Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə149/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Shartnoma tuzish 

Shartnomaning tuzilishi FKning 354-moddasida koʻrsatilganidek,


agar taraflar oʻrtasida shartnomaning barcha talab qilinadigan shaklda
kelishuvga erishilgan boʻlsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Shartnomaning umumiy tartibda tuzilishi ikki davr bilan belgilanadi.
Birinchi davr–shartnoma tuzishga taklif qilish davri; bu oferta, shartnoma
tuzishga taklif qiluvchi esa, offerent, deb ataladi.
Ikkinchi davr–shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklifni qabul qilish
davri; bu aksept, taklifni qabul qiluvchi akseptant deb aytiladi.
Shartnoma tuzishning umumiy tartibiga oid qoidalar FKning 364-
381-moddalarida berilgan. Bu qoidalarda aytilishicha, agar shartnoma
tuzish toʻgʻrisidagi taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlab qilingan
boʻlsa, bu holda shartnoma ikkinchi taraf (akseptant) tomonidan taklifning
qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi javob shu muddat ichida taklif qiluvchi
(offerent) tomonidan olingan holdagina tuzilgan hisoblanadi. Oferta
yoʻllagan shaxs uning akseptini olgan paytdan shartnoma tuzilgan
hisoblanadi.
Shartnoma tuzish haqidagi taklif (oferta) akseptantga bildirilgunicha
chaqirib olinishi mumkin. Biroq u akseptant tomonidan qabul qilib olingan
boʻlsa, akseptlash uchun belgilangan muddat davomida chaqirib olinishi
mumkin emas.
Oferta muayyan shaxsga ham, nomuayyan shaxslarga ham qaratilgan
boʻlishi mumkin
. Masalan, mahsulotni reklama qilish, oʻz xizmatini taklif etib 
e’lon berish–nomuayyan shaxslar doirasida yoʻllangan oferta hisoblanadi. Bunday 
ofertani, odatda, ommaviy oferta deb ham yuritiladi.
Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi
aksept hisoblanadi. Aksept toʻliq va pisandasiz boʻlmogʻi shart. Agar
qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish boʻyicha avvalgi
munosabatlaridan boshqacha ma’no kelib chiqmasa, sukut saqlash aksept
boʻlmaydi.
Agar shartnoma toʻgʻrisidagi taklif (oferta) javob uchun muddat
tayinlanmasdan, ogʻzaki ravishda qilingan boʻlsa, ikkinchi taraf


295


(akseptant) bu taklifni qabul qilganligini darhol taklif qiluvchiga
(offerentga) bildirgan holdagina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar bunday taklif yozma ravishda qilingan boʻlsa, taklifni qabul
qilganlik (aksept) toʻgʻrisidagi javob uni olish uchun lozim boʻlgan normal
vaqt davomida olingan taqdirdagina, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar shartnoma tuzishga rozi boʻlganlik toʻgʻrisidagi kechiktirilib
olingan javobdan uning oʻz vaqtida yuborilganligi ma’lum boʻlsa, bu holda
taklif qiluvchi shaxs (offerent javobning kechiktirilib olinganligi
toʻgʻrisida ikkinchi taraf (akseptant)ni darhol xabardor qilsagina javob
kechiktirilgan hisoblanadi. Bu holda javob ayni paytda yangi taklif (oferta)
hisoblanadi.
FKning 375-moddasida koʻrsatilganidek, ofertada taklif qilinganidan
boshqacha shartlar asosida shartnoma tuzishga rozilik bildirish
toʻgʻrisidagi javob aksept hisoblanmaydi. Bunday javob akseptdan bosh
tortish va ayni vaqtda yangi oferta hisoblanadi.
Odatda, shartnomada u tuzilgan joy koʻrsatib oʻtilishi kerak. Agar
shartnomada uning tuzilgan joyi koʻrsatilmagan boʻlsa, shartnoma oferta
yoʻllagan fuqaroning yashash joyida yoki yuridik shaxsning joylashgan
yerida tuzilgan hisoblanadi (FK 376-modda).


Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə