Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

 
-
 
Kasbiy kasalliklarga chidamlilikni ortiradi;
 
-
 
Ishlab chiqarishda jarohatlanishlarni oldi olinadi.
 
Muntazam kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik
 
mashg‗ulotlarida ishtirok 
etuvchi insonlarning mexnat samaradorligi va ishchanlik qobiliyati yuqori darajada 
bo‗ladi. Ular boshqalarga nisbatan chidamli va kam charchaydilar, muvaffaqiyatli 
faoliyat olib boradilar. 
KAJT vazifasi:
-
 
Maxsus jismoniy mashqlarni egallash va ulardan kasbiy tayyorgarlik 
jarayonlarida foydalanish;
 
-
 
Maxsus kasbiy jismoniy harakat malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish;
 
-
 
Kasbiy ruhiy va shaxs sifatlarini hamda jismoniy fazilatlarni rivojlantirish;
 
-
 
Kasbiy faoliyatlarning qiyinchiliklari issiq va sovuq haroratlarga, gipoksiya 
va silkinishlar hamda boshqalarga chidamlilikni ortirish uchun maxsus jismoniy 
sifatlarni rivojlantirish.
 
Harakat malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish va jismoniy fazilatlarni 
rivojlantirish jismoniy mashqlar va amaliy sport turlari – turizm, avto va 


165 
motosport, suv sporti turlari, yakkakurash turlari, ot sporti turlari bilan muntazam 
shug‗ullanish jarayonlarida amalga toshiriladi. 
Fikrlash, diqqat va xis tuyg‗ularni boshqarish kabi amaliy ruhiy va shaxs 
sifatlari o‗yinlarda, bellashuvlarda, otishmalarda va texnik sport turlarida ham 
rivojlantiriladi. Jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarida toliqishlarga qarshi 
turish, og‗riqlarga chidamlilik, qo‗rqinchni engish, jamoada hamkorlik bilan 
faoliyat olib borish shaxs sifatlaridan mexnatsevarlik, tirishqoqlik, sabrlilik, o‗z 
kuchiga ishonch, jasurlik va qat‘iyatlilik kabi xislatlarni shakllantirishga yordam 
beradi.
Amaliy maxsus sifatlarni organizmni chiniqtirish, vestibulyar apparatni 
takomillashtirishga yordam beruvchi, akrobatika mashqlari, gipoksiyaga 
chidamlilikni ortirishda chidamlilik mashqlari bilan rivojlantirish mumkin. Maxsus 
sifatlarni rivojlantirishda maxsus mashqlar bilan birga amaliy sport turlari bilan 
shug‗ullanish ham mumkin. Mashg‗ulotlar natijasida organizm funksional
bioximik, morfologik imkoniyatlari takomillashib, jismoniy, ruhiy yuklamalar va 
tashqi ta‘sirlarga organizm chidamliligi ortib boradi. YAxshi jismonan rivojlangan 
va chiniqqan insonlar yangi hudud iqlim sharoitlariga tez moslashadi, yuqori va 
past haroratlarni ko‗tara oladi, yuqumli kasalliklarga va radiaktiv nurlarga 
chidamli bo‗ladi. 
Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik vazifalari umumiy jismoniy tayyorgarlik 
jarayonlari bilan o‗zaro muvofiqlikda tashkil etilishi kerak. Kasbiy maxsus 
sifatlarni rivojlantirishda sog‗likni mustahkamlash, organizm barcha tizim va 
organlari faoliyatini takomillashtirish bilan amalga oshiriladi. Kasbiy amaliy 
jismoniy tayyorgarlikning mazmuni tanlangan kasbiy faoliyat xususiyatlari bilan 
bir hil bo‗ladi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə