Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Antropometriya
– inson tanasi va uning qismlari hajmini o‗lchash tizimi. 
Antropometrik o‗lchamlarga tana tuzilishining tashqi ko‗rik natijalarini ham 
kiritish mumkin. Natijalar jismoniy rivojlanish darajalari va xususiyatlari, uning 
jins va yosh ko‗rsatkichlariga muvofiqligi, jismoniy tarbiya va sport bilan 
shug‗ullanishda tana tuzilishidagi o‗zgarishlarni baholashga yordam beradi.
Antropometrik o‗lchovlar o‗tkazishning aniq bir qoidalari mavjud bo‗lib, 
antropometrik o‗lchovlar kunning bir vaqtida, ertalab o‗tkazish qabul qilingan. 
Tibbiy nazoratda bo‗yning uzunligi, tana vazni, tana qismlarining aylanasi 
o‗lchanadi. 
1.
Bo‘yning tik holdagi va o‘tirgandagi uzunligi – 
bo‗y o‗lchagich yordamida 
o‗lchanadi. SHuni eda tutish kerakki, bo‗y uzunligi kechga borib 1-2 sm.ga 
pasayishi mumkin. Bo‗y uzunligi og‗ir jismoniy yuklamalar ta‘sirida ham 3-5 
sm.ga pasayishi kuzatiladi. Bo‗y uzunligini o‗tirgan holda o‗lchash, gavda 
uzunligini aniqlaydi va tana qismlari proporsiyalari xaqida xulosa qilishga yordam 
beradi. Bo‗yning o‗sishiga basketbol, voleybol o‗yinlari bilan shug‗ullanish, 
balandlikka sakrash mashqlari yordam bersa, og‗ir atletika, sport gimnastikasi va 
akrobatika mashqlari bo‗yning o‗sishini sekinlashtiradi. 
2.
Tana vazni
– tarozida tortish bilan o‗lchanadi. Tana vazni tayanch harakat 
apparati tizimi rivojlanganligini, teri osti qatlami yog‗ va muskul to‗qimalari 
hamda ichki organlar morfo funksional holatini bildiradi. Tana vazni jismoniy 
tarbiya va sport bilan shug‗ullanishda muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun 
tana vaznini faqat shifokor nazorati jarayonlarida emas, balki deyarli har 
mashg‗ulotlar jarayonlarida o‗lchab turish maqsadga muvofiq. Tana vaznini 
nazorat qilib turish ayniqsa sportning vazn toifalariga muvofiq musobaqalarda 
ishtirok etish turlarida zaruriy talab bo‗lib hisoblanadi. 
3.
Bosh, bo‘yin, ko‘krak qafasi, qorin, elak, bilak, son va boldirlar aylanasi – 
santimetr tasmasi va maxsus sirkul bilan o‗lchanadi. Ko‗krak qafasi aylanasi 
chuqur nafas olganda, nafas chiqarganda va tinch holatda o‗lchanadi. Ko‗krak 


44 
qafasi ekskursiyasi – o‗lchovlar o‗rtasidagi farq o‗rtacha 6-9 sm.ga teng bo‗ladi. 
Siklik sport turlari bilan shug‗ullanuvchi sportchilarda ko‗krak qafasi ekskursiyasi 
- o‗lchovlarning farqi 10-12 sm bo‗lishi mumkin. 
4.
YOg‘ qatlami 
maxsus sirkul – kaliper bilan o‗lchanadi. Bir qo‗l bilan 5 sm 
hajmdagi teri qatlami tortilib ikkinchi qo‗l bilan kaliper yordamida o‗lchanadi. 
Teri yog‗ qatlamining qalinligi yosh, jins, tana tuzilishi ko‗rsatikchlariga, 
ovqatlanish shakli va tartibi hamda jismoniy harakatlar bajarish faoliyatiga bog‗liq 
bo‗ladi. 
5.
Nafas olish tezligi – chastotasi 
– nafas olish tizimi faoliyatini baholash 
mezoni bo‗lib, o‗lchashda qo‗l kafti qorin usti – ko‗krak qafasi ostiga qo‗yilib, 
nafas olish soni sanaladi. Nafas olish erkin va ixtiyoriy bo‗lishi kerak. Nafas olish 
chastotasining o‗rtacha ko‗rsatkichi tinch holatda daqiqasiga 15-18 marta bo‗ladi. 
Sportchilarda nafas olish tizimining takomillashib borishi natijasida ko‗rsatkich 
daqiqasiga 8-10 marta bo‗ladi.
6.
O‘pkaning tiriklik sig‘imi (O‘TS)
– maksimal darajada nafas olib, maksimal 
darajada nafas chiqarishda maxsus asbob – spirometr yordamida o‗lchanadi. 
Tekshiriluvchi dastlab 2-3 marta chuqur nafas olib chiqaradi, so‗ng chuqur nafas 
olib spirometr mundshtukiga puflaydi. Bir qo‗l bilan burun kataklarini berkitib 
turish kerak. O‗TS sport tayyorgarlik darajalari, yosh va jins ko‗rsatkichlariga 
muvofiq bo‗ladi. O‗TS ayollarda o‗rtacha 2500-3000 ml, erkaklarda 3500-4000 
ml. bo‗ladi. Suzuvchilar, o‗rta va uzoq masofaga yuguruvchilarda bu ko‗rsatkich 
6000-7000 ml.ga etishi mumkin. O‗rtacha og‗irlikdagi jismoniy yuklamalarda 
O‗TS o‗zgarmaydi. Og‗ir jismoniy yuklamalar ta‘sirida O‗TS kamayishi 
kuzatiladi, bu holat organizmda toliqish vujudga kelayotganini bildiradi. 
7.
Muskul kuchi – 
muskul guruhlarining maksimal kuch namoyon qilish darajasi 
o‗lchov asboblari yordamida aniqlanadi. Kuch har hil turdagi danamometrlar 
yordamida o‗lchanadi. Kuch qobiliyati uch urinishda o‗lchanib, eng yaxshi natija 
qayd etiladi.
Bilak dinometriyasi orqali bilak va panja kuchlari o‗lchanadi. Dinamometrni 
ushlab, qo‗l elka kengligida yon tomonga uzatiladi. Dinimometr bo kuchi bilan 


45 
siqiladi. O‗ng qo‗l kuchi erkaklarda o‗rtacha 35-50 kg, ayollarda 25-33 kg.ga teng 
bo‗ladi, chap qo‗lning shrtacha kuchi o‗n qo‗l kuchidan 5-10 kg oz bo‗lishi 
mumkin. Bel muskullarining tayanch kuchi tayanch dinamometriyasi orqali 
o‗lchanadi. Moslama ustida turib, maxsus tutqichni tortiladi. Tortish harakatlarida 
tizzalar bukilmaydi. Erkaklarda tortish kuchi o‗rtacha 130-150 kg.ga teng bo‗lsa, 
ayollarda 80-90 kg.ga teng bo‗ladi. SHunindek tana muskullari guruhlarining 
kuchini aniqlashda elka bo‗g‗imi, son va boldir muskullari hamda gavdani 
harakatlantirish muskullalri kuchini o‗lchash mumkin. 
Jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlari jarayonlarida muskul kuchi ortib 
boradi. Jismoniy yuklamalar ta‘sirida charchashlarda, sauna va hammom qabul 
qilganda hamda ba‘zi kasalliklarda kuch imkoniyatlari bir oz susayishi kuzatiladi. 
8.
Egiluvchanlikni aniqlash
– umurtqa pag‗onasining harakatchanligini 
baholashga imkon beradi. Umurtqa pag‗onasining harakatchanligini aniqlashda 
gavda harakatlari, uni oldga va orqaga, yon tomonlarga egilish amplitudasi va 
burilish darajasi o‗lchanadi. Umurtqa pag‗onasi egiluvchanligini o‗lchashda 
insonni oldga makimal ravishda egila olishini aniqlanadi. Bunda tekshiriluvchi 
skameyka ustida turib oldga egiladi. Egilishda oyoqlar tizzi bo‗g‗inida 
bukilmasligi kerak. Qullar juftlanib polga tekkiziladi. Qo‗llar uchi polga qolga 
masofasi egiluvchanlik darajasini ko‗rsatadi. Umurtqa pag‗onasi egiluvchanligini 
bunday o‗lchash usuli guruhda eguluvchanlik darajasi yuqori bo‗lgan 
tekshiriluvchini aniqlashga yordam beradi. Barmoqlarning polga 20 sm oralikda 
qolishi umurtqa pag‗onasi egiluvchanligini yaxshi ekanligidan dalolat beradi. 
Jismoniy rivojlanishni baholashda o‗lchov indekslaridan ham foydalanish 
mumkin. Bu indekslar tana vaznining bo‗y uzunligiga, o‗pkaning tiriklik 
sig‗imiga, kuch imkoniyatlariga muvofiqligini baholashga imkon beradi. 
SHuningdek indekslardan jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarida mustaqil 
shug‗ullanish jarayonlarida ham foydalanish mumkin.
Ketle indeksi bo‗yicha vazn – bo‗y nisbatini aniqlashda tana vazninign 
grammlardagi ko‗rsatkichini bo‗y uzunligiga bo‗linadi. O‗rtacha ko‗rsatkich 
erkaklarda 1 sm bo‗yga 370-400 gr. vazn og‗irligi to‗g‗ri keladi, ayollarda esa 1 


46 
sm bo‗yga 325-375 gr. vazn g‗irligi mos keladi. 
Broka-Bruksha indeksi bo‗yicha bo‗y – vazn nisbatini aniqlashda bo‗y 
uzunligidan tana vazni ayirib tashlanadi. Masalan 160 sm bo‗y – 100 ni ayirilsa, 
teng bo‗ladi 65 kg me‘yoriy vazn. Bu ko‗rsatkich bo‗y uzunligi 165 sm. gacha 
bo‗lganda 100 soni ayiriladi. Bo‗y 166-175sm bo‗lganda 105 soni, bo‗y 175 
sm.dan yuqori bo‗lganda 110 soni ayiriladi. 
O‗TS tana vazniga nisbatini aniqlash, tananing har bir kilogramiga qancha 
kub havo to‗g‗ri kelishini ko‗rsatadi. Buning uchun O‗TS ko‗rsatkichini tana 
vazniga bo‗linadi. Masalan O‗TS ko‗rsatkichi 3000 ml/60 kg = 50 ml/kg. 
O‗pkaning tiriklik o‗rtacha ko‗rsatkichi erkaklarda - 65-70 ml/kg, ayollarda - 55- 
60 ml/kg bo‗ladi. Bu ko‗rsatkichlar sportchi erkalarda - 75-80 ml/kg bo‗lsa, 
sportchi ayollarda- 65-70 ml/kg bo‗lishi mumkin. O‗pkanining tiriklik 
ko‗rsatkichini yuqori bo‗lishi nafas olish tizimining takomillashganligini 
ko‗rsatadi. O‗pkanining tiriklik ko‗rsatkichini 55-45 ml/kg.dan past bo‗lishi nafas 
olish tizimida kasalliklar shakllanishiga olib keladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə