Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017


Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə133/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari 

Qarzdor tomonidan majburiyatning bajarilmasligi yoki lozim


darajada bajarilmasligi huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik
hisoblanadi. Buning uchun umumiy qoida sifatida faqat muayyan asoslar
mavjud boʻlgandagina qarzdorning, ya’ni majburiyatni buzgan shaxsning
mulkiy javobgarlikka tortilishi belgilanadi.
Yuridik javobgarlik shartlariga koʻra odatda, majburiyatni buzganlik
uchun qarzdorning yoki zarar yetkazuvchining javobgarlikka tortilishi
uchun quyidagi toʻrtta asos boʻlishi koʻrsatilgan:
birinchidan, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik
ikkinchidan, zarar yetkazilishi; 
uchinchidan, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik bilan sodir 
boʻlgan zarar oʻrtasida sababiy bogʻlanish boʻlishi; 


264


toʻrtinchidan, qarzdorning yoki zarar yetkazuvchining aybi mavjud 
boʻlishi. 
Shuni koʻrsatib oʻtish kerakki, shartnomadan yoxud boshqa bir
tomonlama bitimdan kelib chiqadigan majburiyatlarda uning bajarilmasligi
oqibatida boshqa shaxsga gʻayriqonuniy ravishda zarar yetkazish – barcha
hollarda huquqqa xilof hisoblanadi. Mazkur hollarda qarzdor xatti-
harakatining huquqqa xilof boʻlishini belgilashda qanday shartlar mavjud
boʻlganida majburiyatni ijro etmaslik uchun fuqarolik-huquqiy
javobgarlikning belgilanishini aniqlash zarur boʻladi.
Zarar hamma vaqt ham qarzdorning majburiyatni bajarmaganligi
yoki lozim darajada bajarmaganligidan kelib chiqavermaydi. Ba’zi
hollarda majburiyatning bajarilmasligi natijasida yuqorida aytganimizdek,
mulkiy zarar boʻlmasligi ham mumkin. Ammo aksariyat hollarda zarar
javobgarlikni belgilash uchun zarur asos boʻladi.
Agar kreditorning talablari zararni undirishga qaratilgan boʻlsa, u
holda, albatta, quyidagi asoslar: zararning boʻlishi, qarzdorning huquqqa 
xilof harakati yoki harakatsizligi bilan kreditorning koʻrgan zarari 
oʻrtasida sababiy bogʻlanishlar boʻlishi va nihoyat, qarzdorning aybi 
boʻlishi talab etiladi. Agar kreditorning talabi faqat neustoyka, penya, 
jarimani undirishga qaratilgan boʻlsa, qarzdor faqat aybi boʻlgandagina
mulkiy javobgarlikka tortiladi.
Qarzdorga mulkiy javobgarlikni belgilashdan oldin, ya’ni kreditorga
yetkazilgan zararning undan undirilishidan oldin sud har bir aniq holatda,
mazkur zararlar qarzdorning oʻz majburiyatlarini buzishidan vujudga
kelgan-kelmaganligini aniqlashi, ya’ni qarzdorning huquqqa xilof harakati
yoki harakatsizligi bilan kreditorning koʻrgan zarari oʻrtasida sababiy
bogʻlanishni aniqlashi lozim.
Masalan, agar temir yoʻl transporti korxonasi yuk 
oluvchiga zararlangan yukni yetkazib bersa, sud kreditorga bunday zararni kim 
yetkazganligini, mahsulot yuboruvchi tashkilotmi yoki temir yoʻl korxonasi 
tomonidan 
yetkazilganligini, 
bunday 
zararning 
sifatsiz 
tovar 
yuboruvchi 
tashkilotning aybi, huquqqa xilof harakati bilan boʻlish-boʻlmaganligini yoki tashish 
uchun qabul qilingan yukning yoʻlda saqlanishini ta’minlamagan temir yoʻl 
korxonasining huquqqa xilof harakatlaridan boʻlgan-boʻlmaganligini aniqlashi 
lozim.

FKning 324-moddasida koʻrsatilganidek, qarzdor majburiyatni


bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga
yetkazilgan zararni toʻlashi shart. Bunda shartnoma bilan belgilanadigan
majburiyat munosabatlarida ham sababiy bogʻlanish muammosini qoʻyish
va hal qilish zarurligi kelib chiqadi.


265


Muayyan bir natija qator sabablarning oqibati boʻlishi mumkinligi
tufayli, kreditorning zarar koʻrishiga aloqasi boʻlgan qarzdorning har
qanday harakati ham huquqiy ahamiyatga ega.
Qachonki natija, ya’ni kreditorga zarar yetkazilishi qarzdorning
huquqqa xilof harakati yoki harakatsizligidan bevosita vujudga kelganligi
ma’lum boʻlsa, ya’ni toʻgʻridan-toʻgʻri sababiy bogʻlanish mavjud boʻlsa,
u holda masalaning hal etilishi uncha qiyinchilik tugʻdirmaydi.
Qarzdorning huquqqa xilof harakati yoki harakatsizligi bilan sodir
boʻlgan natija oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish qarzdorning majburiyatni
butunlay bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun
javobgarlikka tortilishiga obyektiv asos boʻladi. Shu bilan birga, qonun
javobgarlikning subyektiv asosini ham, ya’ni qarzdorning aybini ham
nazarda tutadi.
Majburiyat bajarilmaganligi uchun qarzdorning javobgarligini
belgilaydigan shart sifatida koʻriladigan ayb qonunda nazarda tutilgan.
Jumladan, FKning 333-moddasida koʻrsatilganidek, qarzdor aybi boʻlgan
taqdirda
majburiyatni
bajarmaganligi
yoki
uni
lozim
darajada
bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada
boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, javob beradi.
Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun oʻziga bogʻliq
boʻlgan hamma choralarni koʻrganligini isbotlasa, u aybsiz hisoblanadi.
Aybning yoʻqligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi.
Yuqorida yozilgan nazariy asosni quyidagicha izohlash oʻrinlidir
Masalan, 
mebel fabrikasiga qarashli yuk kirakash avtopark mashinasida tashilishida yongʻin 
boʻlib, fabrikaga mulkiy zarar yetkaziladi. Da’vo ishining sudda koʻrilishida 
avtopark yongʻin boʻlishida aybi yoʻqligini isbotlay olmadi. Binobarin, fabrikaning 
mashinadagi yongʻin natijasida koʻrgan zararini toʻlashga avtopark majbur qilinadi. 
Fuqarolik huquqi fanida, ayb qasd yoki ehtiyotsizlik (beparvolik)
shaklida ifodalanadi.
Qasd shaklida ayb boʻlishida shaxs majburiyatni ongli ravishda,
atayin bajarmaydi yoki lozim darajada bajarmaydi.
Fuqarolik muomalasida majburiyatni bajarishga nisbatan bunday
munosabatda boʻlish faqat ayrim hollardagina uchraydi. Umumiy qoida
sifatida tashkilotlar va fuqarolar oʻz zimmalariga olgan majburiyatlarni
bajarishga vijdonan munosabatda boʻladilar.
Majburiyatlarning ayrim turlari boʻyicha qasd shaklida ayb
qonunlarda bevosita nazarda tutiladi.
Tashkilotlar tomonidan majburiyatlarning qasddan bajarilmasligi
ularning fuqarolik-huquqiy (mulkiy) javobgarlikka tortilishiga, ba’zi


266


hollarda mansabdor shaxslarning jinoiy javobgarlikka ham tortilishiga
sabab boʻlishi mumkin.
Aybning navbatdagi shakli esa – beparvolikdir. Beparvolikda qarzdor
majburiyatni bajarishga intilmaydi, harakat qilmaydi, buning uchun barcha
kuch va qobiliyatini yetarli darajada safarbar qilmaydi, ishni bajarishda
diqqatsizlikka, e’tiborsizlikka yoʻl qoʻyadi. Beparvolik shaklidagi ayb ham
FKning tegishli moddalarida belgilab qoʻyilgan.
Fuqarolik kodeksida qoʻpol ehtiyotsizlik oddiy ehtiyotsizlik, oddiy
beparvolikdan farqlanadi. Qonun ba’zi hollarda qarzdorga javobgarlik
belgilash uchun oddiy ehtiyotsizlik (beparvolik) emas, balki qoʻpol
ehtiyotsizlik boʻlishini shart qilib qoʻyadi.
Agar majburiyat har ikki tarafning aybi bilan bajarilmagan boʻlsa, u
holda sud qarzdorning javobgarligini tegishlicha kamaytiradi.


Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə