Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Talabalar va aqliy mexnat hodimlari KAJT vazifalari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Talabalar va aqliy mexnat hodimlari KAJT vazifalari: 
-
 
KAJT mashqlarini bajarish malaka va ko‗nikmalarini egallash bo‗yicha 
maxsus bilimlarni shakllantirish; 
-
 
Jismoniy harakat malaka va ko‗nikmalarini shakllantirish; 
-
 
Jismoniy fazilatlar – umumiy chidamlilik, egiluvchanlik, bir holatda uzoq 
vaqt muskul zo‗riqishlarini ta‘minlovchi statik chidamlilikni rivojlantirish; 
-
 
Maxsus 
jismoniy 
fazilatlar 
–gipokineziyaga chidamlilik sifatlarini 


173 
takomillashtirish; 
-
 
Ruhiy sifatlar – fikrlash, diqqat, tasavvur, xotira fazilatlarni rivojlantirish, 
axloqiy sifatlar – intizomlilik, sabr qanoat, jasurlik, qat‘iyatlilik, mexnat sevarlikni 
tarbiyalash; 
-
 
Atrof muhitning salbiy ta‘sirlariga organizm chidamliligini shakllantirish. 
KAJT vazifalarini hal etuvchi vositalar.
 
Umumiy chidamlilikni rivojlantirishda
 
muhim vositalar sifatida siklik 
mashqlar: kross va uzoq masofaga yugarishlar, suzish va yurish mashqlari, 
velosipedda uchish mashqlarini kiritish mumkin. Bu shakldagi mashqlar yurak qon 
tomir va nafas olish tizimini takomillashtiradi. Umumiy chimdamlilikning asosini, 
organizmni beto‗xtov kislorod bilan taminlash mexanizmi tashkil etadi. Kislorod 
organizmda kechadigan barcha jarayonlarda ishtirok etadi. Masalan bosh miya 
faoliti uchun kislorod yurakka nisbatan 5 barobar, muskullarga nisbatan esa 20 
barobar ko‗p talab qilinadi. 
Statik chidamlilikni rivojlantirishda
 
o‗quv va mexnat jarayonlarida ko‗p 
zo‗riqishlarda bo‗ladigan bo‗yin, elka kamari va qorin hamda bel muskullari 
uchun dinamik va statik mashqlar bajarish qo‗llaniladi. 
Egiluvchanlikni rivojlantirish
uchun bo‗g‗imlarni keng harakatlanishini 
ta‘minlaydigan mashqlardan foydalaniladi. Mashqlar bir necha marotaba 
bajariladi, bo‗g‗imlarda engil og‗riqlar paydo bo‗lgunga qadar takrorlanadi. 
Harakatlar kengligi har urinishlarda ortirilishi kerak. Egiluvchanlikni ortirish 
mashqlarini har kuni ikki martadan bajarish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Umurtqa 
pag‗onasi egiluvchanligini ortirishga qaratilgan mashqlarni ko‗plab bajarishga 
katta e‘tibor berish kerak.
Ruhiy va axloqiy sifatlar 
har hil sport turlari mashg‗ulotlarida, sport o‗yinlari 
va bellashuvlarda yaxshi rivojalanib boradi. Masalan, yakkakurash sport turlarida 
raqibining harakatlarini oldindan bilish, diqqat, idrok, tasavvur qilish bilan birga 
jasurlik, qat‘iyatlilik, sharoitga to‗g‗ri baho berish, o‗z kuchiga ishonch kabi shaxs 
fazilatlari tarkib topadi. Xis tuyg‗ularga berilmaslik bellashuv jarayonida 
sovuqqon bo‗lishga, raqib imkoniyatlarini baholay olishga, to‗g‗ri qaror qabul 


174 
qilishga yordam beradi. Sport o‗yinlarida, o‗q otish, gimnastika va akrobatika 
sport turlarida diqqatni, fikrni jamlash, tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantirish 
mumkin. Iroda sifatlarini, mardlik, tirishqoqlik va o‗ziga ishonchni qo‗rqinchni 
engish kerak bo‗ladigan sport turlari – suvga sakrash, parashyutda sakrash
balandlikdagi mashqlarni bajarish bilan rivojlantiriladi. Tashabbuskorlik va 
tashkilotchilik xislatlarini shakllantirishda sport musobaqalari va bellashuvlarda 
ishtirok etish, ommaviy sport tadbirlari va bayramlarida, namoyishlarda qatnashish 
katta yordam beradi. 
Atrof muhitning salbiy omillariga chidamlilikni tarbiyalashda 
organizmni 
tabiat omillari yordamida chiniqtirish hamda ochiq havoda va tog‗li hududlarda 
tabiat qo‗ynida sport mashqlari bilan shug‗ullanish tashkil etiladi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə