Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə137/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Nazorat uchun savollar: 

1. Ma’lumki, delikt boʻyicha fuqarolik-huquqiy javobgarlikni


belgilashda zararning mavjud boʻlish fakti asosiy omillardan biri sanaladi.
Majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikda esa
zarar faktining boʻlishi majburiy emasligi angalishiladi. Ushbu holatni
muhokama qiling?
2.
Majburiyatlarni
buzganlik
uchun
fuqarolik-huquqiy
javobgarlikning chorasi sifatida asosan neustoyka qoʻllaniladi. Shu
jihatdan zararni qoplashni fuqarolik-huquqiy javobgarlik chorasi sifatida
e’tirof etish va majburiyatlarni buzganlik uchun qoʻllash mumkin yoki
mumkin emaslik holatini tahlil qiling?
3. A. pochta boʻlimida xorijiy oylik ilmiy jurnaliga uyiga olib kelish
sharti bilan obuna boʻldi. Iyun-avgust oylarida u chet elga xizmat safariga
ketdi. Qaytganidan keyin shu oylar uchun jurnal berilmaganligini bildi va
obuna shartiga koʻra kechiktirilgan davr uchun 60 ming soʻm neustoyka
toʻlashni talab qildi. Pochta boʻlimi A.ni yoʻqligi uchun jurnali yetkazib
bermaganligini, qolaversa jurnallar sentyabrda toʻliq yetkazib berilganini
va A.ga hech qanday zarar etmaganligini bildirib, neustoyka toʻlashni rad
etadi.
Kim haq? Agar A komondirovkaga ketmasdan uyda boʻlganda 
huquqiy echim oʻzgaradimi? 
4. Intensiv olma bogʻlari parvarishi bilan shugʻullanuvchi “Qirmizi”
fermer xoʻjaligi konserva zavodi bilan 2015 yil iyun-avgust oyida 70 tonna
olma yetkazib berishga shartnoma tuzadi. Biroq 25-26 mart kunlari
kechasi havo -5°ga tushganligi sababli faqat 30 tonna olma yetkazib
beradi. Fermer xoʻjaligi konserva zavodiga oʻz majburiyatining qisman
bajarganligiga fors-major holatlari sabab boʻlganini asos qiladi va
meteostanstіya ma’lumotnomasini ilova qiladi. Konserva zavodi qoʻshni


274


fermer xoʻjaligi xuddi shunday sharoitda bogʻga suv qoʻyib va kechasi
tezak tutinlarini qoplab, hosilni saqlab qolganiini vaj qilib “Qirmizi”
fermer xoʻjaligini shartnoma majburiyatlarini bajarmaslikda aybdor
hisoblaydi va neustoyka toʻlashni talab qiladi.
Fors-major holatiga tavsif bering. Majburiyatni buzganlik uchun 
javobgarlik asosi sifatida ayb qanday namoyon boʻladi? Masalaga 
huquqiy baho bering. 

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə