Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/121
tarix29.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#103516
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   121
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Kallanetika
 
— ayollar uchun mo‗ljallangan, chuqur joylashgan muskul 
guruhlari faolligini ortirishga qaratilgan 30 ga yaqin izometrik jismoniy mashqlar 
to‗plami. Mashqlar to‗plamining ixtirochisi Amerikalik sportchi gimnast Kallane 
Pinkney. Mashqlarni sokinlikda, musiqalarsiz, tinch holatda bajarish tavsiya 
etilgan. Bu jihatlari bilan mashqlar yoga mashqlariga o‗xshab ketadi. Mashqlarni 
oynaga qarab bajarish maqsadga muvofiqligi ta‘kidlanadi. Mashqlar bir soat 
davomida bajariladi. Mashqlar takroriyligi haftasiga bir marta bo‗lishi mumkin.
Mashqlar to‗plami to‗rt bo‗limdan iborat bo‗ladi: 
1)
Qizdirish mashqlari (6 ta mashq); 
2)
Kelishgan qomat mashqlari (4 ta mashq); oyoqlar uchun mashqlar (4 ta 
mashq); bel va son muskullari uchun mashqlar (5 ta mashq); 
3)
Muskullarni cho‗zish mashqlari (6 ta mashq); 
4)
Qorin muskullari uchun mashqlar (3 ta mashq); qo‗l muskullari uchun 
mashqlar (2 ta mashq). 
Bir soat davomida kallanetika mashqlarini bajarish 7 soat gimnastika, 24 soat 
aerobika mashqlarini bajarishga teng bo‗ladi deb ta‘kidlaydi ixtirochi. 
Organizmning muskul guruhlari va tayanch harakat apparati mashg‗ulotlarga 
moslashgandan so‗ng mashqlarni 15 daqiqa davomida har kuni bajarish mumkin. 
Mashqlarni bajarishda keskin harakatlar bajarish, muskullarni zo‗riqtirish 


179 
ta‘qiqlanadi. Egilish, bukilish va yozilish harakatlarini bajarish, yotgan holda 
muskullarni cho‗zish uchun qo‗l, oyoq va gavdani ko‗tarish harakatlari bajariladi. 
Gidroaerobika 
— suvda musiqa jo‗rligida bajariladigan mashqlar to‗plami 
bo‗lib, suzish harakatlarini gimnastika, streching, kuch mashqlar bilan birgalikda 
bajarishga asoslangan. Gidroaerobika mashqlari yurak qon tomir, nafas olish tizimi 
faoliyatini yaxshilash, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, kelishgan qomatni 
shakllantirish, ishchanlik qobiliyatini ortirish, inson ruhiy holatini barqaror qilishga 
qaratilgan bo‗ladi. 
Suvning mexanik hamda harorati bilan ta‘sir etishi, organizm barcha tizim va 
funktsiyalarida ijobiy o‗zgarishlarni sodir qiladi, chiniqtirishni ta‘minlaydi. Suvdagi 
mashg‗ulotlar nafas olish muskullarini rivojlanishiga, ko‗krak qafasini 
kengayishiga va buning natijasida o‗pkaning tiriklik sig‗imini ortishiga olib keladi. 
Suvda tana haroratini boshqarish takomillashadi, modda almashinuvi kuchayadi. 
Natijada suv mashg‗ulotlarida ko‗plab quvvat sarf etiladi, yog‗ qatlamlarining 
kamayishi ta‘minlanadi. Inson suvda deyarli vaznsiz holatga tushib, muskullar va 
bo‗g‗imlarga jismoniy yuklamalarning ta‘siri kamayadi va natijada jarohatlanishlar 
sodir bo‗lmaydi. SHuning uchun gidroaerobika mashqlaridan jaraohatlardan 
tiklanish vositasi sifatida ham keng foydalaniladi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə