Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi xaqida ilmiy



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi xaqida ilmiy
ma‟lumotlar
OIV kasalligi epidemiologik nuqtai nazardan o‗ta xavfli yuqumli kasalliklar 
toifasiga kiradi. Kasallikning man‘bai bemor va immunitet tanqisligi virusini 
tashib yuruvchi shaxslar hisoblanadi.
OITS virusning 3 hil yo‗l bilan yuqishi aniqlangan.
1. Parenteral yul orkali, ya‘ni virus bilan zararlangan qon va qon maxsulotlari 
quyilganda, nosteril shpritslar va tibbiy asbob-uskunalardan foydalanilganda, teri 
butunligi buzilishi bilan kechadigan barcha muolajalarda yuqishi mumkin.
2. Vertikal yo‗l orqali, ya‘ni OITS virusini tashuvchi onadan homilaga yoki 
chaqaloqa tug‗ruq jarayonida va tug‗ilgandan so‗ng ona suti orqali yuqishi 
mumkin.
3. Jinsiy aloka yo‗li orqali. 
Boshqa viruslar qatorida OIV tirik hujayralarning ichida ko‗payadigan parazit 
hisoblanadi. Virusning hujayra bilan munosabati bir necha pog‗onadan iborat:
1. Virusning hujayraga bog‗lanishi.
2. Virusning qobig‗dan ajralishi va hujayra ichiga kirishi.
3. Virusning ko‗payishi, virusning tarkibida moddalarning va antigenlarning 
hosil bo‗lishi va ulardan virus parchalarini yig‗ish.
4. Qisman virusning genomi hujayra genomining ichiga joylashishi.
Virus hujayra ichiga kirishdan oldin u hujayraning qobig‗i bilan bog‗lanadi. 
Virus organizmga tushgandan keyin u qon orkali butun organizmga tarqaladi va 
ko‗plab hujayralarni jarohatlaydi, jumladan limfatik bezlarni, ularning organizmda 
soni 1,5 mingdan ziyod bo‗ladi.
Virus qonda sezilarli darajada bo‗lmaganida OIV bilan zararlangan odamda 
qisqa vaqt ichida virusning ta‘siri sezilmaydi va unda ko‗p yil davom etadigan 
yashirin davri ya‘ni kasallikning hech kanday belgilari bo‗lmaydigan davri bo‗ladi.
Infektsiya patogenezida ikkita omilni ajratish mumkin:
1. Virusning organizmga bevosita ta‘siri;
2. Virusning zararlangan hujayralar faoliyatini ishdan chiqarishi.


67 
Virusning bevosita organizmga ta‘siri quyidagi belgilarning paydo bo‗lishiga 
olib keladi: limfa bezlarining kattalashishi, odamning ozishi, tana haroratining 
yuqori bo‗lishi, ich ketishi, nerv sistema faoliyatining buzilishi. Lekin virus 
bevosita odamni o‗limga olib bormaydi. OITS kasalligining rivojlanishiga olib 
keladigan omil - bu virusning zararlangan hujayralarga ta‘siri hisoblanadi.
Inkubatsion davr - bir necha oydan 10 va ko‗proq yilgacha davom etishi 
mumkin. Bu bosqichda tashxis faqat taxminiy bo‗lishi mumkin va faqat 
epidemiologik ma‘lumotlarga asoslanadi. Bu bosqichda klinik belgilar bo‗lmaydi 
va OIVga qarshi antitelalar ishlab chiqarilmaydi. Xastalikka chalingan odam sog‗, 
ish faoliyati buzilmagan, o‗zini bemor deb hisoblamaydi -lekin kasallik manbai 
bo‗lishi mumkin.
Birlamchi belgilar davrida – o‗tkir isitmalash fazasida, zararlanganlarda 
kasallik o‗tkir boshlanib, tana harorati ko‗tariladi, angina yoki faringit belgilari 
ko‗rinadi. Bosh, bo‗g‗imlar, mushaklar og‗rishi mumkin. Jigar, taloq va limfa 
tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Qonda OIVga qarshi antitelalar aniqlanadi. 
Lekin limfotsitlar soni o‗zgarmaydi.
Ikkilamchi belgilar davri – immunitet buzilishi tufayli bakterial, virusli va 
protozoyli kasalliklar yoki o‗sma jarayoni rivojlanishi bilan kechadi. 
Terminal davrda bemor ahvoli og‗ir, ozib ketgan, vaqti-vaqti bilan tana 
harorati ko‗tarilib turadi. Qonda gemoglobin mikdori normadan 50 % kam. OIVga 
qarshi antitelalar kamaygan, viruslar soni oshgan, limfotsitlar soni past, davo 
natija bermaydi. 
OIV infektsiyasi xastalikning birinchi bosqichida o‗ziga xos, aniq ishonarli 
belgilari yo‗k. SHuning uchun kasallikni o‗z vaqtida tashxislash uchun har bir 
shifokor, mutaxassisligidan qat‘iy nazar, shu xastalikka nisbatan hushyor bo‗lishi 
zarur. CHunonchi, giyoxvandlardan tashqari, aholining boshqa guruhlarida bu 
kasallik sifatsiz tibbiy xizmat natijasida ham yuqib qolmoqda.
Hozirgi davrda OIV kasalligi bilan kasallangan bemorlarni davolab yuborish 
imkoniyati tug‗ilmoqda. Maqsad bemorlarning umrini uzaytirishga va uni hayot 
kechirishini yaxshilashga qaratilgan bo‗lishi lozim.


68 
OIV kasalligi bilan kasallangan bemorlarni davolashda bemorning ruhiy 
holatini yaxshilash, o‗z vaqtida ikkilamchi kasalliklarning oldini olish, dori-
darmonlarni sinchkovlik bilan tanlash va belgilash maqsadga muvofiq bo‗lib 
hisoblanadi. 
 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə