М dunyo ta’lim tizimida steam konsepsiyasi


STEAM-kompetensiyalarning tahlili



Yüklə 316,2 Kb.
səhifə4/4
tarix25.12.2023
ölçüsü316,2 Kb.
#161046
1   2   3   4
М-4

STEAM-kompetensiyalarning tahlili
Umumiy o‘rta ta’limning barcha bosqichlari uchun 21 asr ta’lim kompetensiyalarining bir qator modellari mavjud. Jahon iqtisodiy forumining "Ta’limga yangicha qarash" deb nomlangan modelida "4K – kompetensiyalar: hamkorlik, kommunikativlik, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik" taklif qilindi.
4K-kompetensiyalar katta hajmdagi ma’lumotlar va bilimlarni tizimlash, tanqidiy tahlil natijasida fikrlash, tahlilni rivojlantirishda, nostandart echimlarni topishdagi ijodkorlik va umumfanlararo loyihalarni shakllantirishda jamoaviy ishlashni rivojlantiradi xil aloqa turlarini rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
STEAM-kompetensiyalarning tahlili natijasida, (The Future of Jobs Report 2020), “Kelajak kasblari xisoboti-2020” bayonotiga ko‘ra, STEAM sohasining qaysi bir kompetensiyalarining ustun va birlamchi ekanligi xalqaro taqdimotda keng muzokaradan o‘tkazilgan. Quyidagi jadvalda 2015-2025 yillar davomida eng zarur STEAM kompetensiyalar va ularning yillar davomida taraqqiy etishi haqida so‘z boradi.


Tadqiqotchilar STEAM ta’limining muhim tarkibiy qismi sifatida etakchilik qobiliyatini, an’anaviy boshqaruvdan farqlagan holda, nafaqat ishchilar va xodimlar bandligini kafolatlovchi menedjerlik shaxsiy qobiliyati sifatida, balki xodimlarni rag‘batlantirish hamda ularni samarali faoliyatga unday olish qobiliyati bilan ham tavsiflanadi.
Bunda STEAM ta’limi mutaxassisi quyidagi kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozimligi ta’kidlanadi:
- ishlab chiqaruvchanlik
- mavjud resurslar, ehtiyojlar va ustuvorliklarni hisobga olgan holda ma’lum bir maqsadga erishish uchun ish jarayonini izchil tashkil etish;
- moslashuvchanlik
- o‘zgarishlarga moslashish, loyihalarni tez o‘zgartirish, shuningdek, hamkasblar bilan fikr va tajriba almashish imkoniyati;
- texnologik xabardorlik
- eng yangi texnologiyalardan samarali foydalanish;
– vaqtni boshqarish (taym menejment)
– dolzarb va ustuvor muammolarni oqilona hal qilish uchun vaqtni boshqarish;
- xamkorlikda ishlash
– shaxsning qobiliyat va iste’dodlaridan kelib chiqib, vaziyatni hisobga olgan holda mavzuga oid muammolarni to‘g‘ri taqsimlash, " sinergetik " ish muhitini yaratish;
- hissiy etakchilik (o‘z his-tuyg‘ularini va o‘zga insonlar his-tuyg‘ularini boshqarish, shaxsiy qadriyatlarni shakllantirish va motivatsion muhitni yarata olish); - hech kimning qadr-qimmatini kamsitmasdan, shaxsiyatga tegmasdan, o‘z fikrini hamdardlik va muloqatchanlik me’yorlariga muvofiq etkazish qobiliyati; - HR ko‘nikmalari - inson resurslarini to‘g‘ri taqsimlash, ularning ehtiyojlari va kasbiy rivojlanishdagi salohiyatini hisobga olgan holda xodimlarni yollash; - ijtimoiy ko‘nikmalar – vertikal va gorizontal ravishda axborot kommunikativ aloqalarini o‘rnatish, fikr-mulohazalarni rag‘batlantirish; ommaviy nutq; hamkorlik va o‘zaro qo‘llabquvvatlash muhitini yaratishdan iborat bo‘ladi.
STEAM kompetensiyalarni tahlil qilish jarayonida "muammolarni hal etish", "o‘zini o‘zi boshqarish", "menejment", "zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va rivojlantirish"ga qaratilgan STEAM mutaxassisning etakchi shaxsiy qobiliyatlarini aniqladilar. YUqoridagi jadvalda keltirilgan kasbiy kompetensiyalar yillar kesimida faoliyatini o‘zgartirib, "muammoni hal qilish" eng muhim shaxsiy qobiliyatlar sirasidan biri bo‘lib qolmoqda.
STEAM kompetensiyalarni tadqiq etish natijasida tadqiqotchilar, ularni ikki turga ajratganlar: ya’ni tayanch STEAM kompetensiyalar va yordamchi STEAM kompetensiyalar shaklida namoyon bo‘ladi.

Rus tadqiqotchi-pedagogi M. M. SHalashova, STEAM ta’limi uchun zarur bo‘lgan kompetentsiyalarni “Ko‘nikmalar qutisi”da mujassam bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. “Quticha” asosiy tayanch kompetensiyalarni, dunyoni bilish va o‘zgartirish uchun kognitiv bilish vositalarini o‘z ichiga olishi kerak. Ayniqsa pedagogning "ko‘nikmalar qutisi" tabiatshunoslik va texnologik ta’lim mazmunini yangilash metodikasi va yondashuvlarini, talabalarning loyiha va ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish texnologiyasini o‘z ichiga olishi lozim ekanligi ta’kidlanadi.
Zamonaviy ta’lim sohasi tadqiqotchilari (Abashkina O., Barinova O.V., Gayduchenko E., Marushev A., Davidova V., Jadko N.V., CHurkina M.A., Ivanov D., Kanardov I.) kasbiy kompetensiyalarni majoziy ma’noda ikkiga: Hard skills – qattiq ko‘nikmalar va Soft skills – yumshoq ko‘nikmalar toifasiga ajratadi [5]. Qattiq ko‘nikmalar - bu faqat ma’lum bir kasbda zarur bo‘lgan kasbiy mahorat bo‘lib, ayrim hollarda qattiq mahorat deb ham ataladi. YUmshoq ko‘nikmalar-bu ko‘pgina kasblarda foydali bo‘lgan ko‘nikmalar sanalib, insonning shaxsiy fazilatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Kasbiy faoliyatda mutaxassisning muvaffaqiyati 85% ko‘proq yumshoq ko‘nikmalarga bog‘liq bo‘lib, 15% esa qattiq ko‘nikmalar hisobiga yuzaga chiqadi.
F.Lukyanova fikricha: "YUmshoq ko‘nikmalar" asosan hayotiy ko‘nikmalarga tegishli bo‘lib, ularsiz shaxs xech qanday rivojlanish va kamolotga erishmaydi. “YUmshoq ko‘nikmalar” asosan to‘rt yo‘nalishda ko‘nikmalarni: qaror qabul qilish, etakchilik, bitimlar tuzish hamda boshqaruvchanlikni rivojlantiradi. YUmshoq ko‘nikmalar kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatli ishlash uchun zarur bo‘lsa, qattiq ko‘nikmalar-bu muayyan turdagi vazifalarni bajarish qobiliyati bo‘lib, aniq ko‘rsatma asosida amalga oshadi va rivojlanadi.
XULOSA Ta’lim – tarbiya sohasidagi zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar tizimli tahlil qilinganda asosiy vazifasidan kelib chiqib, toifalanar ekan, uning jamlanmasi kompetensiyalar shaklida namoyon bo‘lar ekan. Demak kompetensiya - o‘quvchilarning egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish imkoniyatidir
Yüklə 316,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə