Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

sog‘lomlashtiruvchi 
kuchlaridan 
KAJT 
jarayonlarida 
organizmni chiniqtirish, sog‗lomlashtirish bilan birga kasbiy tayyorgarliklarni 
tarbiyalash vositasi sifatida keng foydalaniladi. Tabiatning sog‗lomlashtiruvchi 
kuchlari mutaxassislarning har hil o‗lkalar georgrafik iqlim sharoitlariga 
moslashuvchanligini ta‘minlashga ham katta yordam beradi. Maxsus mashqlar va 
tayyorgarliklar yordamida organizmni sovuq, issiq haroratlarga hamda havo 
haroratlarni keskin o‗zgarishlariga moslashuvchanligi tarbiyalanadi. Bu maqsadda 
suv molajalari, sauna va hammomga tushish tadbirlaridan foylaniladi.
Tabiat omillari jismoniy mashqlarning organizmga ijobiy ta‘sirlarini ortiradi, 
KAJT jarayonlarini takomillashtiradi. Masalan tog‗li hududlarda
 
30-40 kun bo‗lish 


170 
aqliy va jismoniy ishchanligini ortishiga, organizmning atrof muhit ekstremal 
omillariga chidamliligini ortiradi. 
Gigienik omillarning
kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik jarayonlarining 
vazifalarini hal etishda quyidagi shakllarida foydalaniladi: 
-
 
Mexnat va o‗quv faoliyati olib boriladigan joylarni tozaligi, toza havo bilan 
ta‘minlanishi, harorati, namlik va yoritilishi kabi sanitar-gigienik talablarga javob 
berishi; 
-
 
Kun tartibi, uyqu, ovqatlanish tartibi va sifati; 
-
 
Zararli odatlarni tark etish; 
-
 
Tanani parvarish qilish; 
-
 
Ishchanlikni ortirish va tiklanishda qo‗shimcha vositalar – masaj, dush, sauna 
va hammomlardan foydalanish. 
KAJT qo‘shimcha vositalari 
sifatida jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga 
qaratilgan trenajerlar, mexnat faoliyatidagi harakatlarni takomillashtirishga 
yordam beruvchi moslama va jixozlardagi mashqlardan foydalanish mumkin. 
Qo‗shimcha 
vositalardan 
foydalanishda 
mahalliy 
shart 
sharoitlar, 
shug‗ullanuvchilar jismoniy tayyorgarlik darajasi va sog‗ligining holatini hisobga 
olish kerak. 
Mashg‗ulotlar jarayonlarida jismoniy yuklamalar hajmini ham hisobga 
olinadi. Engil hajmdagi jismoniy yuklamalar organizm jismoniy rivojlanishiga 
etarli darajada ta‘sir ko‗rsatmasligi mumkin bo‗lsa, me‘yordan ortiq darajadagi 
jismoniy yuklamalar esa asab va muskul zo‗riqishlariga olib kelib, tiklanish uchun 
ko‗p muddat va maxsus tiklanish vositalardan foydalanishni talab etiladi. SHunga 
qaramay dastlabki davrda jismoniy yuklamalar hajmi oz darajada bo‗lsada, 
shug‗ullanuvchilar jismoniy tayyorgarlik darajasiga muvofiq jismoniy yuklamalar 
muntazam ortib borilishi kerak. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə