Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Talaba yoshlarda jismoniy tarbiya va sport yordamida sog„lom turmush



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

 
Talaba yoshlarda jismoniy tarbiya va sport yordamida sog„lom turmush
tarzini shakllantirish 
Sog‗lik va uning inson uchun muhimligi xaqida ko‗plab ta‘kidlanadi. 
Asrimizning ekologik muammolar va ijtimoiy ziddiyatlar kuchaygan davrida 
jamiyatning qadriyatlari va nufuzli masalalarida biri bo‗lgan bu vazifa dolzarb 
muammolardan biri bo‗lib kelmoqda. Sog‗lik insonning jasmonan barkamol va 
ma‘naviy etuk qilib tarbiyalash natijasi bo‗libgina qolmay, balki mutaxassislikni 
egallash va kelajakda kasbiy faoliyatni samarali tashkil etish omili bo‗lib ham 
xizmat qiladi. 
Salomatlik umum insoniy global muammo bo‗lib, sog‗lik tushunchasining 
aosiy mahiyati to‗liq o‗rganib chiqilmagan. Butun dunyo sog‗likni saqlash 
jamiyati taklifiga ko‗ra ―sog‗lik – insonni faqat kasalliklarda holi holati emas
balki jismoniy, ruhiy va iqtisodiy ta‘minlanganlik holati‖ bo‗lib hisoblanadi. 
Sog‗likni muhim jihatlaridan biri jismoniy va aqliy yuklamalarga, atof muhitning 


47 
ta‘sirlari, iqlim sharoitlari, suvning aylanishi, elektromagnit maydonlari, hayvonot 
va o‗simlik dunyosi, jamiyat tuzilishi, mexnat va hayot faoliyati talablariga
moslashuvchanlik – adaptasiya qobiliyati.
Inson sog‗ligiga ta‘sir etuvchi omillarni ilmiy tadqiot qilish natijalarini tahlil 
etishda quyidagi xulosalarni qilish mumkin. Inson sog‗ligi bog‗liq bo‗ladi: 
-
Hayot tarzi va hayot sharoitlariga 50 %; 
-
Irsiy ko‗rsatkichlarga 20%; 
-
Ekologik omillarga 20-25 %; 
-
Tibbiy ta‘minotga 10 %.
Organizm kasllanishishining asosan ikki sababi bor: organizm morfo 
funksional holati va atrof muhitning ta‘siri. Demak kasalliklarni oldini olishning 
ikki yo‗li bor: atrof muhitning salbiy ta‘sirlarini bartaraf etish yoki organizmni 
sog‗lomlashtirish, moslashuvchanlik qobiliyatlarini takomillashtirish, bu bilan 
atrof muhit salbiy ta‘sirlariga organizm chidamliligini ortirish. Birinchi usul juda 
qiyin, chunki atrof muhitning barcha salbiy ta‘sirlarini bartaraf etish imkoniyati 
cheklangan. Ikkinchi usul esa ishonarli. Bu usul kasalliklar chaqiruvchi 
holatlardan holi bo‗lish bilan birga, organizmni chiniqtirish, atrof muhit salbiy 
ta‘sirlariga 
ta‘sirchanlikni 
kamaytirish 
maqsadida, 
tashqi 
ta‘sirlarga
moslashuvchanlikni shakllantirishni ta‘minlaydi. 
Organizm tabiatan o‗zini yangilash va takomillashtirishga qodir bo‗lib, butun 
umr davomida sog‗likni mustahkamlash uchun faoliyat olib boradi. Buning uchun 
har bir inson o‗zining yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarliklariga muvofiq o‗zning 
xissasini qo‗shishi kerak. Inson hayot tarzi uning shaxs xususiyatlari, yoshi, jinsi, 
kasbiy faoliyati, yil davrlari, iqlim xususiyatlari, yashash joyi va sharoitlari, 
jamiyatning taraqqiyoti hamda inson qadriyatlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy va 
ma‘naviy salohiyati, madaniyat va dunyo taraqqiyotiga bo‗lgan munosabatiga 
bog‗liq bo‗ladi. Har bir inson o‗z yaqinlari, jamoasi va jamiyat oldida o‗zining 
xulq atvori, sog‗ligining holati hamda o‗zini hurmat qilishi bilan javobgar bo‗lib 
hisoblanadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə