Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Jismoniy tayyorgarliklar va organizm funksional imkoniyatlarini



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Jismoniy tayyorgarliklar va organizm funksional imkoniyatlarini
baholash uslublari 
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanuvchi talabalar sog‗ligi holatining 
asosiy ko‗rsatkichlari organizmning jismoniy rivojlanishidir. Inson jismoniy 
rivojlanishini tahlil etishning asosiy uslublari tana tuzilishining tashqi ko‗rinishini 
o‗rganish va antropometrik o‗lchovlar olish. Tashqi ko‗rikda teri qatlami, ko‗krak 
qafasi, qorin, oyoqlar va qo‗llar shakli, umurtqa pag‗onasining tuzilishi va boshqa 
belgilar aniqlanadi. 
Teri 
qatlami silliq, toza, nam, quruq, tarang, tiniq yoki xira bo‗lishi bilan 
ta‘riflanadi. Sportchilar teri qatlamida modda almashinuvi jadal bo‗lishini hisobga 
olganda ular terisi elastik holatda bo‗ladi. 
Ko‗krak qafasi ichki organlar – yurak, o‗pka, yirik qon tomirlari va nerv 
tugunlari uchun himoya qobig‗i bo‗lib xizmat qiladi. O‗pkada havo almashinuvi 
ko‗krak qafasining nafas olganda va nafas chiqarganda o‗zgarishi bilan amalga 
oshadi. 
Ko‘krak qafasi shakli
yosh, jins va shaxsiy xuusiyatlarga muvofiq har hil 


39 
bo‗ladi. Katta yoshdagi insonlar ko‗krak qafasi konussimon shaklga kelib, old 
qismi orqa qismiga nisbatan kichik bo‗ladi. SHuningdek ayollar ko‗krak qafasi 
erkaklar ko‗krak qafasidan kichikroq bo‗ladi. Kasalliklar tufayli ham ko‗krak 
qafasi tuzilishida o‗zgarishlar sodir bo‗lishi mumkin. 
Ko‗krak qafasi tana tuzilishi muvofiq bo‗lib, uch hil shaklda uchraydi: 
astenik, giperstenik, normostenik. Asosan aralash tipdagi ko‗krak qafasi ko‗p 
uchraydi. 
1.
Astenik – ko‗krak qafasi uzun, tor va yassi. 
2.
Giperstenik – ko‗krak qafasi keng va kalta. 
3.
Normostenik – yuqorida qayd etilgan ko‗krak qafaslari o‗rtacha tuzilishi. 
Katta yoshdagi, kamharakat hayot tarzi olib boruvchi insonlarda ko‗krak 
qafasi qalanlashib, nafas olish funksiyasi susaygan bo‗ladi. Jismoniy mashqlar 
bilan shug‗ullanish ko‗krak qafasini to‗g‗ri shakllanishiga, uning hajmini ortishiga, 
qolavesa butun organizmni yaxshi rivojlanishiga yordam beradi.
Nafas olish turlari. 
Nafas olish turlari ko‗krakda, qorinda nafas olish va 
aralash nafas olish turlariga bo‗linadi. Ko‗krakda nafas olishda o‗mrov suyagi 
ko‗tiriladi, qovurg‗alarning kengayish va torayish harakatlari kuzatiladi. Bu nafas 
olish turida ko‗krak qafasining va o‗pkalarning kengayishi, qovurg‗alar harakati 
hisobiga amalga oshadi. Qorinda nafas olishda ko‗krak qafasining va o‗pkalarning 
kengayishi diafragmaning harakati hisobiga bajariladi. Nafas olishda diafragma 
qorin bo‗shlig‗i organlarini surib, sal shishadi. Ba‘zi holatlar, qorinni ovqatga 
to‗yib ketganligi, tor belbog‗ bog‗lash diafragma harakatini cheklab ko‗krakdan 
nafas olishga to‗g‗ri keladi. Sportchilarda har ikkala turdagi nafas olish kuzatiladi.
Umurtqa pag‘onasi 
tayanch harakat ustuni bo‗lib hisoblanadi. YAngi 
tug‗ilgan chaqaloq umurtqasi deyarli to‗g‗ri shaklda bo‗ladi. Bolaning yoshi 
o‗sishi bilan umurtqaning egilgan qismlari shakllana boradi. Umurtqa egiklari 
oldga bo‗lsa lordoz, orqaga bo‗lsa kifoz deb ataladi. Katta yoshdagi insonlarda 
ikkita lordoz – bo‗yin va bel sohasida va ikkita kifoz – ko‗krak va dumg‗aza
qismida bo‗ladi. Umurtqaning bunday egilishlari me‘yoriy ko‗rsatkich bo‗lib, 
insonni tik yurishi va harakatlanishida o‗z ahamiyatiga ega: bosh va tananining 


40 
harakatlanish, sakrash, yugurish va yurishda chayqalishini oldini oladi. Umurtqa 
egiklarining 4 sm.dan ortishi kasalliklar natijasi hisoblanadi. SHu bilan birga 
umurtqaning me‘riy holatidan yon tomonlarga og‗ishi ham kasallik hisoblanib ular 
– skolioz deb ataladi. 
Umurtqa pag‗onasining qiyshayishlarining asosiy sabablari: 
-
Bolalarni oilada va maktabda jismoniy tarbiya bilan shug‗ullanmaganligi; 
-
Etarli darajada jismoniy harakatlar bajarmaslik; 
-
Organizmning umumiy funksional zaifligi. 
Qomat – insonning tik holda erkin turish holati. Qomat umurtqa pag‗onasi, 
qo‗krak qafasi shakliga, tayanch harakat apparati va muskul tizimi rivojlanishi 
hamda tonusiga bog‗liq bo‗ladi. To‗g‗ri qomatda bosh va gavda bir vetrikal 
chiziqda joylashadi. Ko‗krak qafasi ko‗tarilgan, elkalar orqaga tortilgan, qorin 
muskullari tarang, oyoqlar tizza va tos son bo‗g‗imida to‗g‗ri holatda bo‗ladi. Bel 
erkin holda bo‗lib o‗zining tabiiy egilgan holatida bo‗ladi.
Kelishgan qomat estetik jihatdan chiroyli bo‗lish bilan birga ichki organlar 
foliyatini yaxshi tashkil etish, organizm umumiy ishchanligini ortirishga yordam 
beradi. To‗g‗ri qomat tarbiyalanadigan malaka bo‗lib hisoblanadi. Qomatni to‗g‗ri 
tutishga ilk bolalikdan o‗rgatiladi va hosil bo‗lgan malaka umrbod saqlanib qoladi. 
Qomatni to‗g‗ri tutishga faqat tik turishda emas balki yurishda va o‗tirishda ham 
rioya qilish kerak. Qomatni kelishgan bo‗lib shakllanishida jismoniy tarbiya, 
to‗g‗ri ovqatlanish va hayot tarzi katta ahamiyatga ega. Bir qator kasalliklarda 
qomat tuzilishida o‗zgarishlar ro‗y beradi. 
Qomat buzilishini oldini olishda: umurtqa pag‗onasiga kun davomida 
jismoniy yuklamalarni ta‘sirini kamaytirib turish, mexnat va o‗quv jarayonida 
qomatni to‗g‗ri tutish, ish joyini yaxsh yoritilganligi, jismoniy yuklamalarni tana 
qismlariga to‗g‗ri taqsimlanishini e‘tiborga olish kerak. YUmshoq o‗rindiqlarda 
o‗tirishda umurtqa pag‗onasi oralig‗idagi disklarga og‗ir kuch keladi. SHuning 
uchun o‗tirib mexnat qiladigan hodimlarga qomatni tik tutib turuvchi 
o‗rindiqlardan foydalanish tavsiya etiladi. SHunga qaramay vaqti vaqti bilan 
o‗rindiqdan turgan holda umurtqa pag‗onasini yozadigan jismoniy mashqlarni 


41 
bajarish zarur bo‗ladi. 
Qomatni to‗g‗ri shakllantirish va umurtqa pag‗onasiga jismoniy yuklamalarni 
bartaraf etishda suzish mashg‗ulotlari muhim ahamiyatga ega. SHuni esda 
qoldirish kerakki, qomatni to‗g‗ri shakllantirish, umurtqaning yaxshi rivojlanishiga 
yordam beradi. YOsh kattalashishi bilan qomatning buzilishlarini to‗g‗rilash qiyin 
masala bo‗lib, jarrohlik bilan yoki uzoq davom etadigan davolash jismoniy 
mashqlari bilan shug‗ullanish kerak bo‗ladi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə