Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Alkogol’ (etil spirti)
– tirik organizmni zaharlovchi modda bo‗lib hisoblanadi. 
Alkogol‘ ichimliklari ichish organizmda har hil kasalliklarni chaqirib, sog‗likda 
salbiy o‗zgarishlar bo‗lishiga, aqliy va jismoniy ishchanlik qobiliyatini keskin 
kamayishiga olib keladi. Alkogol‘ organizm barcha a‘zolariga so‗rilib, ular 
faoliyatini buzadi. Hujayrada kislorod va suvni so‗rib, to‗qimani emiradi, har hil 
kasalliklarni avj olishiga zamin yaratadi. U dastlab bosh miyada to‗planib nerv 
tizimini zaharlaydi. Kislorod etishmovchiligidan bosh miya po‗stlog‗i hujayralari 
nobud bo‗ladi, natijada xotira va fikrlash qobiliyati pasayadi.
Spirtli ichimliklar iste‘mol qiluvchilarda jigar, markaziy nerv, yurak qon 
tomir tizimi, ovqat xazm qilish va nafas olish organlari hamda boshqa ichki a‘zolar 
kasalliklari ko‗p uchraydi. Bu bilan organizmning yuqumli va shamollash 
kasalliklariga qarshiligi hamda intellekt va aqliy qobiliyatlari pasayadi. Spirtli 
ichimliklar oilaviy jinsiy hayot tarziga ham, inson iroda sifatlarini rivojlanishiga 
ham salbiy ta‘sir ko‗rsatib, ma‘naviy va axloqiy buzuq sifatlar namoyon bo‗lishiga 
olib keladi. Jinoiy ishlarning ko‗pchiligi, avto falokatlar mast holda sodir etiladi. 
Alkogol‘ ichimliklar iste‘molidan voz kechish orgnizmni sog‗lom bo‗lishiga, 
o‗qishda va kasbiy faoliyatda muvoffaqiyatlarga erishishga garov bo‗la oladi.
Narkomaniya
– 
inson ruhiy va jismoniy zaiflashuviga sabab bo‗lib, uni 
nogiron bo‗lib qolishga olib keladi. Narkotik moddalarni oz miqdorda qabul qilish 
ham organizmga nobud qiluvchi ta‘sir ko‗rsatib, og‗ir kaslliklarga chalintiradi. 
Narkotik moddani qabul qilish organizmda vaqtinchalik hushkayfiyat – eyforiyani 
chaqirsada, keyin karaxt bo‗lib qolish, fikrlash va harakatlanishni buzilishi, tashqi 
dunyoni qabul qilish sezgilarini izdan chiqishiga olibkeladi. 
Narkotik qabul qilishda organizm sekin asta kuchli zaharlinishga duchor 
bo‗ladi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyati keskin kamayib ketadi, iroda susayadi
mas‘uliyat va burch tushunchalari yo‗qoladi. Narkomanlarning sog‗ligi zaiflashuvi 
bilan birga ongi, shaxs sifatlariga putur etadi. Ularning ko‗pchiligi og‗ir jinoyatlar 


59 
va o‗z joniga suiqasdlar yoki narkotik moddalarni haddan ortiq ko‗p qabul qilish 
bilan hayotini bevaqt yakunlaydilar. YOshlarda narkotik moddalarga o‗rganish, 
narkomanlarni ta‘siriga tushib qolish, bir marta sinab ko‗rish bilan boshlanadi. 
Natijada tez orada narkotikka bog‗lanib qolib, hayotini ular qatori besamar 
tamomlaydilar. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə