M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

3.8. KANOPNI SOVUQ SUVDA IVITISH
Kanoppoya qadim zamonlardan beri asosan sovuq suvda ivitiladi. Bu 
usul juda oddiy bo‘lishi bilan birga, ko‘p mablag‘ talab qilmaydi. Kanopni 
ivitish uchun zavod hududidagi tabiiy hovuzlar, chuqurlar, ko‘llardan 
foydalanish mumkin.
Ivitish hovuzlarining shakli har xil bo‘lishi mumkin. Ba’zi zavodlarda 
yangi ivitish hovuzlari 3.4-rasmda ko‘rsatilgan shaklda ishlangan.
Bunday hovuzlarga bir tomonidan toza suv kirib, ishlangan suv 
boshqa tomonidan chiqib turadi. Hovuzlarda ivitish suyuqligi shu 
tarzda almashinadi. Ba’zi zavodlarda ishlangan suyuqlikdan ezish-
titish mashinasidan chiqqan chiqindilarni oqizib olib ketish uchun 
foydalaniladi. Ivitish suyuqligining kislotaliligini me’yorli ushlab turish 
uchun ivitish hovuziga 50—100 l/s suvni doimo kir gizib-chiqarib turish 
yetarlidir. Agar ivitish hovuziga suv vaqti-vaqti bilan quyib turiladigan 
bo‘lsa, suv mavsumda 2—3 martagina almashtiriladi. Mavsum mobaynida 
suvning harorati o‘zgarib turadi. Shuning uchun ivish muddati ham 
o‘zgaradi. Bu usulda kanop O‘zbekiston rayonlarida: mart oyida — 30, 
aprelda — 28, mayda — 25, iyunda — 22, iyulda — 18, avgustda — 20, 
sentabr da — 22 va oktabr oyida 30 — kunda ivib tayyor bo‘ladi. O‘rtacha 
ivish muddati 25 kun hisoblanadi.
3.9. KANOP PO‘STLOG‘INI ISSIQ SUVDA IVITISH


112
SNIIL ilmiy xodimlari po‘stloqni issiq suvda ivitish hamda samarali 
rejimlar ishlab chiqarish ustida ko‘p yillardan beri ish olib bormoqdalar. 
Olib borilgan ilmiy ishlar hamda kanop zavod larida o‘tkazilgan tajribalar 
shuni ko‘rsatadiki, po‘stloq issiq suv bilan maxsus baklarda ivitilganda 
ivish jarayoni bir tekis borib, ivish muddati ancha qisqarar ekan. Shu 
bilan birga uzun tola ko‘proq chiqib, sifati yaxshilanadi. So‘nggi yillarda 
kanop zavod larida ko‘k po‘stloqning ancha, qismi issiq suvda ivitiladigan 
bo‘ldi. Shu maqsadda zavodlarda usti yopiq maxsus ivitish sexlari qurildi. 
Sex ichiga 2—4 qator baklar o‘rnatilgan. Baklar soni har smenada ezish-
titish mashinasini ivitilgan po‘stloq bilan ta’minlab turish uchun yetarli 
qilib olinadi.
SNIIL po‘stloqni osilgan holatda ivitish usulini ishlab chiqdi (3.5-
rasm). Po‘stloqni bakka joylashdan oldin uni dorga osib, so‘ngra uni 
telfer yordamida bakka joylashtiriladi. Dor 75 mm yo‘g‘onlikdagi po‘lat 
quvurdan yasalgan bo‘lib, qo‘shimcha sterjenlar bilan mahkamlanadi 
Uning uzunligi ivitish bakining eniga bog‘liq. Quvurning ikki uchiga tik 
qilib burchaklik payvand lab ulanadi. Burchaklik uchiga esa ularga tik 
qilib, tayanch plastinka ulanadi. Katta bog‘ po‘stloqdan 5—6 tasini polga 
qator terib, ustiga telfer yordamida dor qo‘yiladi. Katta bog‘ simlar yoki 
ilgaklar yordamida dor quvuriga bog‘lanadi. So‘ngra telfer yordamida 
po‘stloq bilan dorni ko‘tarib, bak ustiga olib boriladi va bakka tushiriladi. 
Dorning tayanch plastinkasi ilgak yordamida bak chetidagi chiqqan 
joyiga mahkamlanadi. Shu tarzda bak po‘stloqqa to‘ldiriladi. Bakdagi 
po‘stloqning zichligi 70 kg/m. Bu usulda po‘stloq dorga mahkam bog‘lab 
qo‘yilgani uchun suv qo‘yilganda yuqoriga ko‘tarilib ketmaydi hamda 
ivigandan so‘ng bakning tagiga cho‘kmaydi. Shuning uchun bu usulda 
po‘stloq bir tekis iviydi, issiq suv po‘stloqning hamma joyiga bir tekis 
tarqaladi. Ivitish suyuqligining kislotaliligi bir xil bo‘ladi.
Kanop po‘stlog‘ini issiq suvda ivitishda quyidagi suv rejimi belgilanadi: 
bakka po‘stloqni joylab suv quyilgandan 12 soat o‘tgach, bak hajmining 
0,5—0,75 qismiga qadar ivitish suyuqligi kanalizatsiyaga tushirib 
yuborilib almashtiriladi. Ivitish suyuqligini bundan keyingi almashtirish 
suyuqlikning kislotaliligiga qarab o‘zgartirib boriladi (ivitish suyuqligining 
kislotaliligi 2,5 sm 0,01 i NaOH eritmasidan oshmasligi kerak). Po‘stloqni 
ivitishning dastlabki kunlarida ivitish suyuqligidagi kislota ivitish 
jarayonining oxiriga nisbatan tuz hosil qilgani uchun suv ko‘proq 
almashtiriladi. Agar ivitish boshlarida bir kecha-kunduzda 0,5—0,75 bak 
hajmidagi suv almashtirilsa, jarayon oxirlarida 0,15—0,2 bak hajmidagi suv 
almashtiriladi. Agar po‘stloq bakka dorlar yordamida emas, balki oddiy 


113
usulda joylangan bo‘lsa, po‘stloqning zichligi oshib, ivishni sekinlashtiradi, 
bunda bak tagidagi teshikli quvur lardan suv to‘xtovsiz berilib, ortiqcha 
suvni bak ustidagi quvur orqali chiqarib turiladi, shunda ivitish yanada 
yaxshi boradi. Kanop po‘st log‘i issiq suvda ivitilganda suvning oxirgi 
moduli 40—50 ga teng bo‘lib, ivitish suyuqligining haroratini ivitish 
boshidan to oxirigacha 36—38° atrofida ushlab turish kerak. Shunda 
po‘stloq 8—10 kecha-kunduzga ivib, tayyor bo‘ladi. Agar issiqlik o‘zgarib 
tursa, ivish muddati ham o‘zgaradi. Ivitishni tezlatish uchun yuqorida 
aytib o‘tilgan usullardan foydalanish mumkin. Agar po‘stloq osongina 
ayrim tolalarga ajralsa, ajratilgan tola tur holatiga kelsa va u toza yuvilsa, 
po‘stloq ivib tayyor bo‘lgan hisoblanadi. Yaxshi ivilgan po‘stloqni 
yuvganda undagi shilliq moddalar tez ajraladi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə