Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə132/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

20-MAVZUMAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UCHUN 
JAVOBGARLIK 

Majburiyatlarning buzilishi va buning uchun fuqarolik-huquqiy


javobgarlik tushunchasi. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik
asoslari. Qarzdorning zararni toʻlash majburiyati. Qarzdorning
javobgarlikdan ozod qilinishi asoslari. Majburiyatning qarzdor va kreditor
tomonidan kechiktirilishi oqibatlari.

Majburiyatlarning buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy 
javobgarlik mohiyati va ahamiyati 

Ma’lumki, jamiyatimiz hayotining eng muhim tamoyillaridan biri


qonun ustuvorligi hisoblanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, siyosiy
ijtimoiy, eng avvalo iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga
solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq
normalarini buzganligi uchun javobgar boʻladi. Bozor mexanizmining eng
asosiy xususiyatlaridan biri xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida
ularning iqtisodiy javobgarligi va toʻliq iqtisodiy mustaqilligi asosida
qonun va shartnomalar intizomiga qat’iy rioya qilish hisoblanadi. Qonun
va shartnomalar mazmunida esa koʻp hollarda fuqarolar va yuridik
shaxslar zimmasiga yuklangan majburiyatlar yotadi.
Majburiyat yuzasidan qarzdor boʻlgan shaxs uni butunlay
bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, majburiyatni bajarish
yuzasidan belgilangan huquq normalariga rioya qilmasligi huquqqa xilof
harakat yoki harakatsizlik hisoblanib, bu hol majburiyat buzilganligidan
dalolat beradi. Ya’ni majburiyat yuzasidan qarzdor shaxs kreditorning
subyektiv huquqini buzgan hisoblanadi.
Masalan, sifatsiz mahsulot (tovar) 
yetkazib berilgan mahsulot sotuvchi tashkilot – qarzdor sifatida huquq normasini, 
ya’ni, FKning tegishli moddasida koʻrsatilgan qoidani buzish bilan mahsulot oluvchi 
korxonaning ya’ni kreditor tashkilot qarzdor tashkilotdan shartnomaga muvofiq, 
sifatli mahsulot (tovar)ning oʻziga topshirilishi boʻyicha huquqini ham buzadi.
Qarzdorning harakatsizligi ham huquqqa xilof hisoblanishi mumkin.
Bunday harakatsizlik qarzdorning shunday xatti-harakatidan iborat boʻlib
koʻrinadiki, bunda qarzdor oʻzi amalga oshirishi lozim boʻlgan harakatni
qilmaydi
. Masalan, uy-joy ijarasi shartnomasi boʻyicha tashkilotning uyida 
yashovchi fuqaro belgilangan ijara haqini toʻlamasligi bilan Uy-joy kodeksining
69-moddasida belgilangan qoidani buzadi. Shu bilan birga, shartnomaga muvofiq 
tarzda qarzdordan kvartira haqining oʻz vaqtida toʻlanishini talab qilish huquqiga 


263


ega boʻlgan tashkilotning – ijaraga beruvchining, ya’ni kreditorning subyektiv 
huquqi ham buziladi. 
Fuqarolik-huquqiy
javobgarlik boʻyicha qarzdor tomonidan
majburiyatning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi hollarida,
qonun yoki shartnomada belgilangan sanksiyalar qoʻllaniladi.

Majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik


majburiyatni bajarmagan qarzdor zimmasiga zararlarni, neustoykani
kreditor foydasiga toʻlash vazifasini yuklashdan iboratdir.

Birovga zarar yetkazish tufayli vujudga keladigan majburiyatlarda


zarar yetkazuvchi jabrlangan shaxsga yetkazilgan zararning pul bilan
hisoblangan miqdorini toʻla ravishda toʻlaydi. Shartnoma boʻyicha olingan
majburiyatlarning bajarilmasligi esa kreditorning koʻrgan zararlarni
toʻlatish uchun ham, qarzdordan neustoykaning undirilishi uchun ham asos
boʻladi.
Qarzdorning majburiyatni lozim darajada bajarmasligi, ya’ni,
majburiyatni shartnoma yoki qonunda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq
ravishda bajarmasligi; masalan, mahsulotning sifati, topshirish muddati,
shartnomaning bajarilish joyi kabi shartlar buzilishidan iboratdir.
Majburiyat qarzdor tomonidan butunlay bajarilmasa, kreditor sud orqali
majburiyatning majburiy tartibda bajarilishini, birinchi navbatda, albatta
real ravishda bajarilishini, agar majburiyat lozim darajada bajarilmagan
boʻlsa, uning qonun yoki shartnomada koʻrsatilgan shartlarga muvofiq
bajarilishini talab qilishga haqli.


Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə