Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Autogen mashg‘ulotlar – 
ruhiy holatni boshqarish va asabiylikni 
tinchlantirishning eng samarali usullaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Muskul 
faoliyati xissiy holatlarga bog‗liq. Inson asabiylashganda, hayajonlanganda, hafa 
bo‗lganda muskulllar zo‗riqishi hosil bo‗ladi. Sokinlik holati, ijobiy xis tuyg‗ular 
va yaxshi kayfiyatda muskullar bo‗shashgan, tinch holda bo‗ladi. Autogen 
mashg‗ulotlarda muskullarni sun‘iy holda zo‗riqtirish va bo‗shashtirish holatlari 
yuzaga keltiriladi. Sun‘iy holda muskullarni bo‗shashtirish bilan salbiy xis 
tuyg‗ularini, asabiylikni tinchlantirish va kayfiyatni ko‗tarish mumkin. Autogen 
mashg‗ulotlarda muskullarni bo‗shashtirishning fiziologik ahamiyati quyidagicha: 
-
Xissiy va aqliy zo‗riqishni bartaraf etuvchi mustaqil omil. Masalan: yuz va 
bosh muskullarini bo‗shashtirish, tana boshqa muskullarini ham bo‗shashtirishni 
ta‘minlay oladi; 
-
Tetik holatdan uyquga ketish holatiga tayyorlashda yordam beruvchi omil. 
Autogen mashg‗ulotlarning salbiy ta‘sirlari kuzatilmagan. Mashg‗ulotlarda 


64 
ijobiy natijalarga erishish uchun autogen mashqlarni faol va muntazam, sabr toqat 
bilan bajarish tavsiya etiladi. 
Ruhiy holatni barqarorlashtirishda nafas olish mashqlari ham muhim 
ahamiyatga ega. Masalan: o‗zini biror holatga tayyorlashda chuqur nafas olish va 
havoni keskin chiqarish tavsiya qilinadi. Tinchlanish yoki zo‗riqishlarni bartaraf 
etishda qisqa nafas olish va uzoq nafas chiqarish, so‗ng bir oz nafas olmaslik 
kerak. SHuningdek yuzaki tez tez nafas olish ham organizmni tinchlanishiga 
yordam beradi. Inson hayot tarzi, hayotiy maqsadlari uning sog‗ligini, ijtimoyi 
farovonligini, jamiyatda, jamoada va oiladagi o‗rni va ahamiyatini belgilaydi. 
Sog‗likning axamiyati insonni kasbiy va o‗qish faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil 
etishga va ijtimoiy farovonlikka erishishga katta asos bo‗ladi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə