Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Jismoniy mashqlar bilan shug„ullanishda



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Jismoniy mashqlar bilan shug„ullanishda
o„zini nazorat qilish 
O‘zini nazorat qilish 
– jismoniy mashqlar bilin shug‗ullanuvchilar 
sog‗ligining holati, jismoniy rivojlanishi va organizm holatining sub‘ektiv va 
ob‘ektiv ko‗rsatkichlarini oddiy va qulay uslublar yordamida nazorat qilish 
shakllari. O‗zini nazorat qilish natijalari shifokor nazorati natijalariga qo‗shimcha 
bo‗lib hisoblanadi. O‗zini nazorat qilish shug‗ullanuvchilarga jismoniy 
mashqlarning organizmga salbiy ta‘sirlarini o‗z vaqtida aniqlashga yordam beradi. 
Barcha natijalar o‗zini nazorat qilish kundaligiga qayd etib boriladi va doimo 
tahlil etilishi kerak. Sog‗ligining holati, testlar va sinovlar ko‗rsatkichlariga 
asoslanish jismoniy tayyorgarlik jarayonlarini rejalashtirish imkonini beradi. 
O‗zini nazorat qilish sinovlari 10 – 20 hil shaklda bo‗lishi mumkin. Nazorat 
turlarini jismoniy mashqlar yoki sport mashg‗ulotlari turlariga muvofiq tanlash 
mumkin. Siklik sport turlari bilan shug‗ullanishda YUUS, qon arterial bosimi, 
O‗TS, chidamlilikni baholash test sinovlari o‗tkazish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Trenajerlarda mashqlar bajarishda esa tana vaznining o‗zgarishi va kuch fazilatini 
rivojlanishini ham nazorat qilish kerak. 
O‗zini nazorat qilish natijalari sub‘ektiv va ob‘ektiv ko‗rsatkichlarga 
bo‗linadi. Sub‘ektiv ko‗rsatkichlarga o‗zini xis qilish, kayfiyat, uyqu, ishtaha, 
jismoniy va aqliy ishchanlik qobiliyati, og‗riq sezgilarini kiritish mumkin. 
Ob‘ektiv ko‗rsatkichlarga jismoniy rivojlanish, organizm funksional holati
jismoniy tayyorgarlik darajalarining son va miqdor ko‗rsatkichlarini kiritiladi. Bu 
ko‗rsatkichlar YUUS, O‗TS, qon arterial bosimi, nafas olish chastotasi, tana vazni, 
antropometrik o‗lochovlar hamda jismoniy tayyorgarlikni baholash sinov testlari 
ko‗rsatkichlari hisoblanadi. 


69 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə