Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017


Javobgarlik subyekti va huquqbuzarlik subyekti: oʻzaro nisbat



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə126/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Javobgarlik subyekti va huquqbuzarlik subyekti: oʻzaro nisbat 

Odatda repressiv huquq tarmoqlarida huquqbuzarlik subyekti


(huquqbuzarlik qilmishini sodir etgan shaxs) va huquqbuzarlik uchun
javobgarlik subyekti (sodir etilgan huquqbuzarlik uchun zimmasiga
yuridik javobgarlik yuklatilgan shaxs) deyarli farqlanmaydi. Fuqarolik-
huquqiy javobgarlikni qoʻllashda ham aksariyat koʻp hollarda
huquqbuzarlik subyekti ayni vaqtda fuqarolik javobgarlik subyekti sifatida
qaraladi. Biroq, bu holat har doim ham kuzatilmaydi.
Masalan FK 334-
moddasiga asosan basharti, qonun hujjatlari yoki shartnomada bevosita ijrochi boʻlgan uchinchi 
shaxsning javobgarligi belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, zimmasiga majburiyatni bajarish vazifasi 
yuklatilgan 
uchinchi 
shaxslarning 
majburiyatni 
bajarmaganligi 
yoki 
lozim 
darajada 
bajarmaganligi uchun qarzdor javob beradi. 
Bu yerda huquqbuzarlik subyekti uchinchi shaxslar, javobgarlik
subyekti esa qarzdor hisoblanadi. Oʻz navbatida qarzdor javobgarlikka
tortilgandan soʻng regress da’vo qoʻzgʻatishi mumkin.
Umumiy yuridik qoidaga koʻra huquqbuzarlik subyekti va
javobgarlik subyekti uchun ham javobgarlikka tortish asosi sifatida uning
muayyan yoshga yetganligi, aqli rasoligi, qisman yoki toʻliq muomala
layoqatiga egaligi kabi mezonlar hisobga olinadi. Biroq zarar yetkazganlik
uchun fuqarolik javobgarligini qoʻllashda 14 yoshga toʻlmagan zarar
yetkazuvchining mol-mulki boʻlgan taqdirda ushbu mol-mulkka nisbatan
yetkazilgan zarar boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin. Bu holat FKning
993-moddasi 5-qismida oʻz aksini topgan.
FKning 996-moddasiga koʻra, agar vasiy vafot etsa yoxud zararni
toʻlash uchun yetarlicha mablagʻga ega boʻlmasa, zarar yetkazuvchining
oʻzi esa bunday mablagʻga ega boʻlsa, sud jabrlanuvchining va zarar
yetkazuvchining mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa holatlarni inobatga
olib, zararni toʻligʻicha yoki qisman muomalaga layoqatsiz zarar
yetkazuvchining mol-mulki hisobidan toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul
qilishga haqli.


Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə