Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017


Majburiyatning davlat organi hujjati asosida bekor boʻlishi



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə143/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Majburiyatning davlat organi hujjati asosida bekor boʻlishi 

FKning 350-moddasiga asosan agar davlat organining hujjati chiqishi


natijasida majburiyatni bajarish toʻliq yoki qisman mumkin boʻlmay qolsa,
majburiyat toʻliq yoki uning tegishli qismi bekor boʻladi. Masalan,
Oʻzbekistondagi mis kombinati xorijdagi korxonaga mis yetkazib berish
haqidagi shartnoma boʻyicha majburiyatga ega boʻlishi mumkin. Bordi-yu,
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati xorijga mis eksport qilishni cheklash
haqida qaror qabul qilguday boʻlsa, ushbu majburiyat bekor boʻladi.
Buning natijasida zarar koʻrgan taraflar uni toʻlashni talab qilishga haqli
emasdirlar.
Davlat organining majburiyat bekor boʻlishiga asos boʻlgan hujjati
belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilganda, agar taraflarning
kelishuvida yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib kelib
chiqmasa va majburiyatni bajarish kreditor uchun oʻz ahamiyatini
yoʻqotmagan boʻlsa, majburiyat tiklanadi.

Fuqaroning vafot etishi yoki yuridik shaxsning tugatilishi sababli 
majburiyatning bekor boʻlishi 


284

Majburiyat ishtirokchisi boʻlgan fuqaro vafot etishi tufayli
majburiyatlar barcha hollarda ham tugatilmaydi, chunki qonun bilan
belgilangan ba’zi hollarda marhumning huquq va burchlari uning
vorislariga oʻtadi. Jumladan, merosni qabul qilgan voris meros
qoldiruvchining qarzlari yuzasidan oʻziga oʻtgan meros mulkining haqiqiy
qiymati doirasida javobgar boʻladi. Meros mulki vorislar boʻlmagani
uchun davlatga oʻtgan boʻlsa, davlat ham shu tartibda marhumning qarzlari
uchun javob beradi.
Agar majburiyatni qarzdorning shaxsiy ishtirokisiz bajarish mumkin
boʻlmasa yoki majburiyat boshqacha tarzda qarzdorning shaxsi bilan
chambarchas bogʻliq boʻlsa, qarzdor vafot etishi bilan bekor boʻladi (FK
351-modda). Chunonchi, vakil vafot etsa, u tomondan olingan majburiyat
ham bekor qilinadi, chunki vakillik shaxsiy ishonchga asoslanib
belgilangan huquqiy munosabat hisoblanadi. Agar majburiyatni bajarish
shaxsan kreditor uchun moʻljallangan yoki majburiyat boshqacha tarzda
kreditorning shaxsi bilan bogʻliq boʻlsa, kreditor vafot etishi bilan
majburiyat bekor boʻladi. Chunonchi, sogʻligʻiga shikast yetkazganligi
tufayli zarar haqini olib turgan fuqaroning vafot etishi bilan unga nisbatan
belgilangan majburiyatlar ham bekor boʻladi va hokazo.
Majburiyat qarzdor yoki kreditor boʻlgan yuridik shaxs tugatilishi
bilan ham agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan
boʻlsa bekor boʻladi. Yuridik shaxslarni tugatilishi hamma vaqt ham
majburiyatlarni bekor boʻlishiga olib kelmaydi
. Masalan, MChJ, AJlarda 
muassislar qoʻshgan xissasi doirasida javobgar boʻlishi belgilangan va ularda 
majburiyatlar jamiyat tugatilishi bilan bekor boʻladi. 
Ba’zi hollarda ayrim yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlarida yoki
qonun hujjatlarida yuridik shaxs tugatilgandan soʻng uning huquq va
majburiyatlari mulkdori, ishtirokchisi yoki ta’sischisiga oʻtishi belgilanishi
mumkin
. Masalan xususiy korxona, fermer xoʻjaligi, toʻliq shirkat, qoʻshimcha 
mas’uliyatli jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, davlat muassasalarida uning 
huquq va majburiyatlari mazkur korxona muassislari zimmasiga oʻtishi mumkin. 
Yuridik shaxs bankrot boʻlgani sababli tugatilganda, uning
majburiyatlari bekor boʻladi. Ayrim majburiyatlar, masalan, yuridik shaxs
fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazgani uchun toʻlovlar
boʻyicha majburiyatda qarzdor boʻlsa, bekor boʻlmaydi. Bunda FKning
247-moddasiga
va
bankrotlik
haqidagi
qonunchilikka
asosan
tugatilayotgan yuridik shaxs mablagʻlari kapitallashtirilib qoʻyiladi va
majburiyatning ijrosi boshqa shaxs zimmasiga yuklanadi.


285


Yuqorida koʻrsatilgan usullar majburiyatni bekor qiladigan umumiy
asoslar boʻlib, ba’zi hollarda majburiyatlar boshqa asoslarda ham bekor
boʻlishi mumkin.


Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə