Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Talabalar va mutaxassislar kasbiy faoliyati xususiyatlari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Talabalar va mutaxassislar kasbiy faoliyati xususiyatlari
 
Talabalar o‗quv faoliyati va ko‗plab zamonaviy mutaxassislarning kasbiy 
faoliyati aqliy faoliyat bo‗lib, kamharakatliligi bilan ajralib turadi. Aqliy faoliyat 
jarayonilarida hodimlarning MNT yuqori darajada qo‗zg‗alishi bilan belgilanadi. 


171 
Talabalar o‗quv faoliyatida ham ruhiy aqliy zo‗riqishlar bo‗lib, axborotlarni tahlil 
qilish, diqqat, xotira, fikrlash, tasavvur qilish jarayonlari bo‗lib o‗tadi.
Aqliy 
faoliyat 
hodimlarining 
mexnat 
jarayonlari 
dim, 
yaxshi 
shamollatilmagan xonalarda, ko‗plab kompyuterlar qurshovida bo‗ladi. 
Hamkasblar bilan doimo muloqatda bo‗lish hodimlardan sabrli, qat‘iy bo‗lishni, 
hamkasblarning xulq atvori va fe‘lini oldindan bilishni talab etadi. Aqliy mexnat 
hodimlari ko‗p vaqtlarini o‗tirib ishlash bilan o‗tkazadilar. O‗tirgan va oldga 
engashgan holda qon organlar va to‗qimalarga bir hilda taqsimlanmaydi. Oyoqlar 
tizza va tos son bo‗g‗imida bukilgan holda uzoq vaqt bo‗lib, hech qanday 
yuklamalar ta‘sirida bo‗lmaydi. Ko‗plab muskul guruhlari uzoq vaqt statik 
zo‗riqishda bo‗ladi. Bosh muskullari, bo‗yin, elka kamari va gavda muskullari 
shular jumlasidan. Bu bilan miyaning oziqlanishi buziladi, qorin bo‗shlig‗ida, tos 
sohasida dimlanish, qo‗l va oyoqlarda toliqishlar ro‗y beradi. Bundan tashqari 
kompyuterga uzoq vaqt tikilib ishlash, ko‗z soqqasi muskullarini zo‗riqishga olib 
keladi. 
 
Aqliy mexnat inson organizmiga salbiy ta‘sirlarga ega bo‗lmasada, mexnat 
jarayonlarida harakatlanmaslik, aqliy zo‗riqishlar, mas‘uliyatli vazifalar asab 
tizimini zo‗riqishiga va muskul tonusini ortib ketishiga, gipodinamiyani 
shakllanishiga, ichki a‘zolar va LOR organlarning surunkali kasalliklarini vujudga 
kelishiga olib keladi. Jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanmaydigan 
talabalar va aqliy mexnat hodimlarida nafas olish hajmi, o‗pkaning tiriklik sig‗imi 
kamayadi, qomat tuzilishi buziladi, ko‗rish yomonlashadi, moddalar almashinuvi 
pasayadi.
Tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki aqliy mexnat hodimlari o‗zlarining salbiy xis 
tuyg‗ulari – qaxr, qo‗rqinch, alamlarni jismoniy mexnat hodimlariga nisbatan 
boshqara olmaydilar. Ular o‗zlarini alkogol ichimliklar ichish, sigareta chekish 
bilan tinchlantiradi. Aslida jismoniy mashqlar, sport mashg‗ulotlari yoki oddiygina 
piyoda sayrlar ham salbiy xis tuyg‗ularni bartaraf etishga samarali ta‘sir eta oladi. 
Bizga ma‘lumki bosh miyaning to‗laqonli faoliyat olib borishida uni kislorod bilan 
muntazam ta‘minlanishi muhim bo‗lib hisoblanadi. SHuningdek muskullardan 


172 
kelayotgan nerv impulslari ham ijobiy xis tuyg‗ularni shakllanishiga yordam 
beradi. 
Har bir insonda ishchanlik qobiliyati va mexnat samaradorligi har hil 
darajada bo‗ladi. Bu jarayonlar mexnat shart sharoitlari va kasbiy faoliyat turlariga 
bog‗liq bo‗ladi. Uzoq vaqt mexnat qilish natijasida charchashlar vujudga keladi. 
CHarchoqning dastlabki belgilari diqqatni jamlay olmaslik, mexnat qilish holatini 
tez tez o‗zgartirish bo‗lishi mumkin. SHunga qaramay inson iroda kuchi hisobiga, 
mexnat natijalariga qiziqish bo‗lganda hamda yaxshi kayfiyatlarda uzoq vaqt ishni 
davom ettirishi mumkin. Bu holat mexnat jarayonlarini davom etishini 
ta‘minlasada charchoqlarni bartaraf eta olmaydi. SHuning uchun o‗ta toliqishdan 
saqlanish kerak. Ayniqsa aqliy mexnat hodimlari toliqishlari tez shakllana boradi.
Aqliy mexnat hodimlarining ish faoliyatining xususiyatlari shundaki, ish 
vaqti tugagandan so‗ng ham bosh miyada qo‗zg‗alishlar saqlanib qoladi. Bu 
charchashlarni surunkali holatga o‗tishiga olib keladi. Bunday holatni oldini olish 
uchun mexnat va ish faoliyatida dam olishni tashkil etish, bo‗sh vaqtlarda dam 
olish shaklini tez tez o‗zgartirib turish kerak. Aqliy mexnat faoliyatini samarali 
tashkil etish uchun yaxshi rivojlangan aqliy qobiliyat bilan birga jismoniy 
tayyorgarlik ham zarurat bo‗lib hisoblanadi. Aqliy mexnat jarayonlaridan avval 
jismoniy mashqlar bajarish, mexnat faoliyati va dam olish jarayonlarida jismoniy 
mashqlar bajarish hamda ishdan keyin sog‗lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar va 
sport mashg‗ulotlari bilan shug‗ullanish, ishchanlikni ortirish, charchoqlarni 
barataraf etish bilan birga kasbiy kasalliklar va jarohatlanishlarni oldini olishga 
katta yordam beradi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə