Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Jismoniy tarbiya daqiqalari
muskullar tonusini pasaytirishga hamda qisqa 
muddatli xordiq chiqarishga qaratilgan. Jismoniy mashqlar bilan ish joyida o‗tirgan 


28 
yoki turgan holda 3-5 daqiqa shug‗ullanish mumkin. Bu mashqlar yordamida 
asabiy ruhiy zo‗riqishlarni bartaraf etish, bosh miyada va tanada qon aylanishini 
me‘yorga keltirish, ko‗z soqqalaridagi zo‗riqishlarni, xissiy qo‗zg‗alishlarni 
tinchlantirishga yordam beriladi. Komp‘yuter oldida yoki stolda uzoq o‗tirish, bir 
hil masofadagi buyumlarga tikilish ko‗z soqqasi muskullariga zo‗riqishlar beradi. 
SHuning uchun ish davomida bir necha marotaba ko‗z soqqalari uchun mashqlar 
bajarish tavsiya etiladi. Bunda ko‗zlarni chapga, o‗nga va tepaga, pastga qaratish, 
ko‗z soqqalarini o‗ng tamonga va chap tamonga aylantirish mashqlarini bajariladi. 
Mashqlar ko‗z soqqasi muskullaridagi zo‗riqishlarni bartaraf etish, shu joyda qon 
aylanishini yaxshilanishiga olib keladi. 
Jismoniy mashqlar bajarish tanaffuslari
faol dam olishni ta‘minlab, 
ishchanlik qabiliyati susayishining oldini oladi. Bu shakldagi mashg‗ulotlar ish 
kunining birinchi va ikkinchi yarmida bir martadan tashkil etilish mumkin. 
Mashg‗ulotlarda mexnat faoliyatiga muvofiq 8-10 ta umumrivojlantiruvchi 
mashqlar bilan shug‗ullanish mumkin. Mashqlarni tanlashda mexnat shakli, o‗tirib 
ishlash, tananing holati, aqliy va jismoniy yuklamalarning ta‘siri hisobga olinadi. 
Dam olish munosabati bilan tashkil etilgan tanaffuslarda bajariladigan 
jismoniy mashqlar shakllari mexnat faoliyati yuqlamalariga muvofiq bo‗lishi 
kerak. Agar mexnat faoliyati og‗ir jismoniy yuklamalardan iborat bo‗lsa jismoniy 
mashqlar engil bo‗lib, nafas olish gimnastikasi va muskullarni bo‗shashtiruvchi 
mashqlardan iborat bo‗lishi kerak. O‗tirib mexnat qiluvchilarga esa jismoniy 
mashqlar va harakatlarni tik turib bajarish tavsiya etiladi. 
Aqliy mexnat hodimlarining asosiy mexnat faoliyati holati o‗tirib ishlash 
bo‗ladi. Uzoq vaqt o‗tirib ishlashda qon aylanishida salbiy o‗zgarishlar bo‗lib, 
qorin bo‗shlig‗i a‘zolari, tos va oyoq muskullari qon tomirlarida qon dimlanishi 
kuzatiladi. Nafas olish jarayonlari qiyinlashadi. Tananing ko‗plab muskul guruhlari 
statik zo‗riqishda bo‗ladi. Umurtqa pag‗onasida ham surunkali zo‗riqish hosil 
bo‗ladi. Bunday holatning salbiy ta‘sirlarini oldini olish maqsadida bar qator 
jismoniy mashqlar va harakatlarni bajarish kerak. Yirik muskul guruhlari uchun 
mashqlar bajarish, umurtqa pag‗onasi egiluvchanligini ta‘minlash uchun 


29 
harakatlar, bosh miyada qon aylanishini yaxshilash uchun mashqlar bajarishga 
e‘tibor qaratiladi. 
Ish vaqtidan so‘ng va tushlikdagi tanaffuslarda jismoniy mashqlar
bilan 
shug‗ullanish: tushlik vaqtidagi tanaffuslarda erkin harakatlar bajarish, sport yoki 
harakatli o‗yinlar bilan shug‗ullanish, trenajerlarda mashqlar bajarish mumkin. Ish 
vaqti yakunlangandan so‗ng esa sauna, massaj qabul qilish, toza havoda sayrlar, 
yurish va yugurish mashqlari, sport turlari bilan shug‗ullanish, trenajerlarda 
mashqlar bilan shug‗ullanish tavsiya etiladi. Xonalarda mexnat faoliyati olib 
boruvchi hodimlar ishdan bo‗sh vaqtlarida toza havoda sayr etishlari kerak. 
Ishlab chiqarish jismoniy madaniyatining asosiy shakllari: 
- jismoniy mashqlar mexnat faoliyati shakllariga muvofiq bo‗lishi tavsiya 
etiladi; 
- mashqlar bajarilishi engil va oddiy bo‗lishi maqsadga muvofiq bo‗ladi; 
- jismoniy yuklamalar og‗ir bo‗lmay balki, tinch va sokin bo‗lib, jismoniy 
zo‗riqishlar hosil qilmasligi kerak; 
- mashqlarni bajarish vaqti 10 daqiqadan ortmasligi kerak. 
Mexnat faoliyati jarayonlarida har soatda oz muddat tanaffus qilish, 
ishchanlik qobiliyatini tiklanishiga yordam beradi. Uzoq vaqt dam olish esa 
ishchanlik kayfiyatini tushib ketishiga olib kelib, mexnat samaradorligi pasayib 
ketadi. Ish vaqtidan so‗ng jismoniy mashqlar yoki sport bilan shug‗ullanish uchun 
etarlicha vaqt ajratish mumkin. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə