Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

 
 
Zamonaviy sog„lomlashtirish tizimlari 
Aerobika 
— tsiklik harakatlardan tarkib topgan jismoniy mashqlar majmu‘i 
bo‗lib, yurak qon tomir va nafas olish tizimi faoliyatini ortirishga yo‗naltirilgan. 
«Aerobika» so‗zi – grekchada 
aero 
— havo, 
bios — 
hayot ma‘nosini bildiradi. 
1968 yilda Amerikalik olim hamyurtlarining yurak qon tomiri kasalligi bilan 
ko‗plab nobud bo‗lishini tahlil etib, barchani sog‗lom turmush tarzi kechirish 
hamda aerob mashqlar bilan shug‗ullanishga chaqiradi va o‗zining «Aerobika» 
nomli kitobini taqdim etadi. Aerob mashqlar organizmda kislorod almashinuvini 
yuqori darajada bo‗lishini ta‘minlab, organizmni kislorod bilan ta‘minlanishida 
ishtirok etadigan barcha organlar va tizimlarni takomillashtirishga qaratiladi. 
Aerob xususiyatga ega bo‗lgan sog‗lomlashtiruvchi jismoniy mashqlarga 
asosan yurish, yugurish, suzish va velosipedda yurish mashqlarini kiritish mumkin. 
Bu harakatlarni bajarishda organizmda aerob jarayonlar ya‘ni ko‗plab kislorod 
iste‘moli amalga oshadigan holat yuzaga kelganligi uchun mashg‗ulot shaklini – 
Aerobika deb nomlashni taklif etdi. Mashg‗ulotlarga qo‗yiladigan asosiy 
talablardan yana biri mashg‗ulotlar davomida yurak urishlari soni daqiqasiga 130 
tani tashkil etishi kerak. 
Aerob mashqlarni bajarishda to‗rtta asosiy fazalar bo‗ladi: qizdirish 
mashqlari, aerob mashqlar bajarish, nafasni rostlash, bo‗g‗imlarga ta‘sir etish. 
Qizdirish mashqlari bel, gavda, oyoq va qo‗l muskullarini va bo‗g‗imlarini 
qizdirish hamda yurak qrishlari sonini bir oz tezlashtirishga qaratilgan bo‗ladi. 
Aerob mashqlar bajarish chog‗ida yurish, yugurish, suzish va velosipedda uchish 


176 
harakatlari bajariladi. Nafasni rostlash davomida harakatlar tempi pasaytiriladi, 
organizm bir oz tinchlantiriladi, nafas olish va muskullarni bo‗shashtirish 
mashqlari bajariladi. Bo‗g‗imlarga ta‘sir etish jarayonida barcha bo‗g‗imlar 
harakatchanligini ortirish uchun cho‗zilish, egilish, yozilish, bukilish mashqlari 
bajariladi. Aerobika mashqlari bilan haftasiga 3-4 marta 30 daqiqa davomida 
shug‗ullanish organizmni sog‗lomlashtirishda ijobiy natijalarga erishishni 
ta‘minlaydi. 
Aerobika bilan shug‗ullanishda organizmda quyidagi jarayonlar sodir bo‗ladi: 
tanya harakat apparati mustahkamlanadi, tushkunlik kayfiyatlari yo‗qoladi, ovqat 
hazm qilish yaxshilanadi, erta qarish oldi olinadi, aqliy va jismoniy ishchanlik 
ortadi, yurak kasalliklari xavfi kamayadi, uyqu yaxshilanadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə