Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Sog„likni belgilovchi omillarning taqsimoti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Sog„likni belgilovchi omillarning taqsimoti 


48 
 
Soha
Salomatlik 
uchun 
ahamiyati
Salbiy omillarning ta‟sirlari
Turmush 
tarzi va 
sharoitlari 
50 % 
Mexnat sharoitining salbiy ta‘sirlari, maishiy va 
moddiy ta‘minotning etarli darajada emasligi
ruhiy zo‗riqishlar, kamharakatlilik, oilaviy 
notinchlik, so‗qqaboshlik, madaniy va ma‘naviy 
saviyaning pastligi, urbanizasiyaning yuqori 
darajadaligi, yaxshi ovqatlanmaslik, kashandalik, 
alkogol ichimliklar ichish. 
Irsiyat 
20% 
Irsiy kasalliklarga moyillik 
Ekologiya, 
iqlim 
20-25% 
Havo, suv, tuproqning ifloslanishi, ob havo 
hodisalarini keskin o‗zgarishlari, radiaktiv va 
boshqa hil nurlanishlar. 
Sog‗liqni saqlash 
10% 
SHaxsiy gigienik va jamoat sog‗lomlashtirish 
tadbirlarining samarasizligi, tibbiy muolajalar 
saviyasining pastligi va tibbiy yordamning o‗z 
vaqtida ko‗rsatilmasligi. 
Jadvaldan ko‗rinib turibdiki, sog‗lik darajasi irsiy va ijtimoiy omillardan 
ko‗ra insonning o‗z sog‗ligi uchun javobgarligiga ko‗proq bog‗liq bo‗ladi. 
Oxirgi yillarda talaba yoshlar o‗rtasida sog‗lom turmush tarzini 
ommaviylashtirish, salomatlikni mustahkamlash masalalariga jiddiy e‘tibor berila 
boshlandi. Jamiyat oliy ta‘lim muassasalari tayyorlayotgan bo‗lg‗usi 
mutaxassislarning sog‗ligi, kasbiy faoliyatda kasalliklarga chidamliligi, ishchanlik 
qobiliyatini doimo yuqori darajada bo‗lishi xaqida qayg‗urmoqda. Talabalik yoshi 
organizm funksiyalarining jadal rivojlanishi, shaxs xususiyatlarini tarbiyalash 
hamda hayot tarzini shakllanishini ta‘minlaydigan muhim davr bo‗lib hisoblanadi. 
Bu davrda yoshlar o‗zining har hil muammolari, etik va ilmiy, madaniy va 


49 
ma‘naviy, iqtisodiy hamda siyosiy savollariga echim izlaydilar.
19-28 yoshda talabalarning organizmi jismonan rivojlanishi, harakat malaka 
va ko‗nikmalari takomillashuvi deyarli yakunlanadi. Tibbiy biologik tadqiqotlar 
natijalari shuni ko‗rsatadiki, yoshlarning bo‗y o‗sish jarayonlari yakunlanishiga 
qaramay ular organizmining morfo funksional imkoniyatlari takomillashib borishi 
davom etadi. Tana vazni, ko‗krak qafasi aylanasi va kengligi, O‗TS, muskul hajmi, 
jismoniy va aqliy ishchanlik qobiliyati ortadi. Tibbiyot hodimlarining xulosalariga 
ko‗ra 30% talabalarning sog‗ligida salbiy o‗zgarishlar kuzatilmaydi. 70% talabalar 
organizmi rivojlanishida juz‘iy o‗zgarishlar kuzatiladi. Bularni quyidagi sinflarga 
bo‗lish mumkin: 
-
Ektremal davr hisoblangan o‗qishning dastlabki kunlari yoki imtixonlar 
davrlarida organizmida ruhiy – xissiy va funksional o‗zgarishlar kuzatiladigan 
talabalar; 
-
Oddiy kunlarda ham kaslliklar alomati hisoblangan qon bosimini ko‗tarilishi, 
qonda qandning ortib ketishi, tez tez shamollash va allergiyalarga chalinishga 
moyil bo‗lgan talabalar; 
-
Organizmda funksional buzilishlari mavjud talabalar; 
-
Surunkali kaslliklari bor va nogironlik chalingan talabalar. 
Talabalarni ta‘lim va tarbiya berish bilan ularning sog‗ligini mustahkamlash, 
o‗zaro bog‗liq jarayon bo‗lib hisoblanadi. Hozirgi davrda talabalar o‗qish bilan 
birga kasbiy faoliyatni olib borish, o‗qish jarayonlarida axborot texnolgiyalaridan 
samarali foydalanishga intilishmoqda. Bu albatta talabalarga ruhiy – xissiy va 
aqliy yuklamalarni ortib ketishiga olib kelib, ular organizmida ham funksional 
o‗zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Natijada barcha salbiy ta‘sirlar ularning 
sog‗ligida aks etmoqda. Talabalarning o‗quv jarayonlari xususiyatlariga 
moslashuvi, sog‗ligini mustahkamlab borish sog‗lom turmush tarzining asosiy 
talablaridan hisoblanadi. Talabalar sog‗ligini mustahkam bo‗lishi, o‗quv 
jarayonlarini 
samarali 
o‗zlashtirishga, 
kasbiy 
tayyorgarlikni 
malakali 
shakllantirishga asos bo‗ladi. 
Talabalar hayotini tahlil etish shuni ko‗rsatadiki ularning o‗qish va yashash 


50 
sharoitlari, kun tartiblari tartibsiz tashkil etiladi. Noto‗g‗ri va o‗z vaqtida 
ovqatlanmaslik, kam uxlash, toza havoda kam bo‗lish, kam harakatlilik
organizmni chiniqtirmaslik va kashandalik shular jumlasidan. Bu holatlarning 
organizmga salbiy ta‘sirlarini yoshlar organizmi sog‗lom va kuchli bo‗lganligi 
uchun sezmaydilar. SHunga qaramay bu holatlarning organizm funksiyalariga 
salbiy ta‘sirlari kuchayib borib, jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. 
Sog‗likni mustaxkamlash, rivojlantirish uchun muntazam jismoniy mashqlar 
bilan shug‗ullanish kun tartibini ilmiy uslubiy ko‗rsatmalar asosida tashkil etish 
kerak. Aqliy mexnat jarayonida jismoniy harakatlarni amalga oshirmaslik 
organizm funksiyalarini o‗zaro muvofiqlikda faoliyat olib borishini ta‘minlay 
olmaydi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə