83
bo‘lib, u qurtning beshinchi yoshining
ikkinchi yarmida va pilla
o‘rash oldidan tarqaladi. Bu kasal bilan kasal langan qurtlar to‘satdan
barg yeyishdan qoladi va so‘kichakning atrofiga chiqib,
harakatdan
to‘xtaydi.
Liqqoq (chaxlost) kasali qurt boqish qoidalariga to‘la amal
qilinmaganda va beshinchi yoshda paydo bo‘ladi. Bu kasalga yo‘liqqan
qurtlar bargni oz yeydi, nimjon bo‘lib, terisi burishib qoladi. Kasallangan
qurtlar pilla o‘rashi mumkin, lekin ularning pillasi mayda va puch
bo‘ladi.
Kasalliklarga qarshi kurash choralaridan biri urug‘ni faqat sog‘lom
kapalakdan olish, shu bilan birga qurtxona hamda asbob-uskunalarni
dezinfeksiyalash, qurt boqish davrida
sanitariya va agrotexnika
qoidalariga qat’iy amal qilishdan iborat.
Kasallangan qurtlar tezda yo‘qotilishi va qurtxona 2 % li
monoxloraminga ammiak selitra qo‘shib (baravar miqdorda) dezinfeksiya
qilinishi tavsiya etiladi. Qurt boqishni boshlashdan oldin qurtxonalar
ta’mirlanib, devorlari toza o‘ldirilmagan ohak
bilan tekis qilib oqlab
chiqiladi. Xonaning hamma joyi 3—4 % farmalin bilan dezinfeksiya
qilingandan keyin, xona 48 soat davomida
havo kirmaydigan qilib
bekiladi. Shundan keyin xona yaxshilab shamollatiladi.
Har bir zot qurt o‘ragan o‘ziga xos shakli, rangi, hajmi va ipagining
chiqishligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Bundan tashqari, ipak qurti qanday sharoitda
tarbiya qilinmasin
baribir pillasining orasida ma’lum miqdorda nuqsonli pillalar ham bo‘ladi.
Lekin ipak qurti boqish texnikasi qanchalik sifatsiz o‘tkazilsa, shuncha
nuqsonli pilla ko‘payadi.
Nuqsonli pillalar xarakteri va o‘lchamlariga hamda keyingi texnologik
jarayondagi ishlanishiga qarab pasaytirilgan navlarga baholanadi yoki
nuqsonli deb topiladi.
Quyida eng ko‘p uchraydigan pilla nuqsonlari tavsiflari va ularning
2.4-rasm. Pillaning tuzilishlari:
1 — sharsimon; 2 — ellipsli bo‘g‘imsiz; 3 — ellipsli bo‘g‘imli; 4 — ellipsli yaqqol
bo‘g‘imli; 5 — silindrsimon cho‘zinchoq; 6, 7 — o‘tkir uchli.
1
2
3
4
5
84
paydo bo‘lish sabablarini ko‘rib chiqamiz (2.5-rasm).
Noto‘g‘ri shakldagi pillalar (ayniqsa xunuk va nayzali) dan olingan ipak
tolasi ko‘p tugunli va sifati past bo‘ladi, juda o‘tkir nayzali pillalardan ipak
tortilganda ular qutbdan teshiladi, shuning uchun ular suvga cho‘kib
ketadi va ipak tortib bo‘lmaydi.
Dukurma pilla — bir qurtdan o‘ralmay, ikki-uchta qurtlarning bitta
pilla o‘rashdan hosil bo‘lgan pilla. Pillaning hajmi oddiy pillaning hajmiga
qaraganda katta, qattiq va sharsimon bo‘ladi.
Qurti g‘umbakka aylanmagan pilla — bunday pishib yetilmagan
pillalar ularning barvaqt terilishidan yoinki qurtlarning g‘umbak larga
aylanishidan oldin terilganligidan hosil bo‘ladi.
Atlasli pilla qobig‘ining donadorligi yaxshi ajralib turmaydi va biroz
yaltiroq tovlanadi. Bu xil pillaning tolalari bir-biriga yaxshi yopishmagan
bo‘ladi.
Oq pachoq pilla boshqa pillalardan o‘z qobig‘ining yupqa bo‘lishi bilan
ajraladi. Qobig‘i yupqa bo‘lganligidan tez pachoq bo‘lishi mumkin.
Oq pachoq pilla paydo bo‘lishi sababi, qurtning ayniqsa oxirgi yoshda
ovqatga yaxshi to‘ymasligidir.
Qora pachoq pillalar ko‘pincha kasal qurtlar o‘ragan pilladan paydo
bo‘ladi, ayniqsa, qorason bilan kasallangan qurt pilla o‘rab bo‘lib,
g‘umbakka aylanmay o‘ladi va chiriydi.
Go‘ng pillalar qobig‘ining ichki devorlariga chirigan qurtning yoki
g‘umbakning yopishishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu pillalarni shiqillatilsa,
odatdagi ovozni bermaydi.
Usti dog‘ pilla qora pachoq pillalar boshqa
ifloslangan pillalarga
tegishi natijasida hosil bo‘ladi. Pilla dog‘larini o‘lchamlariga qarab bu
pillalar navi past yoki nuqsonli pillalarga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: