M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

2.7. PILLAKASHLIK AVTOMATLARI
Pillakashlik jarayoni avtomatlashtirilgan. Pillakashlik jarayonida 
qo‘l mehnati kuchini kamaytirish va bu jarayonni avtomatlashtirish 
maqsadida hozirgi paytda respublikamizdagi pillakashlik fabri kalarida 
pillakashlik avtomatidan keng foydalanilmoqda. Respub likamizda 
pillachilik sanoatining rivojlanishi bilan birga likda chet el texnologiyalari 
ham kirib kelmoqda (2.10-rasm).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 
2.9-rasm. KMS—10 rusumli pillakashlik mashinasi.


93
(09.04.99-yil 165) «Buxoro ipagi» O‘zbekiston-Xitoy (Xuashen-Buxara SO 
LTD) qo‘shma korxonasiga asos solindi. Korxonaning quvvati — 217,56 
tonna xom ipak tayyor mahsulot.
Texnologik jarayonlarning ketma-ketligi quyidagi tartibda:
— xomashyo ombori (navlarga ajratilmagan pilla);
— pillalarning ustki qobig‘ini shilib olish va kalibrlash;
— pillalarni navlarga ajratish;
— navlarga ajratilgan pillalarni omborlarga joylashtirish va hisobini 
olish;
— pillalarni bug‘lash;
— pillalarni chuvishga tayyorlash, ipaklarning uchini topish;
— pillalarni bo‘ktirish;
— uchi topilgan yakka ipaklarni qo‘shib kalava holiga keltirish;
— xom ipakni ma’lum bir haroratda saqlash;
— xom ipak sifatini nazorat qilish, yig‘ishtirish va toylarga 
zichlash;
xom ipakni omborlarga joylash;
— pillakashlik jarayonlaridan ajratilgan chiqindilarni qayta ishlash;
— chiqindilarni toylash va chiqindi omborida saqlash.
Pillakashlik jarayonida KMS—10 pilla chuvish mashinalari o‘rnida 
KM—90 rusumli pillakashlik avtomatlari o‘rnatilgan. Bu pillakashlik 
avtomatlari 90-yillarda ishlab chiqarilgan.
KM—90 atvomatida navlashtirilgan, ya’ni mayda, o‘rta va katta kalibrli 
pilla chuviladi.
Ishlab chiqariladigan xom ipakning chiziqli zichligi 429, 310, 294.
Har bitta tutgich qarshisiga o‘rnatilgan va seksiyaga bo‘lingan tos 
(1) ga bug‘lash uchun pillalar solinadi. Har bir tosning old tomonida 
maxsus ta’minlash vilkasi (2) o‘rnatilgan bo‘lib, kerak paytda tutgichka 
pillalarni tashlab turadi. Chiviq (3) vilka (4) bilan birga ishlab, topilgan 
ipak uchlarini tutgich (5) diskaga beradi. O‘rovchi moslama (9) o‘nta 
tutgichni ta’minlaydi. Mashi nadagi nazorat apparati xom ipakning 
yo‘g‘onligi bir xilda bo‘lishini avtomatik ravishda ta’minlab turadi. Agar 
yakka ipaklardan birortasi uzilib qolsa, chuvilayotgan xom ipak ingichka 
bo‘lib qolishi natijasida yo‘naltiruvchi (7) ga o‘rnatilgan yuk (6) ta’sirida 
xom ipak ko‘p cho‘ziladi, natijada richag burilib, elektr kontaktni ber kitadi. 
Sekin aylanib turgan valik (9) ga tos seksiyasidagi hamma pillalarning 
topilgan uchini mahkamlab o‘rab qo‘yiladi.
Termoregulator tosdagi va uning old qismidagi suvning harorati 
doimo bir xil turishiga yordam beradi. Uzilgan ipaklar va cho‘kkan pillalar 
avtomatik ravishda panjara (2) orqali tushib ketadi. Pillakashlik avtomatida 


94
boshlang‘ich ulash ham xuddi oddiy pillakashlik mashinasining ulash 
usuliga o‘xshaydi. Odatda, tosga 60—70 dona pilla tashlab qo‘yiladi. 
Pilla ipaklarining uchlari taranglovchi valikka mahkam o‘rab qo‘yiladi, 
so‘ngra mashina yurg‘izib yuboriladi. Agar tutgich ostidagi ipak uzilsa yoki 
chuvalib tamom bo‘lsa, tutgich ostidagi nazorat apparati kontaktni ulaydi 
va ta’minlovchini yurgizib yuboradi. Ta’minlovchi chiviq (3) tos seksiyasi 
kanalidan bitta pillani val ustidan tutgich ostiga tashlaydi. Shu bilan 
birga, val pillaning uchini tutgichga olib kelib, uni umumiy xom ipakka 
ulab yuboradi. Chiqayotgan xom ipakning yo‘g‘onligi me’yorli bo‘lgandan 
so‘ng, nazorat apparati va ta’minlovchi to‘xtatiladi. Avtomatik agregatda 
ishlanadigan pillalar konveyeri bug‘lash mashinasida bug‘lanadi.
Nazorat savollari
1. Ipak gazlama sanoati haqida ma’lumot bering.
2. Ipakning turlari va ulardan foydalanish.
3. Pilla qurtining rivojlanish davrini ta’riflab bering.
4. Pillaning hosil bo‘lish davrlari.
5. Ipak qurtidan urug‘ olish jarayonini ta’riflang.
6. Ipak qurtining qanday zararkunandalarini bilasiz?
7. Ipak qurtining kasalliklari.
8. Pillaning qanday nuqsonlarini bilasiz?
9. Pillaning tuzilishi va geometrik ko‘rsatkichlari?
10. Ipak tolasining raqami (ingichkaligi) qanday aniqlanadi?
11. Ipak tolasining uzayishi nima?
12. Ipak tolasining uzilgunga qadarli uzunligi qanday aniqlanadi?
13. Tabiiy ipakning kimyoviy xususiyatini ta’riflab bering.
14. Pillakashlik nima?
15. Pillalarni pasportlashtirish qanday amalga oshiriladi?
16. UK—1 rusumli mashinaning afzalligini ta’riflang.
17. KMS—10 rusumli pillakashlik mashinasining vazifasi va asosiy ishchi 
qismlari.
18. Chuvilayotgan pillalarning soni «P» qanday aniqlanadi?
19. «Buxoro ipagi» qo‘shma korxonasining texnologik jarayoni qanday?
20. KM—90 pillakashlik avtomatining tuzilishi va vazifasi.


95

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə