M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent


PILLALARNI TAYYORLASH VA PILLAKASHLIK



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

2.6. PILLALARNI TAYYORLASH VA PILLAKASHLIK
Pilla o‘ralgandan, dimlangandan va quritilgandan so‘ng pilla par-
dasidagi seritsin uyushib, qotib qoladi; natijada ipak tolalari bir-bi riga 
yopishib yotadi. Shuning uchun pillani chuvishda undagi se rit sinni 
yumshatish (eritish) maqsadida pilla qaynab turgan suvda bug‘lanadi.
Shundan keyin pilla ipaklarining uchini qidirib topish, silkitish va 
chuvish operatsiyalari boshlanadi; bular bir necha usullarda bajarilishi 
mumkin.
Pillalarni tayyorlash va pillakashlik eski tizim bo‘yicha KMS—10 
rusumli pillakashlik mashinasida bajariladi.
Pilla bug‘lash qozonlarida bug‘lanadi. Qozonda qaynab turgan 
suvga 120—140 ta pilla qator qilib teriladi. Ularning ustiga o‘z o‘qi 
atrofida 270°
u yoqdan-bu yoqqa tebranuvchi diskali cho‘tka tushiriladi. 
Mashinaning zapravkasiga qarab, diskali cho‘tka 40—60 qo‘shaloq 
yurish (harakat) qiladi. Diskali cho‘tkaning vazifasi – pillani bir me’yorda 
bug‘lash va pilla uchlarini qidirib topish. Pillaning jinsiga, pardasining 
zichligiga va qurish darajasiga qarab, 1—1,5 daqiqa vaqt ichida pilla 
qaynab turgan suvda cho‘tka yordamida bug‘langandan keyin cho‘tka 
avtomatik ravishda to‘xtaydi. So‘ngra cho‘tkani ko‘tarib, unga yopishgan 
bir tutam pilla uchlari ajratib olinadi. Cho‘tka, odatda, bug‘ lanayotgan 
pillalarning 50—55 % uchlarini ushlab oladi (2.9-rasm).
Agar uchlari topilmagan yoki uzilib qolgan pillalar bo‘lsa, bug‘lash 
qaytariladi. Bunday pillalarni hali bug‘lanmagan «yangi» pillalarga 
nisbatan «eski» pillalar, deb atash qabul qilingan. Yangi va eski pillalar 
quyidagicha bug‘lanadi. Eng avval qozonga yangi pillalar solinadi va 
chovli yordamida aralashtirilgandan so‘ng cho‘tkani tushirib, yurg‘izib 
yuboriladi. Cho‘tka 8—18 marta soat strelkasi yo‘nalishida va unga 


91
teskari harakat qilgandan keyin to‘xtatiladi. Shundan keyin uni yana 
ikkinchi marta yurg‘i ziladi. Ikkinchi sikldan keyin cho‘tka ko‘tariladi, 
qozonga eski pillalar solinadi va cho‘tka uchinchi marta yurg‘izib 
yuboriladi. Uchinchi sikldan keyin bug‘lash tamom bo‘ladi va pillalar 
sil kitiladi.
Pillani silkitish uchun pilla bug‘lovchi cho‘tka ko‘tariladi va toschadagi 
sovuq suvda qo‘lni sovitib, cho‘tkaga yopishgan pilla ipagi tushirib olinadi 
va ularni qo‘lga yig‘ib olib, toki pillalarning toza ipak uchi chiqquncha 
ularni oval shaklli tos ustida 3—5 marta silkitiladi. Bug‘lovchi ishchi 
ipak uchi topilgan pillalarni chovliga solib, chuvish uchun pillakashga 
uzatadi.
Pillakashlikdan maqsad bir necha juda ingichka va bo‘sh pilla 
ipaklaridan ma’lum raqam hamda pishiqlikdagi texnika ipagi yoki xom 
ipak olishdir, deb aytgan edik. Pillakashlik korxonalarida pilladan quyidagi 
raqamli texnika ipagi va xom ipaklar olinadi: 1000, 818, 643, 529, 429, 
310 va bundan ham past.
Pilla ipagining raqami N
n
, xom ipak raqami N
x
ma’lum bo‘lsa, birdaniga 
chuvilayotgan pillalarning soni n ni topish mumkin:
(2.5)
Agar N

= 3000 va N

= 310 bo‘lsa, 
pilla. 
8
2
3
9
11
1
10
5
8
3
5
4
7
6
2.8-rasm. Pillani saralash va tozalash mashinasi:
1 — rama; 2 — 16 ta shpindel; 3 — aylanuvchi podshipniklar; 4 — ven tilator 
tozalagichi; 5 — ikki shnekli baraban; 6 — elektrodvigatel; 7 — ora liq val; 8 — 
bunker; 9—10 — yo‘naltiruvchi moslamalar; 11 — patrubka.


92
Pillani chuvishda ipakning butun uzunligi bo‘yicha bir xil yo‘g‘onlikda 
tekis o‘ralib chiqishiga katta ahamiyat berish zarur. Buning uchun xom 
ipakdagi yakka ipaklar hamma vaqt bir xilda tekis bo‘lishi va tosda 
chuvilayotgan «eski» pillalar bilan «yangi» pillalar o‘rtasidagi nisbat bir 
xil bo‘lishi kerak.
Pillakashlik (ipak o‘rash) pillakashlik toslarida bajariladi; undagi 
suvning harorati 40—55° bo‘lishi kerak.
Har bir tosda 8—20 tutgich bo‘ladi. Tutgich tez aylanib tu ruvchi truba 
va tishli diskadan iborat.
Tutgich bir necha pillaning yakka ipaklarini qo‘shib, xom ipak 
tayyorlash bilan birga, ipak o‘rash jarayonini to‘xtatmagan holda ipagi 
uzilgan pillalarning o‘rniga solingan yangi pillalarning yakka ipagini 
ham chuvilib chiqayotgan xom ipakka ulab yubo radi. Tutgich darhol 
bu yangi pilla ipagini uzilmagan chu vila yotgan ipaklar atrofida aylantirib 
yuborish bilan ularga qo‘ shilib yuqoriga chiqadi; natijada berilgan 
raqamdagi xom ipak yana ishlanaveradi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə