Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017


-MAVZU. MAJBURIYATLARNING BEKOR BOʻLISHI



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə138/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

21-MAVZU. MAJBURIYATLARNING BEKOR BOʻLISHI 

Majburiyatlarning bekor boʻlishi tushunchasi. Majburiyatlarning


bajarilishi bilan bekor boʻlishi. Majburiyatlarning hisobga oʻtkazish yoʻli
bilan bekor boʻlishi. Qarzdor bilan kreditor bir shaxs boʻlib qolganida
majburiyatning bekor boʻlishi. Taraflarning kelishuvi boʻyicha va
qarzdorni qarzidan voz kechishi boʻyicha majburiyatning bekor boʻlishi.
Bajarish mumkin boʻlmaganligi tufayli majburiyatning bekor boʻlishi.
Majburiyatning davlat organi hujjati asosida bekor boʻlishi. Fuqaroning
vafot etishi yoki yuridik shaxsning tugatilishi sababli majburiyatning bekor
boʻlishi.

Majburiyatlarning bekor boʻlishi tushunchasi 

Har qanday huquqiy munosabat kabi majburiyat ham muayyan


asoslar, ya’ni, muayyan yuridik faktlar mavjud boʻlgan vaqtda bekor
boʻladi. Majburiyatning bekor boʻlishi deganda vujudga kelgan yuridik
fakt tufayli majburiyat ishtirokchilari huquq va burchlarining bekor
boʻlishi tushuniladi.
Majburiyatlarni bekor boʻlish asoslari turkumlanganda ularning
oqibatlari boʻyicha normal bekor boʻlish asoslari (bunda majburiyat ijro
etiladi yoxud kreditor manfaatlari muayyan tarzda qanoatlantiriladi –
hisobga oʻtkazish, voz kechish haqini toʻlash, majburiyat yangilanishi
bilan bekor boʻlishi) va normal boʻlmagan holatlar boʻyicha
majburiyatlarni bekor boʻlishi asoslari (majburiyatni bajarish mumkin
boʻlmaganligi munosabati bilan bekor boʻlishi, fuqaroning vafot etishi,
yuridik shaxs tugatilishi, tadbirkorlik subyektining bankrotligi orqali bekor
boʻlishi va umidsiz qarz sifatida baholanadigan boshqa holatlar boʻyicha
bekor boʻlishi) farqlanadi.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, majburiyat quyidagi hollarda bekor
boʻladi:
1) majburiyatning bajarilishi bilan;


275


2) voz kechish haqini berish bilan;
3) hisobga oʻtkazish bilan;
4) talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan;
5) qarzdor bilan kreditor bir shaxs boʻlib qolishi bilan;
6) majburiyat yangilanishi bilan;
7) qarzdan voz kechish bilan;
8) bajarish mumkin boʻlmaganligi tufayli;
9) davlat organi hujjati asosida;
10) fuqaroning vafot etishi bilan;
11) yuridik shaxs tugatilishi bilan.
Yuqorida koʻrsatilgan umumiy asoslardan tashqari majburiyatlarni
bekor qiladigan yana ba’zi asoslar ham mavjud, ularning ayrim turlari
FKning tegishli boblarida nazarda tutilgan. Jumladan, FKning 32-bobida
mulkni ijaraga oluvchi shartnomani istagan vaqtida bir tomonlama bekor
qila olishi mumkinligi koʻrsatiladi.


Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə