М dunyo ta’lim tizimida steam konsepsiyasi



Yüklə 316,2 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü316,2 Kb.
#161046
  1   2   3   4
М-4


М-4. DUNYO TA’LIM TIZIMIDA STEAM KONSEPSIYASI
REJA:

  1. STEAM texnologiyasi konsepsiyasining zamonaviy tendentsiyalari

  2. STEAM ta’limida integratsion yondashuv

  3. STEAM-kompetensiyalarning tahlili



STEAM konsepsiyasining zamonaviy tendentsiyalari
STEAM ta’limi - bu 21 asrning asosiy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan integrativ pedagogik texnologiya bo‘lib, u muammoli, loyihaviy tadqiqotchilikka asoslangan hamda amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish usullari asoslangan bo‘lib, talabalar uchun dunyoning yagona tabiiy-ilmiy manzarasini shakllantirishga qaratilgan ta’limning integrativ tizimi sanaladi. Bunday integrativ yondashuvga asoslangan STEAM ta’limi talabalardagi mavjud muammolarni hal etishning fanlararo aloqadorligini ta’minlash natijasida dinamik o‘zgaruvchan muhitga zamonaviy kadrlarning moslashish ko‘lami va adaptatsion – kasbiy turg‘unligini shakllantirishga qaratilganligi bilan dunyo ta’lim ta’lim tizimida samarali sanaladi.
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yoʼlida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari boʼlmish yoshlarni ijodiy gʼoyalari va ijodkorligini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, kreativ sifatlarini rivojlantirish, ularning bilim, koʼnikma va malakalarini shakllantirish hamda ilgʼor xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yoʼlda xalqaro tajribalarni oʼrganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yoʼnalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Shu o`rinda muhtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning quyidagi fikrlari beixtiyor yo`dga tushadi. “Biz ta`lim-tarbiya sohasida olib borayotgan ishlarimizni yanada kuchaytirmogi`miz va bunda bir qator cora- tadbirlarni rejalashtirmog`imiz darkor.”
STEAM ta’limi asosida o‘qitish tabiiy va iqtisodiy fanlar yo‘nalishida o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash va qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan.
O‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari hamda mustaqil bajarishga va ijodiy (kreativ) fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar bilan ishlashni yosh avlod ongiga singdirish o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi farmoni [10] da ham O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsad qilingan.
Ta’lim, bir so‘z bilan aytganda, mamlakatning kelajakdagi istiqbolini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalash, savodli qilishdir. Turli ilmiy tadqiqot metodlarini o‘quv jarayonida qo‘llash ta’lim samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda mavzuni o‘rganishga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, olingan bilimlarni mustahkamlash, o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.

Yüklə 316,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə