Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə131/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Nazorat uchun savollar: 

1. Xususiy va ommaviy huquqiy javobgarlik oʻrtasidagi nisbatni
tushuntirib bering. Aynan qanday xususiyatlari bilan fuqarolik huquqiy
javobgarlik yuridik javobgarlik tizimiga mansub sanaladi?
2. Fuqarolik huquqida imperativ me’yorlardan koʻra, dispozitiv
me’yorlarning kengroq qoʻllanishi fuqarolik-huquqiy javobgarlik doirasiga
qay tarzda ta’sir oʻtkazadi. Fikringizni misollar orqali yoritib bering.
3. J.Moʻminov fuqaro A.Yoʻlchiyevning hovlisiga oʻgʻrilikka
tushib, 2 million soʻm pulini oʻgʻirladi va oʻz ehtiyojiga ishlatib yubordi.
Bir necha oydan keyin uning jinoyati fosh boʻldi va sud hukmi bilan 5 yil
muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jazoni oʻtab kelgan
J.Moʻminovdan, A.Yoʻlchiev oʻgʻirlangan pulni foizlari bilan qaytarishini
talab qildi. J.Moʻminov esa, qilmishi uchun jazo olganligini aytib, pulni
foizlari bilan qaytarishni rad qildi.
Masalaga huquqiy baho bering. 
4. Fuqaro Z.Isomov 2 yil davomida sigareta chekib yurdi. Vrachlar
tibbiy tekshiruvda unda oʻpka raki kasalligini aniqladi. Z.Isomov tamaki
fabrikasiga da’vo bildirib oʻpka rakini davolash xarajatlarini toʻlashni talab
qildi. Tamaki fabrikasi Z.Ismoilov oʻz ixtiyori bilan sigareta chekkanligini,
uning kasal boʻlishida aybi yoʻqligini bildirdi.
Masalaga huquqiy baho bering. 
5. A va B toʻyda sovrin uchun kurash tushishadi va B qoʻchqor va
qoʻy yutib oladi. Biroq toʻy egasi sovrinni berishni rad etadi. B tanish
yurist J.dan maslahat soʻraydi. J ushbu holat mukofot toʻlashni oshkora
va’da qilish majburiyatini oʻxshashlik boʻyicha qoʻllash va bu asosda toʻy
egasini sovrinni toʻlash boʻyicha fuqarolik-huquqiy javobgarlikka tortish
mumkin degan fikrni aytdi.
Ushbu fikr qonuniy asosga egami? 


262




Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə