Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Qorin shakli 
qorin press muskullarining rivojlanishi, teri osti yog‗ 
qatlamining qalinligi bog‗liq bo‗ladi. SHuningdek yosh, jins va qomatni hamda 
ko‗krak qafasining tuzilishi qorin shakli va hajmiga ta‘sir etadi. 
Oyoqlar tuzilishini aniqlashda tekshiriluvchi tik holatda, tovonlar bir biriga 
tekkan holda turadilar. Me‘riy holatda tizzalar bir biriga tegib turadi. Oyoqlarning 
O shaklida tizzalar biri biridan uzoqroqda bo‗ladi. Oyoqlarning X shaklida esa 
tizzalar biri biridan o‗tib ketishi mumkin. Sportchilarda ko‗p holatda oyoqlar 
me‘yoriy shaklda bo‗lib, ba‘zan O shakldagi oyoqlar ham uchrab turadi. Bunday 
oyoq shakllari og‗ir jismoniy yuklamalar ta‘sirida vujudga kelishi mumkin.
Oyoq kafti holati uning izlariga muvofiq baholanadi. Oyoq kaftining izini 
tahlil etish – planetografiya deb ataladi. Kaftlarning tabiiy bukilishi bo‗lmasa 
yassi oyoqlik bo‗lib hisoblanadi. YAssi oyoqlik tug‗ma nuqson bo‗lib hisoblanadi. 
YAssi oyoqlikning salbiy oqibatlari umurtqa pag‗onasi oralig‗idagi disklarga 
jismoniy yuklamalar bir me‘yorda tushmaydi. YA‘ni umurtqaning tabiiy egiklariga 
jismoniy yuklamalar salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. YAssi oyoqlikni bartaraf etish uchun 
bolalikdan davolash jismoniy mashqlari bilan shug‗ullanish kerak. SHunga 
qaramay yassi oyoqli bolalarga jismoniy tarbiya mashg‗ulotlarida og‗ir jismoniy 
yuklamalarni bajarish tavsiya etilmaydi. 
Tana umumiy muskul tizimning holati muskul to‗qimalarining rivojlanishi, 
ularning tarangligi va elastikligi hamda tashqi ko‗rinishi bilan baholanadi. Muskul 
tizimining rivojlanishi insonning kuchliligi va chidamliligini belgilaydi. 
Inson tanasining shakli deganda uning qismlari o‗lchamlari, uzunligi va 
kengligi tushuniladi. Tana qismlari o‗lchamlarining nisbati tana tuzilishini 


42 
belgilaydi. Tana tuzilishi yosh va jins ko‗satkichlarga hamda shaxs xususiyatlariga 
muvofiq rivojlanadi. YOsh o‗tishi bilan bosh suyagi deyarli o‗zgarmaydi, gavda va 
bo‗yin hamda qo‗l, oyoqlar uzunligi o‗sadi. Erkaklar tana tuzilishi ayollarnikiga 
nisbatan yirik bo‗lib, tos suyagi tor, elka bo‗g‗imi keng bo‗lib shakllanadi. 
Ayollarda esa tana tuzilishi kichikroq, elka bo‗g‗im tor va tos suyagi keng bo‗lib 
shakllanadi. Bir hil jinsdagi va yoshdagi insonlarda tana tuzilishida katta farqlarni 
ham kuzatish mumkin 
Tana tuzilishining asosiy uch tipi uchraydi:
Astenik tip:
xalq tilida suyagi ingichka insonlar – yuzi kichik, bo‗yin uzun va 
ingichka, qo‗krak qafasi tor, qorin tekis, oyoq va qo‗llari uzun, elka bo‗g‗imi tor, 
muskul tizimi nozik va teri qatlami rangsiz xira bo‗ladi. 
Giperstenik tip: 
yo‗g‗on suyakli insonlar 

bosh yumoloq shaklda, yuzi keng, 
bo‗yin kalta va yo‗g‗on, ko‗krak qafasi kalta va keng, qorin katta, oyoq va qo‗llari 
kalta va yo‗g‗on, teri qalin, suyaklari og‗ir, muskullar go‗shtdor va yaxshi 
rivojlangan bo‗ladi. 
Normostenik tip
– tana tuzilishi proporsional, tana o‗lchamlari, ko‗krak qafasi 
uzunligi va kengligi o‗zaro muvofiqlikda shakllangan, suyak tuzilishi, muskul va
yog‗ qatlami bir hilda rivojlangan. 
Tana tuzilishiga ovqatlanish sifati va tartibi, atrof muhitning iqlim ta‘sirlari 
hamda jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanish faoliyati ta‘sir ko‗rsatadi. 
Bolalik va o‗smirlik davrida jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanish tana 
tuzilishidagi ba‘zi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. SHuni esda tutish 
kerakki tana tuzilishi va tana qismlari o‗lchamlari irsiy qonuniyatlar asosiyda 
shakllanadi.
Sportchilar orasida tana tuzilishining barcha tiplari uchraydi. SHuningdek 
sport turlariga xos bo‗lgan tana tuzilishlari ham mavjud. Masalan basketoblchilar 
– uzun bo‗yli, og‗ir atletikachilar yo‗g‗on va gimnastlar past bo‗yli bo‗ladilar. Bir 
sport turi bo‗yicha ixtisoslashgan yuqori malakali sportchilar tana tuzilishining 
morfologik ko‗rinishlari deyarli bir hil shaklga keladi. Bu ko‗rsatkichlar bir hil 
shakldagi sport mashqlarining ta‘siri natijasida bo‗lish bilan birga, sportda yuksak 


43 
natijalarga erishishining bosh omili bo‗lgan, tana tuzilishi bir hil bo‗lgan bolalarni 
shu sport turiga jalb etish munosabati bilan ham yuzaga keladi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə