Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017


Servitut (lotincha “servire” – xizmat koʻrsatish) – oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi. Shartli bitim



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə10/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Servitut (lotincha “servire” – xizmat koʻrsatish) – oʻzganing yer
uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi.
Shartli bitim – taraflar oʻrtasida tuziladigan bitimning amalga
oshirilishi yoki bekor boʻlishi, biror-bir shartga bogʻlab qoʻyilishidir.
Shartnoma – ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va
burchlarini vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi
kelishuvi.
Shoʻba xoʻjalik jamiyati – bir (asosiy) xoʻjalik jamiyati yoki
shirkati ikkinchi xoʻjalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik
mavqeiga ega boʻlgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular oʻrtasida
tuzilgan shartnomaga muvofiq yo boʻlmasa boshqacha tarzda ikkinchi
xoʻjalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish
imkoniga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyati.


12


Subyektiv huquq – muayyan huquqiy munosabatda qatnashuvchi
shaxsga tegishli huquqdir.
Subsidiar javobgarlik – qonun hujjatlari yoki majburiyat shartlariga
muvofiq asosiy qarzdor boʻlgan boshqa shaxsning javobgarligiga
qoʻshimcha ravishda javobgarlik.
Tijorat vakilligi – bir shaxsning tadbirkorlar shartnomalar
tuzayotganida ikkinchi shaxs nomidan doimo va mustaqil suratda vakillik
qilishi.
Turar joy – fuqarolarning doimiy yashashiga moʻljallangan,
belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob
beradigan, shuningdek, belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar,
vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar
uchun internat uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus
maqsadli uylar) sifatida foydalanishga moʻljallangan joylar deb
hisoblanadi.
Uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnomataraflar qarzdor
ijroni kreditorga emas, balki shartnomada koʻrsatilgan yoki
koʻrsatilmagan, qarzdordan majburiyatni oʻz foydasiga bajarishni talab
qilish huquqiga ega boʻlgan uchinchi shaxsga bajarishi majbur deb
belgilab qoʻygan shartnoma.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə