Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


KAJT mazmunini belgilaydigan omillar



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

KAJT mazmunini belgilaydigan omillar: 
-
 
Mexnat turlari;
 
-
 
Mexnat sharoitlari;
 
-
 
Mexnat xususiyatlari; 
-
 
Kabiy kasalliklar va toliqishlarning xususiyatlari. 


166 
SHuningdek KAJT rejalashtirishda mexnat va dam olish tartibi, ishchanlik 
qobiliyatini o‗zgarib turishi, shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish kerak. Asosiy 
mexnat turlari – aqliy va jismoniy mexnat shakllarida bo‗ladi.
Jismoniy mexnat – muskul guruhlari yordamida tashkil etiladigan faoliyat 
bo‗lib hisoblanadi. Jismoniy mexnat asosini insonning maqsadga yo‗naltirilgan 
jismoniy harakat faoliyati tashkil etadi.
Aqliy mexnat – bosh miya faoliyati yordamida axborotlarni o‗zlashtirish, 
tahlil etish uchun diqqatni, xotirani va fikrlash kabi aqliy qobiliyatlarni namoyon 
qilish jarayoni bo‗lib hisoblanadi. Aqliy mexnat jarayoni kamharakatlilik bilan 
ifodalanadi. 
Aqliy va jismoniy mexnatni ajratish mumkin emas, barcha muskul guruhlari 
faoliyatida ham aqliy fikrlash jarayonlari amalga oshadi. SHuningdek aqliy 
mexnat jarayoni ham butun organizmning o‗zaro muvofiqlikdagi faoliyatida 
tashkil etiladi. SHunga qaramay bir mexnat jarayonida jismoniy yuklamalar ta‘siri 
ishtirok etsa, ikkinchi mexnat jarayonida aqliy yuklamalar ta‘siri amalga oshadi. 
Bu jarayonlar jismoniy va aqliy yuklamalarni me‘yorlash, ularning organizmga 
salbiy ta‘sirlarini bartaraf etish hamda kasbiy kasalliklarni va jarohatlanishlarni 
oldini olishga yordam beradi. 
Sanoat 
texnikasining 
rivojlanishi, 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarining 
mexanizasiya va avtomatizasiya qilinishi jismoniy quvvatning kam sarf etilish va 
aksincha aqliy faoliyatning ko‗payishiga olib kelmoqda. Aqliy mexnatning hajmi 
ortib borishi hisobiga jismoniy mexnat jarayonlari keskin qisqarib bormoqda. 
Gipodinamiya – kamharakatlilik inson sog‗ligida salbiy ta‘sirlar ko‗rsatib uning 
o‗quv va mexnat faoliyati samaradorligini pasayishiga sabab bo‗lmoqda. Keyingi 
yillarda jamiyat taraqqiyoti natijasida gipodinamiyani vujudga kelishi bilan 
insonlarning bevaqt o‗lim darajasi ortib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlardan 
AQSHda bevaqt o‗lim darajasi yaxshi rivojlanmagan mamlakatlarga nisbatan 10 
baravar ko‗p bo‗lib hisoblanadi.
Inson organizmi ming yillik tarixiy davrlarda jismoniy mexnat va harakatlar 
natijasida shakllanib, takomillashib keldi. Endilikda esa jamiyat taraqqiyotidagi 


167 
yutuqlar kamharakatlilikka olib kelib, asrlar davomida shakllangan jismoniy 
rivojlanish tamoyillariga to‗sqinlik qilmoqda. Uzoq vaqt o‗tirib ishlash, kam 
harakatlilik oyoqlar va tana qismlarining harakatsiz qolishiga olib kelib
sog‗ligimizga putur etkazmoqda. Kam harakatlilik bilan kuchli asabiylashish inson 
organizm uchun eng havfli omil bo‗lib hisoblanadi. Kun davomidagi jismoniy 
harakatlar organizmni zamonaviy jamiyatning salbiy ta‘sirlaridan himoya qila 
oladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə