Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017


Shartnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə150/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Shartnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish 

Umumiy qoida boʻyicha, shartnoma taraflarning kelishuviga


muvofiq, oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Agar shartnomada
muayyan vaziyatda shartnoma shartlarini bir taraflama oʻzgartirish yoki
bekor qilish haqidagi shart mavjud boʻlsa, bu holda shunday vaziyat yuz
bergan taqdirda shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirish yoki
bekor qilishga yoʻl qoʻyiladi. Masalan, agar shartnoma boʻyicha toʻlovlar
muntazam kechiktirilsa, mahsulot yetkazib beruvchi akreditiv orqali hisob-
kitoblar joriy etishga haqli deb belgilab qoʻyilgan boʻlsa, bu holda amalda
sotib oluvchi tomonidan yetkazib berilgan tovarlar uchun toʻlovni
muntazam ravishda kechiktirilishi mahsulot yetkazib beruvchi uchun
shartnoma shartlaini bir tomonlama oʻzgartirishga asos boʻladi yoki
shartnomada
muayyan
muddat
ichida
buyurtmachiga
xizmat
koʻrsatilmasligi shartnomani bekor boʻlishiga olib kelishi belgilab
qoʻyilgan boʻlsa, bu holda oʻsha majburiyatni bajarmasligi tegishli tarafga
shartnomani bir tomonlama bekor qilishga asos boʻladi.
Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat
quyidagi hollardagina oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:


296


1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;
2) Fuqarolik kodeksi, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda
tutilgan boshqa holatlarda.
Garchi FKda belgilanmagan boʻlsa ham taraflardan tashqari vakolatli
davlat idoralari (masalan, qonun talablariga rioya etilmagan taqdirda
prokuratura organlari, gʻirrom raqobat boʻyicha kelishuv mavjud boʻlsa
raqobat qonunchiligiga koʻra monopoliyaga qarshi organ, voyaga
yetmaganlar manfaati qoʻpol ravishda buzilgan boʻlsa vasiylik va homiylik
organi) amalda shartnoma shartlarini sud orqali oʻzgartirish yoki bekor
qilishni sud tartibida amalga oshirishlari mumkin.
Bu oʻrinda shuni ta’kidlash lozimki, agar shartnoma shartlari
uchinchi shaxslar manfaatlariga daxl qilsa, uchinchi shaxslar tomonidan
ham shartnoma shartlarini oʻzgartirish yo bekor qilish boʻyicha sudga talab
qilinishi mumkin.
Taraflardan birining shartnoma buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma
tuzishga umid qilishga haqli boʻlgan narsadan koʻp darajada mahrum
boʻladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.
Masalan, da’vogar V. javobgar M.ga nisbatan da’vo ariza bilan sudga 
murojaat qilib, unda 2011-yil 20-dekabrda oʻzi bilan javobgar oʻrtasida umrbod 
ta’minlash sharti bilan xonadonni begonalashtirish shartnomasi tuzilganligini, 
hozirda 
javobgar 
tomonidan 
shartnoma 
majburiyatlari 
tegishli 
tartibda 
bajarilmayotganligi sababli ushbu shartnomani bekor qilish niyatida ekanligini, qayd 
qilingan shartnomada javobgar amaldagi eng kam oylik ish haqining uch baravari 
miqdoridan kelib chiqqan holda uni oziq-ovqat, kiyim-kechak va dori-darmon 
vositalari bilan ta’minlashi hamda uni parvarishlashi va boshqa yordamlarni 
koʻrsatishi lozimligi belgilanganligini, lekin unga aslida ushbu yordamlarni hozirda 
umuman boshqa odamlar koʻrsatib kelishini, javobgar oʻtgan davr mobaynida unga 
faqat ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelganligini, dori-darmon va kiyim-
kechaklarni esa olib kelmaganligini, bundan tashqari unga qoʻpollik qilib uy oʻziga 
tegishli ekanligini aytib uni uydan haydab yuborishini aytib qoʻrqitib kelishini, u 
shartnoma koʻrsatilgan barcha yordamlarni berib boʻlganligini, shuningdek, hozirda 
javobgar uning roziligisiz uyga oʻz qizini doimiy roʻyxatga qoʻyganligini, javobgar 
unga uy hujjatlarini bermasligini bayon qilib, suddan umrbod ta’minlash sharti bilan 
uy-joyni boshqa shaxsga berish shartnomasini bekor qilishni soʻragan. 
Yuqoridagi misolda taraf umid qilgan manfaatdan mahrum
boʻlganligi uni shartnomani bekor qilish masalasini koʻtarishga sabab
boʻlgan.
Shartnoma tuzishda taraflar uchun asos boʻlgan vaziyatning jiddiy
oʻzgarishi, agar boshqacha tartib shartnomada nazarda tutilgan boʻlmasa
yoki uning mohiyatidan anglashilmasa, shartnomani oʻzgartirish yoki
bekor qilish uchun asos boʻladi. Ushbu norma dispozitiv xarakterag ega.


297


Vaziyatning taraflar oldindan koʻra bilganlarida shartnomani
umuman tuzmasliklari yoki ancha farq qiladigan shartlar bilan tuzishlari
mumkin boʻlgan darajada oʻzgarishi uning jiddiy oʻzgarishi hisoblanadi.
Binobarin vaziyatni jiddiy oʻzgarishi oʻziga xos favqulodda xarakterga ega
boʻladi.
Agar
taraflar
shartnomani
jiddiy
oʻzgargan
vaziyatga
muvofiqlashtirish yoki uni bekor qilish haqida kelisha olmagan boʻlsalar,
shartnoma manfaatdor tarafning talabi bilan sud tomonidan bekor qilinishi,
yuqorida nazarda tutilgan asoslarga koʻra esa – oʻzgartirilishi mumkin,
agar ayni vaqtda quyidagi shartlar mavjud boʻlsa:
1) shartnomani tuzish paytida taraflar vaziyatda bunday oʻzgarish
yuz bermaydi, deb hisoblagan boʻlsalar;
2) vaziyatning oʻzgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular paydo
boʻlganidan keyin manfaatdor taraf shartnomaning xususiyatiga va
muomala shartlariga koʻra oʻzidan talab qilinadigan darajada vijdoniylik
va ehtiyotkorlik qilgan boʻlishiga qaramay, bu sabablarni enga olmagan
boʻlsa;
3) shartnomani uning shartlarini oʻzgartirmasdan bajarish taraflar
mulkiy manfaatlarining shartnomaga mos keladigan nisbatini buzsa va
manfaatdor tarafga zarar yetkazsa, natijada ular shartnoma tuzishda umid
qilishga haqli boʻlgan narsadan koʻp darajada mahrum boʻlsalar;
4) ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan
vaziyatning oʻzgarishi xavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi
anglashilmasa.
Vaziyatning jiddiy oʻzgarishi oqibatida shartnoma bekor qilinganida
sud har qanday taraf talabi bilan shartnomani bekor qilish oqibatlarini
aniqlashda taraflarning ushbu shartnomani bajarish bilan bogʻliq
xarajatlarini ular oʻrtasida adolatli taqsimlash zarurligiga asoslanadi.
Vaziyatning jiddiy oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaning
oʻzgartirilishiga shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga zid
boʻlgan yoki taraflarga shartnomani sud tomonidan oʻzgartirilgan shartlar
asosida bajarish uchun talab qilinadigan xarajatlardan ancha ortiq zarar
keltiradigan favqulodda hollarda sud qarori bilan yoʻl qoʻyiladi.
Vaziyatni jiddiy oʻzgarishi munosabati bilan shartnomani oʻzgartirish
va bekor qilishni ba’zi huquqiy asoslari FKning tegishli normalarida oʻz
ifodasini topgan.
Masalan, FKning 506-moddasiga asosan, agar shartnoma tuzilgandan
soʻng hadya qiluvchining moddiy ahvoli jiddiy yomonlashgan boʻlsa, u
kelajakda hadya oluvchiga ashyoni yoki mulk huquqini berish yo


298


boʻlmasa, uni mulkiy majburiyatdan ozod etish va’da qilingan shartnomani
bajarishdan bosh tortishga haqli.
Bundan
tashqari
FKning
698-moddasida
buyurtmachining
majburiyatlari belgilangan boʻlib, ulardan biri kutilayotgan natijalarni olish
mumkin emasligi yoki ishlarni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi
aniqlangan taqdirda, bu haqda buyurtmachini darhol xabardor qilish
hisoblanadi. Buyurtmachi ushbu axborotni olgandan soʻng yo shartnomani
yangi shartlar asosida davom ettirish yoki bekor qilish huquqiga ega
boʻladi.
Shuningdek, FKning 949-moddasida vaziyatni jiddiy oʻzgarishi
munosabati bilan sugʻurta shartnomasini bekor qilish asoslari belgilangan.
Vaziyatni jiddiy oʻzgarishi agar FKning 383-moddasida nazarda
tutilgan holatlarga toʻliq mos kelsa, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
yoki tutilmaganligidan qat’i nazar shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki
bekor qilishga asos boʻladi.
Masalan, “Yogʻdu” firmasi an’anaviy lampochkalar ishlab chiqarish bilan 
shugʻullanadi va u uch yilga “Olim” firmasi bilan xom ashyo yetkazib berish haqida 
shartnoma tuzgan edi. Biroq, shartnomani muddatining ikkinchi yilida bozorga 
energiya tejamli arzon lampochkalar keng miqiyosda savdoga chiqdi. “Yogʻdu” 
firmasi mahsulotiga nisbatan talab yoʻqoldi. Bu holda vaziyat oʻzgarishi munosabati 
bilan shartnomani bekor qilish haqida talab bilan murojaat qilindi. Sud FKning 383-
moddasi asosida da’vo talabini qanoatlantirdi. 


Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə