Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Erkin suzish
– ko‗krakda krol‘ suzish usuli deb ham ataladi. Bu eng tez 
suzish usuli bo‗lib hisoblanadi. Bu suzish usulida barcha suzish usullari kabi tana 
suvda gorizontal holda bo‗ladi. Oyoqlar juft holda quloch ochuvchi qo‗l od 
tamonga uzatilgan, qarama qarshi qo‗l esa gavda yonidan orqaga uzatilgan bo‗ladi. 


157 
Bosh suvga qo‗yilgan va oldga qaragan bo‗ladi. Bosh suvdan ko‗tarilmasligi 
kerak, bunda suvning qarshiligini engish kuchi kamayib ketadi. Suzish harakatlari 
qo‗llar navbat bilan quloch yozib suvni orqaga surish harakati bilan boshlanadi. 
Bunda quloch yozuvchi qo‗l kafti suvga parallel bo‗lib barmoqlar juftlangan holda 
bo‗ladi. Orqadagi qo‗l tana yonida to‗g‗ri uzatilib, suvdan chiqishda qo‗l chig‗anda 
bir oz bukilib havoda bosh oldidan to‗g‗riga uzatiladi, qo‗l suvga chig‗anda yarim 
bukilgan holda kaftlar parallel holda kiritiladi. Bu harakat takror takror bajarilib 
boradi.
Qo‗llar yordamida quloch yozishda gavda qo‗l harakatiga muvofiq bir oz 
yon tamonga buriladi. Suzishda oyoqlar harakati suvni pastdan tepaga urish bilan 
bo‗lib tizzalar bukilmaydi. Harakat fakat to‗piq qismida bajariladi. Har bir quloch 
yozish harakatiga 3-6 marta oyoq harakati mos kelishi kerak. Nafas olish harakati 
ham qo‗llar harakatiga mos bo‗ladi. Nafas olish faqat bir tamondan shu qo‗l 
orqaga tortilganda bosh elka tamonga burilib og‗iz suvdan ko‗tarilganda bajariladi. 
Nafas chiqarish esa qarama qarshi tamonga suvga chiqariladi.
CHalqancha suzish 
– orqada krol‘ suzish usuli, ko‗krakda krol‘ suzish usuli 
kabi bo‗lib faqat harakatlar teskari yo‗nalishda bajariladi. Tana suvga orqa tamon 
bilan yotgan holda bo‗ladi. Suvga tana bir oz botib turgan bo‗lsada elkalar sal 
ko‗tarilgan holatda bo‗ladi. Quloch yozuvchi qo‗l to‗g‗rilanib quloq suprasiga 
tegar tegmay suvga kirib boradi. Qo‗l kafti suvga deyarli parallel holda bo‗lib, 
barmoqlar juft holda bo‗ladi. SHu vaqtda qarama qarshi qo‗l gavda yonidan belga 
tegar tegmay suvdan ko‗tariladi va quloch yozuvchi qo‗l harakatini takrorlaydi.
Bosh suvga botib turishi suvning qarshiligini engishga yordam beradi. Har 
quloch yozishda gavda shu tamonga bir oz burilish harakatini bajaradi. Oyoqlar 
tizzada bir oz bukilib suvni pastdan tepaga-orqaga surish harakatini bajaradi. Nafas 
olish bir maromda erkin bajarilishi kerak. 
Brass suzishi
– suzuvchi qo‗llar va oyoqlarning simmetrik harakatlari 
yordamida suzadi. Qo‗l va oyoqlarning suv ostidagi harakatlari suzuvchiga 
suvning katta qarshiligi ta‘sir etishi bilan bo‗lib, suzish bir oz sekinroq amalga 
oshadi. Brass suzishida suzuvchi suvga ko‗krak bilan yotib, elkalar suv ustida


158 
qo‗llar oldga chig‗anlarda, yarim bukilgan holda uzatilgan bo‗ladi. Kaftlar suv 
ichida gorizontal holatda barmoqlar esa juft holda bo‗ladi.
Harakatlar ketma ketligida bosh va elka suv ustiga ko‗tarilganda qo‗llar 
yaqinlashib oldga uzatiladi. Bosh va elkalar suvga botirilganda qo‗llar quloch 
yozib suvni yon tamondan orqaga surish harakatlarini bajaradi. Bu harakatlarga 
muvofiq oyoqlar ham simmetrik shaklda tizzalardan bukilib suni orqaga tepadi 
ya‘ni suradi. Nafas olish harakati bosh suvdan ko‗tarilganda bajariladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə