Logistika zanjirining axborot oqimlari ustidan nazoratni tashkil etish


Moddiy oqimlarni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 46,57 Kb.
səhifə2/6
tarix14.06.2023
ölçüsü46,57 Kb.
#117246
1   2   3   4   5   6
Logistika zanjirining axborot oqimlari ustidan nazoratni tashkil etish.

Moddiy oqimlarni tashkil etish va boshqarish

Korxonada moddiy oqimlarni tashkil etish va ularni boshqarish bir - biri bilan uzluksiz bog‘langan tizimni hosil qiladi. Shunday qilib, olingan buyurtmalarni bajarish jarayonida materiallar harakati boshqaruvsiz amalga oshmaydi, bu boshqaruv moddiy resurslarni taqsimlash, xo‘jalik aloqalarini rejalashtirish va hokazo yo‘llar bilan amalga oshiriladi, lekin shu bilan birga tashkillashtirishni talab qiladi: kelib tushishlarni ritmik bajarilishini ta’minlash; materiallar tashishning optimal tizimini tanlash va boshqalar. Tashkillashtirish jarayonida elementar oqimlarni birlashtirishga erishiladi va ishlab chiqaruvchi logistik tizim samarali ishlashi uchun sharoitlar yaratiladi.
Moddiy oqimlarni boshqarish ishlab chiqarish bu yurtmalarining bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlaydi va korxona oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun logistik tizim parametrlarini berilgan chegaralarda ushlab turuvchi ta’sir o‘tkazadi.


    1. Moddiy oqimlarni tashkil etish jarayonida joy va vaqt aloqalari

Moddiy oqimlarni qayta ishlash jarayonining alohida bosqichlari (saqlash, qayta ishlash, tashish), korxonada, alohidalashgan bo‘linmalar orqali amalga oshiriladi, ularning har biri ma’lum funksiyalarni bajaradi.
Moddiy oqimlarning shakllanishida va qayta ishlanishida qatnashuvchi korxonaning funksional bo‘linmalarining tarkibi, ularning o‘zaro joylashuvi va ishlab chiqarish buyurtmalarini bajarishda o‘zaro aloqalarining shakllari logistik tizimning joylashuv tuzilmasi deb ataladi. Ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimning tuzilmasi bir qator omillar orqali aniqlanadi, ular orasida quyidagilarni ajratish mumkin:

  • ishlab chiqarish diversifikatsiyasi;

  • mahsulot ishlab chiqarish hajmi;- yuklarni tashishni tashkil etish uslubi; - zaxiralarni boshqarish tizimining turi.

Diversifikatsiya, ishlab chiqarish bo‘linmalarining tarkibiga va maxsus yo‘naltirilganligiga, omborlarning soniga, zaxiralarning assortimentiga, yetkazib beruvchilar bilan aloqalarning xilma - xillik darajasiga va ularning soniga ta’sir o‘tkazadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi zaxiralarning va alohida ishlab chiqarishning hajmini, ularning miqdorini hamda yuk oqimlarining quvvatini aniqlaydi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi qancha katta bo‘lsa, shuncha ishlab chiqarish bo‘linmalari yirikroq, ularning maxsus yo‘naltirilganligi aniqroq, korxonaga kelib tushayotgan va undan chiqib ketayotgan yuklarning hajmi katta bo‘ladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining o‘sishi o‘rtacha bir kunlik materiallar xarajatining o‘sishiga olib keladi va kattaroq zaxiralarni tashkil etishni asoslaydi.
Yuklarni tashishni tashkil etish uslubi, transport bo‘linmalarining soniga, ishlar bajarilish qatnashchilarining tarkibiga, mahsulot harakatida bo‘g‘inlarning soniga va oraliq omborlarning miqdoriga ta’sir qiladi. Masalan, yuk oqimlarini tashkil etishning tranzit sxemasiga o‘tish, mahsulot harakatida bo‘g‘inlar sonining kamayishiga va yuklarni qayta ishlash bo‘yicha ishlar hajmining qisqarishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish, ichki tashish ishlarining hajmi va miqdoriga hamda tugatilmagan ishlab chiqarish miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi.
Zaxiralarni boshqarish tizimining turi ishlab chiqarishda ularning kattaligiga ta’sir o‘tkazadi: kelib tushishlar orasidagi vaqt intervali va buyurtma hajmi qancha katta bo‘lsa, ishlab chiqarish zaxiralarining darajasi shuncha katta bo‘ladi.
Logistik tizimning oraliq tuzilmasi moddiy oqimlarni vaqt bo‘ylab qayta ishlash amallarini bajarilish ketma - ketligini oldindan aniqlab beradi. Bunda yuzaga keladigan vaqt aloqalari buyurtma bajarilish jarayonida alohida bosqichlar oqib o‘tadigan yoki oraliq natijalari – voqealari belgilab olinadigan vaqt kesmalari bilan xarakterlanadi.
Moddiy oqimlarni tashkil etishning vaqt aspektini tasniflashda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: buyurtmaning bajarilish sikli, buyurtma bajarilish siklining tuzilmasi (tuzilma), buyurtma siklining davomiyligi.
Buyurtma bajarilish sikli – bu vaqt bo‘ylab ma’lum tarzda tashkil etilgan elementar oqimlarning kompleksi, bu oqimlar buyurtmaning qabul qilinishidan to bajarilishigacha bo‘ladigan harakati jarayonida logistik amallar bajarilishi natijasida yuzaga keladi. Buyurtmaning qabul qilinish vaqti ma’lum turdagi va yo‘nalishdagi mahsulotni ishlab chiqarishga talabni kelib tushishining vaqt nuqtasini xarakterlaydi.
Buyurtma bajarilish vaqti mahsulotni savdo sotiq tizimiga (shaxsiy iste’mol mahsulotlari) yoki buyurtmachi korxonaning omboriga (ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar) kelib tushishligini bildiradi.Buyurtma bajarilish siklining tuzilmasi 6 ta bosqichni o‘z ichiga oladi: buyurtmaning qabul qilinishi; texnik tayyorgarlik (yangi buyurtma olinganida faqat bir marta rejlashtiriladi), materiallarni yetkazib berish, ishlab chiqarishga tayyorgarlik, ishlab chiqarishning o‘zi (yig‘uvchi qismlar bilan ta’minlangan buyurtmaning ishlab chiqarishga berilishidan, ishlab chiqarishdagi hamma ishlarning tugatilishigacha), buyurtmani yetkazib berish.
Buyurtma bajarilish sikli 2-jadvalda ko‘rsatilgan.
2-jadval

Yüklə 46,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə