Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Gigiena qoidalariga rioya qilish



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Gigiena qoidalariga rioya qilish:
 
SHaxsiy gigiena qoidalariga kun tartibiga 
rioya qilish, tanani parvarish qilish, kiyimlar va poyabzal gigienasini kiritish 
mumkin. SHaxsiy gigiena qoidalarini yaxshi bilish har bir inson uchun muhim 
bo‗lib hisoblanib, gigiena qoidalariga qat‘iy rioya qilish sog‗likni 
mustahkamlashga, aqliy va jismoniy ishchanlik qobiliyatini ortirishga katta 


61 
yordam beradi.
Tanani parvarish qilish.
Tana gigienasiga rioya qilish, organizm hayot 
faoliyati jarayonlarini me‘yoriy ravishda borishini ta‘minlaydi. Teri yuzasining 
rangi va holati sog‗likning holati, ishchanlik qobiliyati va turli kasalliklarga 
organizmning chidamliligidan darak beradi. Teri inson organizmining muhim 
qobig‗i bo‗lib, organizm ichki muhitini himoya qilish, moddalar almashinuvi 
natijalarini tashqariga chiqarish, organizm haroratini boshqarish kabi vazifalarni 
bajaradi. Terida ko‗plab nerv tugunlari bo‗lib, teriga ta‘sir etuvchi vositalar haqida 
axborotlar berib turadi. Bu ma‘lumotlar sog‗lom va toza teri sohasida amalga 
oshiriladi. Terining kirlanishi, teri kasalliklari terining o‗tkazuvchanligini buzadi 
va inson salomatligiga salbiy ta‘sirlar ko‗rsatadi. 
Kiyimlar va poyabzal gigienasi.
Kiyimlar va poyabzal insonni tashqi muhit 
talablariga muvofiq moslashuvini tashkil etishga, terini kirlanish, mexanik 
ta‘sirlardan saqlanishga yordam berishi kerak. Sport kiyim va poyabzali jismoniy 
tarbiya mashg‗ulotlari va sport turlari bo‗yicha musobaqalar xususiyatlariga 
muvofiq bo‗lishi lozim. Ular engil, harakatlarni erkin bajarishga imkon beradigan 
bo‗lishi kerak. Odatda sport kiyimlari elastik materiallardan tayyorlanadi, ular 
havoni yaxshi o‗tkazadigan, ter suyuqligini yaxshi shimib oladigan va uni 
bug‗lantirib chiqarib yuboradigan bo‗lishi kerak. Poyabzal engil, ixcham, havo 
yaxshi aylanadigan, namlanmaydigan, mexanik ta‘sirlarni yumshatadigan bo‗ladi. 
Ular ob havo shakllariga muvofiq tayyorlanadi. Uzoq masofaga sayrlar, kross 
yugurishlarida pishiq, chidamli poyabzal foydalaniladi. Ular quruq va chidamli 
bo‗lishi kerak aks holda oyoq panjalarini jarohatlanishi yoki sovuq urishi mumkin. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə