Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

CHiniqtirish 
– atrof muhitning sovuq va issiq haroratiga, quyosh 
radiasiyalariga, atmosfera bosimining pasayishiga organizm chidamliligini 
ortirishga qaratilgan tadbirlar bo‗lib hisoblanadi. CHiniqtirish organizmni 
shamollash va yuqumli kasalliklarga chidamliligini ortirishda muhim ahamiyatga 
ega. CHiniqtirish muolajalarini qabul qilishda ham muntazamlilik, sekin astalik
shuxsiy xususiyatlarni hisobga olish, turli vositalardan foydalanish, izchillik, o‗zini 
nazorat qilish tamoyillaridan foydalanish tavsiya etiladi.


62 
Muntazamlilik tamoyili chiniqtirish muolajalarini doimo tashkil etishni taklif 
etadi. CHiniqtirish muolajalarni qoldirilishi organizm chidamliligin susaytirib 
yuborishi mumkin. 2-3 hafta davomida chiniqtirish muolajalari qabul qilmaslik
chiniqqanlik samarasini pasaytirib yuboradi. CHiniqtirish muolajalari jarayonida 
tashqi omillarning ta‘sirini muntazam va sekin asta ortirib borish tavsiya etiladi. 
SHunda muolajalarga organizmni moslushuvi amalga oshadi. CHiniqtirish 
muolajalar qabul qilishda va ularning ta‘sirini ortirib borishda inson sog‗ligini, 
jismoniy tayyorgarliklarini va yosh ko‗rsatkichlarini e‘tiborga olish muhim bo‗lib 
hisoblanadi. 
CHiniqtirish muolajalarini qabul qilishda har hil vositalardan samarali 
foydalanish mumkin. Masalan. Suv muolajalari qabul qilishda quyosh nurlarida 
toblanish yoki toza havda sayr qilish maqsadga muvofiq bo‗ladi. SHuning uchun 
ochiq va tabiiy suv xavzalarida suzish mashg‗ulotlari, velosipedda sayrlar, kross 
yugurishlari, turizm va alpinizm safarlari va sayohatlari organizmga kuchli 
chiniqtiruvchi ta‘sir ko‗rsata oladi. CHiniqtirish muolajalari qabul qilishda 
organizm holatini nazorat qilib borish kerak. CHiniqtirish muolajalarining samarali 
ta‘sirlari uyquning yaxshilanishi, kayfiyatning va ishchanlik qobiliyatini ortishida 
kuzatiladi. Uyqusizlik, asabiylik va ishchanlik qobiliyatining pasayishi chiniqtirish 
muolajalarini noto‗g‗ri tashkil etilishida bo‗lishi mumkin. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə