Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə146/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

zavodi bilan muayyan miqdordagi, shart qilingan nav va markali poʻlatni yetkazib 
berish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Bu yerda taraflar oʻzaro kelishuvlarining 
bevosita natijasi metallurgiya zavodi tomonidan mashinasozlik zavodiga shartnoma 
bilan belgilangan muddatlarda va muayyan shartlarga binoan ma’lum miqdorda 
poʻlat yetkazib berish hisoblanadi. Shartnomaning maqsadi esa har ikki taraf uchun 
umumiy boʻlib, taraflarning har qaysisi shartnomaning barcha koʻrsatkichlarini 
bajarishdan, pirovardida foyda (daromad) olishdan iborat boʻladi. Binobarin, har 
ikki taraf ham shartnomani lozim darajada bajarishni oʻzlarining burchlari deb 
biladilar.

Fuqarolik-huquqiy shartnoma, asosan, mulkiy munosabatlarni


rasmiylashtirish uchun tuziladi. Ba’zi hollarda shartnoma shaxsiy-
nomulkiy huquq va majburiyatlarni ham rasmiylashtiradi. Bu adabiyot, fan
va san’at asarlarini yaratish sohasidagi ijodiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan
shartnomalar,
chunonchi,
nashriyot
shartnomasi,
sahna
asari,
kinosstenariyalar va boshqa shartnomalar uchun xarakterlidir.
Bunday
shartnomalar
taraflarning
mulkiy
huquqlari
va
burchlarinigina, chunonchi, mualliflik haqi toʻgʻrisidagi shartlarni,
muddatlarni buzganlik uchun javobgarliknigina belgilamay, balki shaxsiy-
nomulkiy huquqlarni ham, masalan, muallif oʻz asarida nomini koʻrsatib
yoki anonim tarzda chiqarishi, asari matniga oʻzgartirish kiritishga ruxsat
berish-bermaslik singari nomulkiy huquqlarni ham belgilaydi.

Shartnomalarning turlari 

Shartnoma unda ishtirok etayotgan taraflar oʻrtasida huquq va


majburiyatlarning oʻzaro taqsimlanishiga qarab bir tomonlama, ikki 
tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalarga boʻlinadi.
Bir tomonlama shartnomada ishtirok etayotgan taraflarning birida
faqat huquq boʻlib, hech qanday majburiyat boʻlmaydi, ikkinchi tarafda
esa faqat majburiyat boʻladi
. Masalan, qarz shartnomasida qarzdor olgan pul 
summasini oʻz vaqtida qarz beruvchiga toʻlash majburiyatiga va kreditor esa uni 
talab qilish huquqiga ega.

Ikki tomonlama shartnomada esa har ikki taraf ham mustaqil huquq


va majburiyatga ega boʻladi. Bunday shartnomaga oldi-sotdi shartnomasini
misol qilib keltirish mumkin. Bu shartnoma boʻyicha sotuvchi sotilgan
ashyoning haqini talab qilish huquqiga ega boʻlib, sotilgan ashyoni


290


oluvchiga topshirishga majbur, oluvchi esa –olayotgan ashyoning bahosini
toʻlashi zarur boʻlib, sotib olingan ashyoni talab qilib olishga haqli.
Fuqarolik muomalasida tuziladigan shartnomalarning koʻpchiligi ikki
tomonlama, (ya’ni yuqorida koʻrsatilgan oldi-sotdi shartnomasi kabi)
shartnomalardan iborat boʻladi.
Koʻp tomonlama shartnomalar ham mavjud boʻlib, unda taraflar uch
va undan ortiq boʻladi. Bunday shartlarda bir paytning oʻzida har bir
tarafda muayyan huquq va majburiyatlar boʻlishi xarakterlidir. Masalan,
franshizing, lizing shartnomalari.
Shartnomalar haq baravariga va tekinga tuziladigan shartnomalarga
boʻlinadi. Haq baravariga tuziladigan shartnomalar bir taraf topshirgan
mulki, qilgan xizmati evaziga pul yoki mulk bilan haq oladi. Masalan, bir
taraf vaqtinchalik foydalanish uchun mulkni ijaraga oluvchi undan
foydalangani uchun ijara haqi toʻlashga majbur boʻladi. Bunday haq
baravariga tuziladigan shartnomalarga oldi-sotdi, mahsulot yetkazib
berish, ayirboshlash, pudrat va boshqa koʻplab shartnomalarni misol qilib
koʻrsatish mumkin. Agar qonun hujjatlaridan boshqacha qoida kelib
chiqmasa,
shartnomaning
mazmun-mohiyatidan
oʻzgacha
hol
anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma deb hisoblanadi.
Tekinga tuziladigan shartnomada esa bir taraf boshqa bir taraf
foydasiga haq olmay, biror-bir mulkni topshirish, biror ishni bajarishi
mumkin. Masalan, hadya shartnomasi boʻyicha mulk egasi oʻz mulkini
boshqa bir shaxsga tekinga beradi. Tekin foydalanish, foizsiz qarz
shartnomalari ham bepul tuziladigan shartnomalarga kiradi.
Shartnomalar tuzilish paytiga va mazmuniga qarab konsensual va
real shartnomalarga boʻlinadi.

Konsensual shartnomalarda huquq va majburiyatlar taraflarning


kelishuvlari asosida qonun talab qilgan shaklda rasmiylashtirganlari
zahoti tuzilgan hisoblanadi va taraflarda huquq va majburiyatlar
vujudga keltiradi. Shu paytdan boshlab taraflar shartnoma ijrosini bir-
biridan
talab
qilishga
haqli.
“Konsensual”
soʻzi
lotincha
“konsensus”soʻzidan olingan boʻlib, “kelishuv” ma’nosini bildiradi.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə