M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

3.3. KANOPNI TAYYORLASH VA SAQLASH.
ZAVODNING XOMASHYO SAQLASH OMBORI
Zavodga poya va po‘stloq, odatda, avgust, sentabr, oktabr, qis-
man noyabr oylarida keltiriladi va ular bir qancha oylab, ishlashga 
yuborilguncha maxsus omborlarda saqlanadi. Xomashyo ni saqlashda 
ma’lum qoidalarga e’tibor berilmasa, ular chi riydi va tolaning xususiyati 
buziladi. Shuning uchun xomashyoni saqlash usulini to‘g‘ri tanlash 
muhim ahamiyatga ega.
Kanop zavodlarida poya yoki po‘stloq ikki usul bilan: ustki yopiq 
shiyponlarda (shoka) va ochiq joyda saqlanishi mumkin.
Xomashyoni usti yopiq joyda saqlash uchun uzunligi 64 m, eni 16 m 
va balandligi 8 m bo‘lgan atrofi ochiq, lekin usti yopiq shiypondan 
foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday shiyponda 400—500 t 
gacha po‘stloq yoki poya saqlash mumkin. Undan tashqari, hozir 
zig‘irpoya zavodlarida katta o‘lchamli temir-beton shiyponlar keng 
qo‘llanilmoqda. 144½24½8,4 m o‘lchamli shiyponga 2500 t, 90½30½6,5 m 
o‘lchamli shiyponga esa 1500 t xomashyo joylanadi. Bunday shiyponlar 
ko‘pga chidaydi, mahsulot sifatli saqlanadi, xomashyo omborining 
maydoni birmuncha qisqaradi, ularni tashishda mexani zatsiya lashtirishga 
imkon tug‘iladi. Kanop zavodlari yil bo‘yi ishlashni yo‘lga qo‘yishga 


102
o‘tishi munosabati bilan shiyponlar juda ham zarur, chunki yog‘in-
sochinli davrlarda usti ochiq joylardagi po‘stloqlarni tashish qiyin. Undan 
tashqari, usti ochilib qolgan kanop yomg‘irda qolib ketishi hamda uning 
sifati buzilishi mumkin. Shuning uchun kanop zavodlarida kamida 2 ta 
shiypon bo‘lishi zarur.
Usti ochiq joyda xomashyo, odatda, g‘aram qilib saqlanadi. Bunday 
saqlash usuli ko‘p yillik tajribalar asosida mukammal lashtirildi. Bu usul 
juda oddiy bo‘lib, uncha ko‘p mablag‘ sarflan maydi. O‘zbekiston iqlimi 
uchun bu usul ancha samarali hisoblanadi. Ilgarilari uzunligi 20 m, 
eni va balandligi 8 m g‘aram lar bo‘lardi; shunday g‘aramga 80—100 t 
gacha poya ketardi. Hozir g‘aramning eni va uzunligi kattalashtirilgan 
(32½10½8 m), natijada g‘aramga ko‘p xomashyo ketadi. g‘aramning 
eni janubdan shimolga qaratib joylashtiriladi. Bunda yog‘ingarchilik 
natijasida g‘aramning ivigan qismlari yomg‘irdan so‘ng quyosh nurida 
bir xil quriydi. Ba’zan, g‘aramni joylashtirishda shamol esadigan tomon 
ham hisobga olinadi. g‘aramning yon tomoni shamol esadigan tomonga 
qaragan bo‘lishi kerak. Shunda xomashyo yaxshi quriydi va yaxshi 
shamollaydi.
Xomashyoni g‘aramlashdan oldin har bir g‘aram uchun maxsus 
maydoncha tayyorlash kerak. G‘aramning ost qismidagi poyalarni 
namlanish va chirishdan saqlash uchun g‘aramning supachasi yerdan 
kamida 30 sm ko‘tarilib, atrofiga suv ketadigan 20—30 sm kenglikda 
ariqchalar qilinadi. G‘aramlar yong‘in xavfsizligi qoidalariga asosan guruh-
guruh qilib joylashtiriladi, har qaysi guruhda 4 uya bo‘lib, 4 g‘aram bir 
uyani tashkil qiladi. Uyadagi g‘aramlarning eni tomonidan oralig‘i 15 m 
ga, uzunligi tomonidan esa 30 m ga teng bo‘ladi.
Guruhdagi ikki uya g‘aramlari oralig‘i — 40 m, guruhlar oralig‘i esa — 
60 m, hamma zavod territoriyasi kamida balandligi 1,8 m li devor bilan 
o‘ralgan bo‘lishi kerak. Xomashyo qo‘yilgan joydan o‘ralgan chegaragacha 
masofa 10 m bo‘lishi kerak, shox va g‘aramlar titish-yuvish mashinalari 
o‘rnatilgan sexlardan 50 m uzoqlikda joylashishi kerak.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə