar 
kiritiladi. 
Sog‗ligida jiddiy o‗zgarishlar bor va vaqtincha kasal talabalar jismoniy 
tarbiya mashg‗ulotlarida mustaqil mashqlar bilan shug‗ullanish, o‗yinlarda ishtirok 
etish, sog‗lomlashtiruvchi yurish, tabiat omillari yordamida chiniqtirish 
mao‗\shqlarim bilan mustaqil shug‗ullanishlari mumkin. Bu jarayonlarda jismoniy 
tarbiya o‗qituvchilari maxsus guruh a‘zolariga uslubiy tavsiyalar berishlari va 
harakatlarini nazorat qilib borishlari mumkin. SHu bilan birga bu guruh a‘zolari 


26 
bo‗lgan talabalar jismoniy tarbiya va sportga, sog‗lomlashtirish jismoniy 
mashqlariga oid mustaqil ish, referatlar tayyorlashlariga ruxsat beriladi. 
O‗qishdan bo‗sh vaqtlari tashkil etiladigan jismoniy tarbiya tadbirlarining 
shakllari: 
- o‗quv kun tartibida jismoniy mashqlar va sog‗lomlashtiruvchi jismoniy 
tarbiya tadbirlari bilan shug‗ullanish; 
- sport to‗garaklaridagi mashg‗ulotlar; 
- jismoniy mashqlar, sport va turizm bilan mustaqil shug‗ullanish; 
- ommaviy jismoniy tarbiya, sport sog‗lomlashtirish tadbirlari, sport 
musobaqalari va bayramlarida ishtirok etish. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə