Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Gipoglikemik shok –
qonda glyukozaning keskin kamayib ketish oqibatida 
vujudga keladi. Uzoq vaqt zo‗riqishda jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanganda 
hamda mashg‗ulotlarda och qoringa ishtirok etganda yuzaga keladi. Asosiy 
belgilari yuz va tana terisining oqarib ketishi, bo‗shashishlik, ko‗p terlash, bosh 
aylanishi, yurak urishini tezlashuvi, ko‗z qorachiqlarining kengayib ketishi, juda 
ochiqish xissi, sovuq ter chiqishi va tirishishlar bo‗ladi. 
Gipoglikemik shokning oldini olish uchun mashg‗ulotlardan 1-1,5 soat oldin 
ovqatlanib olish, ovqatlanishda ulevodlarga boy maxsulotlar shokolad, qiyom, 
shakar va shirinliklar hamda mevalar iste‘mol qilish tavsiya etiladi. YUqorida qayd 
etilgan holatlarning birortasi sodir bo‗lganda issiq shirin choy, sharbat yoki kakao 
va kampot ichish kerak. 
Issiq urishi –
tashqi ta‘sirlar natijasida organizm qizib ketishi bilan sodir 
bo‗ladigan jarayon. Belgilari: charchoq, bosh og‗rig‗i, bel, gavda va oyoq, qo‗llarni 
zirqirab og‗rishi, ko‗ngil aynish, bosh aylanishi, tana haroratini ko‗tarilishi, 
quloqlar shang‗illashi va hushdan ketish kuzatiladi. 
Quyoshli issiq kunlarda ochiq rangli bosh kiyim kiyish, paxtadan qilingan 
sport kiyimda bo‗lish, og‗ir jismoniy yuklamalar bajarmaslik va ko‗p suyuqlik 
iste‘mol qilish tavsiya etiladi. Juda issiq kunlarda mashg‗ulotlarni to‗xtatib qo‗yish 
kerak. Jabrlangan insonni salqin joyga ko‗chirish, kiyimlarni echish, boshini 
balandroq qilib yotqizish kerak. YUrak sohasiga, boshga sovuq buyum qo‗yish, 
gavdasi va qo‗l oyoqlariga sovuq suv quyish mumkin. Nafas olishni yaxshilash 
uchun nashatir spirti hidlatish, yurak faoliyatini yaxshilash uchun esa yurak dorilari 
berish kerak bo‗ladi. 
Tayanch harakat apparati jarohatlari va muskullar og‘riqlari:
muskullar 


75 
og‗riqlari tayanch harakat apparati jarohatlarida vujudga keladi. Ba‘zan muskul 
og‗riqlari jismoniy yuklamalar ta‘sirida ham paydo bo‗ladi. Ayniqsa mashg‗ulotga 
yangi kirishilganda yoki to‗xtatib qo‗yilgan mashg‗ulotlar yana boshlanganida 
muskullarda jismoniy yuklamalarga moslashish uchun og‗riqlar bo‗ladi. Bunday 
og‗riqlar muskullarda sut kislotasi yig‗ilib qolishi natijasida ro‗y beradi. Og‗riqlar 
tufayli mashg‗ulotlar to‗xtatib qo‗yish yaramaydi, balki jismoniy yuklamalar 
me‘yorini va jadalligini kamaytirish tavsiya etiladi. 
Tayanch harakat apparati jarohatlarida shifokor yordami kerak bo‗lishi 
mumkin. SHifokor jarohat darajasini, uni davolash va tiklanish jarayonlarini 
tashkil etish bo‗yicha ko‗rsatmalar beradi. Ba‘zan mashg‗ulotlar vaqtinchalik 
to‗xtatilishi, bu davrda fizioterapevtik muolajalar, massajlar, dori vositalaridan 
foydalanish, sauna va hammolar qabul qilish tavsiya etilishi mumkin. Engil 
jarohatlarda jismoniy yuklamalar ta‘siri, hajmi va me‘yorini kamaytirishga 
ko‗rsatma beriladi. 
Jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanishda jarohatlanishlarning asosiy 
sabablari, mashg‗ulot boshida muskullarni to‗liq qizdirish mashqlarini 
o‗tkazmaslik, jismoniy yuklamalarni shug‗ullanuvchilar yoshi, jinsi va jismoniy 
tayyorgarliklariga muvofiq bo‗lmasligi, mashg‗ulot joylarini santariya va gigiena 
qoidalariga rioya qilinmasligi – isitilishi, yoritilishi, mo‗‗tadil haroratda 
bo‗lmasligi, toza havo bilan ta‘minlanmasligi, joylar va jixozlarning nosozligi 
hamda toza emasligi, sport kiyimlari va poyabzallarni talabga javob bermasligi 
bo‗lishi mumkin.
Jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanishni yangi boshlagan insonlarda 
o‗ng tomon oxirgi qovurg‗a ostida og‗riqlar paydo bo‗lishi mumkin. Bu og‗riqlar 
mashg‗ulotdan oldin to‗yib ovqatlanish, mashg‗ulotdan oldin achchiq yoki sho‗r 
ovqat istemol qilish hamda achchiq kofe ichish, qizdirish mashqlarini bajarmaslik, 
jismoniy yuklamani birdaniga bajarish, jismoniy yuklama me‘yorini ortirib 
yuborish tufayli vujudga kelishi mumkin. Bu holatda jismoniy yuklamalar ta‘sirini 
kamaytirish hamda dam olishni tashkil etish lozim. 
 


76 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə