Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Ruhiy chiniqtirish: 
hayotiy voqea – hodisalarning organizm markaziy va 
vegetativ nerv tizimiga ta‘sirlari xissiy holatlarda aks etadi. Kuchli xissiy 
ta‘sirlarda asabiylik, stresslar vujudga keladi. Salbiy ta‘sirlar sifatida oilaviy 
muammolar, kasbiy faoliyatdagi muammolar, hayotning bir maromda kechmasligi, 
noo‗rin tuhmat, qattiq qo‗rqinch, o‗kinch, sog‗inch, hayot shaklida keskin 
o‗zgarishlarni ko‗rsatish mumkin. Bunday stress holatlarga organizm tez moslasha 
olmasligi organizmda salbiy holatlarni yuzaga keltiradi. Stresslar ham salbiy va 
ijobiy ta‘sirga ega bo‗ladi. Ijobiy ta‘sirga ega stresslar eustress deb ataladi. Ular 
organizmni yangi shakldagi shart sharoitlarga moslashishga va ishchanlik 
qobiliyatini ortirishga katta yordam beradi. Salbiy stress – distress esa asabiylik – 
nevroz kasalliklarini vujudga kelishining asosiy sababchisi bo‗ladi.


63 
Psixologlar ta‘kidlashicha inson ruhiy sog‗ligi hayoti davomida sodir 
bo‗ladigan hodisalarga emas balki bu hosdisalarga organizmning chidamliligiga 
bog‗liq bo‗ladi. Optimistik dunyoqarash insonga har qanday qiyinchilikni engishga 
yordam bersa, pessimistik dunyoqarash esa arzimagan qiyinchiliklarda ham 
organizmni qiyin holatga solib qo‗yadi. Ruhan tushkunlik, kayfiyatni yo‗qolishi, 
ishchanlik qobiliyatini pasayib ketishi bilan birga asabiylik kasalliklarini keltirib 
chiqaradi. 
Stressning salbiy t‘siri inson o‗ziga ―endi nima bo‗ladi va qanday xavf keladi‖ 
deb savol berganda ortib ketadi. Agar ―nima qilish mumkin‖ degan savolni qo‗ysa, 
stressdan qutilish yoki uni echimini topishga imkon yaratiladi. O‗zining ruhiy 
holatini boshqara olmaydigan insonlar yillar davomida stress holatida yashaydilar. 
Uzoq vaqt davomida asabiy xissiy zo‗riqishda bo‗lish uyquning buzilishi
ishtahaning yomonligi, tushkun kayfiyat, asabiylashish, bosh og‗riqlari, ba‘zan esa 
kuchli ruhiy kasalliklarga olib keladi. Stress holatida asabiylashishining oldini 
olishda maroqli dam olish, sokin uyqu, to‗g‗ri ovqatlanish, muntazam engil 
jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanish muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə