Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə148/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Shartnomaning mazmuni 

Shartnomaning mazmunini uning bandlari (shartlari, rekvizitlari)


tashkil etadi. Amaldagi qonunchilikka koʻra, agar taraflar oʻrtasida
shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab


293


qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan boʻlsa, shartnoma tuzilgan
hisoblanadi.
Shartnoma shartlari (bandlari) muhim, odatdagi va tasodifiy
shartlarga boʻlinadi. Shartnomaning narsasi toʻgʻrisidagi shartlar qonun
hujjatlarida bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb
hisoblangan shartlar, shuningdek, taraflardan birining arizasiga koʻra
kelishib olinishi zarur boʻlgan hamma shartlar muhim shartlar hisoblanadi.
Ba’zi shartnomalar uchun xos muhim bandlar qonun bilan belgilanadi.
Shuningdek, muhim shartlari matnda oʻz ifodasini topishi shart.
Odatdagi shartlar muayyan majburiyatga oid munosabatni tartibga
soladigan dispozitiv normalar bilan belgilanadigan shartlar hisoblanadi.
Bunday shartlar odatdagidek nazarda tutiladi. Masalan, mulk ijarasi
shartnomasida mulkni mayda (joriy) ta’mirlash shart qilib koʻrsatilsa ham,
koʻrsatilmasa ham boʻladi, chunki bu shart toʻgʻrisida qonunchilikda
(dipozitiv xarakterdagi) koʻrsatma berilgan. Odatdagi shartlar matnda
koʻrsatilishi shart emas.
Tasodifiy shartlar umumiy huquq me’yorlari bilan tartibga
solinmagan masalalar boʻyicha oʻzaro kelishuv boʻlib koʻriladi.
Chunonchi, ijaraga olingan mulkni ta’mirlash muddati toʻgʻrisidagi masala
tasodifiy shartlardan biri hisoblanadi. Bunday shart matnda koʻrsatilishi
shart.
Shartnomada uning ayrim shartlari tegishli turdagi shartnomalar
uchun ishlab chiqilgan namunaviy shartlar bilan belgilanishi nazarda
tutilishi mumkin. Shartnomada namunaviy shartlarga havola qilinmagan
hollarda, bunday namunaviy shartlar taraflarning munosabatlariga ish
muomalasi odatlari sifatida qoʻllaniladi (FK 359-modda).
Ijro etish jarayonida shartnomani shartlarining mazmuni boʻyicha
taraflarda turlicha yondashuvlar, turlicha talqin qilishlar vujudga kelishi
mumkin. FKning 363-moddasida shartnomani sharhlash masalalari oʻz
ifodasini topgan. Unga asosan, sud shartnoma shartlarini sharhlashda
undagi soʻz va iboralarning asl ma’nosini e’tiborga oladi. Shartnomaning
sharti aniq boʻlmasa, uning asl ma’nosi uni boshqa shartlarga va butun
shartnomaning ma’nosiga taqqoslash yoʻli bilan aniqlanadi.
Agar yuqorida bayon etilgan qoidalar shartnomaning mazmunini
aniqlash imkonini bermasa, taraflarning haqiqiy umumiy xohish-irodasi
shartnomaning maqsadini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak. Bunda
barcha tegishli holatlar, shu jumladan shartnoma tuzish oldidan olib


294


borilgan muzokaralar va yozishmalar, taraflarning oʻzaro munosabatlarida
qaror topgan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning keyinchalik
oʻzlarini qanday tutganligi e’tiborga olinadi.



Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə