Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

To‘g‘ri ovqatlanish:
 
Ovqatlanish – inson sog‗ligini mustahkamlash va yuqori 
mexnat samaradorligini ta‘minlash omillaridan biri. To‗g‗ri ovqatlanish esa – 
ozuqa maxsulotlarini organizm ehtiyojiga muvofiq iste‘mol qilish ya‘ni sifatli 
ovqatlanish. Inson organizmiga kun davomida hilma hil ozuqa moddalri qabul 
qilinishi kerak: 
-
Hayvon oqsillari – go‗sht, baliq, tuxum va sut maxsulotlari; 
-
O‗simlik oqsillari – kartoshka, loviya, don maxsulotlari va har hil turdagi 
mag‗izlar; 
-
Hayvon yog‗lari – sariyog‗, qaymoq, pishloq, sut va yog‗li go‗shtlar, yog‗li 
baliqlar; 


53 
-
O‗simlik yog‗lari – paxta, kungaboqar, zaytun, makkajo‗xori va boshqa 
o‗simliklar yog‗lari; 
-
Oddiy uglevodlar – shakar, asal, qiyom, mevalar, marmelad, shokolad va 
shirinliklar; 
-
Murakkab uglevodlar – kartoshka, non, don, makaron maxsulotlari va 
dukkaklilar; 
-
O‗simliklar kletchatkalari – sabzavotlar, mevalar, don maxsulotlari; 
-
Mineral moddalar; 
-
Vitaminlar; 
-
Suvlar. 
Oqsillar – 
energiya tashuvchi modda bo‗lish bilan birga, to‗qimalarning 
tiklash maxsuloti bo‗lib xizmat qiladi. Oqsillar organizm hujayralari va 
to‗qimalarining tarkibiy qismi bo‗lib hisoblanadi. Oqsillar tana hajmining to‗rtdan 
uch qismini tashkil etadi. Hayvon maxsulotlari go‗sht, baliq, tuxum va sutda 
mavjud bo‗lgan oqsillar eng foydali oqsillar bo‗lib hisoblanadi. Ularda organizm 
uchun zarur bo‗lgan barcha aminokislotalar bo‗ladi. Aminokislotalar o‗simliklar – 
kartoshka, guruch, grechka, dukkaklilar, makkajo‗xori, suli va yorma hamda 
mag‗izlarda ham ko‗p uchraydi. 
YOg‘lar – 
energiya manba‘i bo‗lish bilan birga barcha to‗qimalar tarkibiga 
kiradi. Ortiqcha yog‗ maxsulotlari yog‗ to‗qimalari shakllarida yog‗ depolarida 
zaxira holatida to‗planadi. Bu zaxiralar energiya manba‘i bo‗lib hisoblanadi. Ular 
ozuqa moddalari etishmovchiligida, uglevodlarning kamayib ketishida sarf etiladi. 
YOg‗ to‗qimalari ichki organlar yuzasini qoplab olib, ularni mexanik 
zararlanishdan ham saqlaydi. Teri osti yog‗ qatlami organizmda issiq saqlanishini 
ta‘minlaydi. Teri ustidagi yog‗ bezlari ishlab chiqgan yog‗ moddalari terini qurib 
qolishdan va suv ta‘sirida namlanishidan saqlaydi. Inson organizmi har kuni ozuqa 
moddalari tarkibida hayvon va o‗simlik yog‗lari qabul qilib turishi kerak. YOg‗lar 
tarkibida ko‗plab vitaminlar ham mavjud. Organizmda yog‗ hosilalari oqsillar, 
shuningdek uglevodlarni ko‗plab qabul qilish oqibatida ham vujudga keladi. 
Uglevodlar – 
organizmda asosiy energiya manba‘i bo‗lib hisoblanib, barcha 


54 
to‗qimalar tarkibiga kiradi. Ozuqa moddalari bilan qabul qilinadigan uglevodlar 
oddiy va murakkab uglevodlarga bo‗linadi. Uglevodlarni organizm o‗zlashtirishida 
quyidagi holatlar yuzaga keladi: 
-
Uglevodlar glikogen shaklida muskullar va jigarda to‗planadi; 
-
Uglevodlar jadal aqliy va jismoniy faoliyat jarayonlarida tez sarf etiladi; 
-
Oddiy uglevodlar qabul qilinganda organizmda tez o‗zlashtirilib qisqa vaqtli 
quvvat hosil bo‗ladi;
-
Murakkab uglevodlar qabul qilinganda ular sekin o‗zlashtiriladi, lekin 
ishchanlik qobiliyati uzoq muddat saqlanib turadi.
Ozuqa maxsulotlarida uglevodlar etishmasligi, ularni oqsillar va yog‗ 
moddalaridan hosil bo‗lishiga olib keladi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə