Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017


Zararni qoplash fuqarolik-huquqiy javobgarlik shakli sifatida



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə129/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Zararni qoplash fuqarolik-huquqiy javobgarlik shakli sifatida 

Fuqarolik-huquqiy javobgarlikning asosiy shakli boʻlgan zararni


qoplashni uchta turi bor. Birinchisi zarar (real va boy berilgan foyda)ni
qoplash (FKning 14-moddasi) boʻlib, bu umumiy xususiyatga ega. Bundan
tashqari zararni qoplash maxsus usuli sifatida, agar huquqbuzar
huquqbuzarlik orqali ma’lum bir foyda koʻrgan boʻlsa, mazkur foydani
zarar koʻrgan shaxs foydasiga undirish ham qoʻllaniladi. Va nihoyat
mualliflik
huquq
va
turdosh
huquqiy
munosabatlarda
zararlar
yetkazilishidan qat’i nazar, huquqbuzarlik xususiyati va huquqbuzar aybi
darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda
zararni oʻrnini qoplash evaziga toʻlanishi lozim boʻlgan tovonni toʻlanishi
(Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunning 65-
moddasi) ham mavjud.
Moddiy zararni qoplashdan tashqari ma’naviy zararni qoplash ham
fuqarolik-huquqiy javobgarlikning oʻziga xos shakli hisoblanadi.
Fuqarolik-huquqiy
javobgarlikning
alohida
turlari
boʻlgan
majburiyatni buzganlik uchun javobgarlik va zarar yetkazganlik uchun
javobgarlikni qoʻllash masalalari ushbu darslikning tegishli qismlarida
bayon etilgan.

Fuqarolik-huquqiy javobgarlikdan ozod qilish 

Umumiy qoida boʻyicha fuqarolik javobgarlikdan ozod qilish


asoslaridan biri sifatida yengib boʻlmaydigan kuch va favqulodda
vaziyatlar ya’ni fors-major holatlari e’tirof etiladi. Fors-major holatlari
shartnomaviy majburiyatlari boʻyicha ham (FKning 333-moddasi 3-qismi)


258


va muayyan holatlar boʻyicha delikt majburiyatlar boʻyicha ham (999-
moddaning 1-qismi) javobgarlikdan ozod qilish asosi sifatida qoʻllaniladi.
Fors-major holatlari roʻy bergan deb hisoblash uchun ushbu holatlar
quyidagi ikki belgiga ega boʻlishlari lozim.
Birinchidan, fuqarolik huquqiy munosabatning tegishli ishtirokchisi
insofli va jonkuyarlik bilan harakat qilganda ham ushbu holatni oldini
olishga, uni oqibatlarini bartaraf qilishga imkoniyati boʻlmasligi shart.
Boshqacha aytganda fuqarolik huquqi munosabatlari subyekti uchun u
yengib boʻlmaydigan, qarshi turib boʻlmaydigan kuch hisoblanadi. Ba’zi
holatlarda esa ushbu kuch ta’sirida roʻy bergan vaziyat hisoblanadi.
Toʻgʻri, muayyan holatlarda subyekt bunday kuchga qarshi turishi,
oqibatlarini bartaraf etishi mumkin boʻladi. Biroq, bu inson hayotini
qurbon berish yoxud juda katta moddiy talafotlar yoki xarajatlar evaziga
amalga oshirishi mumkin. Ham ahloqiy, ham huquqiy nuqtai nazardan
olganda kuchni bartaraf etish say-harakatlari va xarajatlari hajmi bilan
buning evaziga erishiladigan natija (majburiyatni ijro etilishi) oʻrtasida
juda kuchli nomutanosiblik roʻy berishi mumkin. Shu sababli ham
subyektni bunday holatda yengib boʻlmas kuchga qarshi turishi maqsadga
nomuvofiq hisoblanadi.
Ikkinchidan, bunday holat kutilmaganda, toʻsatdan roʻy beradi.
Fuqarolik munosabat ishtirokchilari bunday holat roʻy berishini oldindan
koʻra bilmagan, hisobga olmagan boʻladilar.
Kundalik turmushda tavakkalchilik xavf-xatari bilan fors-major
holatlari oʻrtasida tafovutlar har doim ham hisobga olinavermaydi. Fors-
major holatlari har doim umumiy normal holat doirasidan tashqarida
boʻladi. Tavakkalchilki xavf-hatari esa umumiy normal holat doirasida
boʻladi.
Biroq shuni ta’kidlash oʻrinliki, fors-major holatlari FK 333-modda
mazmuniga koʻra javobgarlikdan ozod qilishning dispozitiv asosi
hisoblanadi. Qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan holdagina fors-
major holati qoʻllanilishi mumkin. Taraflar shartnoma asosida oʻz
majburiyatlarini belgilashganda taraflardan biriga tavakkalchilki burchini
kengaytirgan holda fors-major holatlari oqibatlari uchun mas’ul sifatida
belgilashlari mumkin. Masalan, eksport-import kontrakti tuzilganda
muayyan taraf uni davlat roʻyxatidan oʻtkazdirish, bojxona taomillari va
shu kabi masalalar boʻyicha tavakkalchilik burchini oʻz zimmasiga olishi
mumkin. Bunday holatda kontrakt davlat roʻyxatidan oʻtkazdirmaslik,
tovarni bojxonada ushlab qolish, garchi ular davlat hokimiyati
idoralarining harakatlari orqali roʻy bergan boʻlsa ham fors-major holatlari


259


hisoblanmaydi. Odatda investorda, kreditorda mustahkam ishonch
uygʻotish uchun muayyan holatlarda shartnomalarda fors-major
oqibatlarini manfaatdor taraf oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Xalqaro tajriba boʻyicha fors-major holatlari sifatida quyidagilar tan
olinadi:
- xarbiy harakatlar shu jumladan e’lon qilingan va e’lon qilinmagan
urushlar, fuqarolar urushlari, va shu kabilar natijasida majburiyatni ijro
etilmasligi;
- tabiiy ofatlar shu jumladan, zilzila, suv toshqini, sunami, koʻchkilar,
qurgʻoqchilik, doʻl urushi va shu kabilar. Bu oʻrinda shuni unutmaslik
lozimki, ba’zi tabiiy ofatlar hozirgi zamon fan-texnikasi yutuqlari asosida
bashorat qilinishi, qarshi turilishi mumkin. Yoxud bir holat muayyan
vaziyatda
fors-major
holati,
boshqa
vaziyatda
esa
qarzdorni
mas’uliyatsizligi sifatida qaralishi mumkin.
Masalan har bir korxonaning koʻchmas mulkida yashin qaytargichlar
oʻrnatilgan boʻlishi shart. Biroq qishloq xoʻjaligiga tegishli ekin
maydonlari, bogʻlarda yashin qaytargichlar oʻrnatilishi talab etilmaydi.
Binobarin korxonani yashin urib vayron qilishi fors-major holati
hisoblanmaydi, biroq bogʻni yashin urib yonib ketishi fors-major holatlari
hisoblanadi.
Jumladan:
-ish beruvchi va xodimlar oʻrtasidagi nizolar, shu jumladan ish
tashlashlar, lokautlar, ishlab chiqarishni sekinlashtirishlar va shu kabilar
oqibatida majburiyatni bajarilmasligi;
-davlat hokimiyati va idora organlarini qonuniy yoki gʻayriqonuniy
harakatlari sababli majburiyatni ijro etilmasligi (agarda taraflardan biri
ushbu holatlar boʻyicha oʻziga tegishli majburiyat yoki tavakkalchilik
burchini zimmasiga olmagan boʻlsa).
Mamlakatimizda fors-major holatlarini qoʻllash boʻyicha muayyan
amaliyot vujudga kelgan
Masalan. Qishloq xoʻjalik ekinlarini qurgʻoqchilik, doʻl 

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə