M e r o s V a h o z I r g I z a m o n наследие и современность



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#137106
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Meros va hozirgi zamon

Um id A zizo v
Islom Karimov nomidagi Yodgorlik majmuasining
xalqaro bo'lim mudiri


MUSTAQIL O'ZBEKISTON ME'MORCHILIGI YECHIM LARIDA 
ISLOM KARIMOV QARASHLARINING IFODA ETILISHI
Men Islom Abdug'aniyevich Karimovning rahbarli- 
gi ostida 26 yil ishladim. Davlatimiz rahbari qanchalik 
mamlakatimiz tarixini va xalqning ehtiyojlarini sezishla- 
riga men doimo hayron qolganman. Men bu insonning 
noodatiy, noyob fikrlashiga, bir necha o'n yillar oldindan 
shaharsozlik masalalarini istiqbolli yechimlarini ko'ra bi- 
lishlariga qoyil qolishdan to'xtamasdim.
Qaror va farmoyishlar bilan tasdiqlangan davlat si- 
yosati darajasiga keltirilgan muhim shaharsozlik va 
arxitektura dasturlari nafaqat shaharning, balki tuman 
markazlari, shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab 
chiqishga va o'zgartirishga yordam berdi. Bu mustaqil 
O'zbekiston mintaqalarining yangi ko'rinishini yaratish- 
ga va qiyofasining o'zgarishiga olib keldi.
Har qanday loyihani tasdiqlashdan avval ularning 
homaki nusxalarini va maketlarining taqdimoti o'tkazilar, 
ularni Islom Abdug'aniyevich diqqat bilan har tomonla- 
ma o'rganib chiqardi. Davlatimiz rahbari har doim kon- 
septual ahamiyatga ega bo'lgan qimmatbaho tanbehlar 
qilardi, hamda ob'ektlarning fasad qismlari bo'yicha 
o'zlarining topshiriqlarini berardilar. Ba'zida, hattoki, 
ornamentlarga alohida elementlarni qo'shardilar: bu
buyuk inson uchun hech narsada mayda ishlar mavjud 
bo'lmagan.
Bizning mamlakatimizning poytaxtida katta o'zga- 
rishlar sodir bo'ldi. Hashamdor maydonlar va binolar 
shaharning go'zal va betakror ko'rinishini yaratmoqda.
Mustaqillik maydoni tanib bo'lmas darajada o'zgar- 
di. Poytaxtimizdagi markaziy maydon ko'rinishining 
o'zgarishi - to'laligicha va butunlay Birinchi Preziden­
timiz Islom Karimovning xizmatlaridir. Bugungi kun­
da, uni to'liq bir ansambl bezab turibdi. Mustaqillik 
maydoniga kiraverishda yuksaklarga parvoz qilishga 
intilayotgan laylaklar bilan bezatilgan "Ezgulik" arki 
("Yaxshi va mardonavor maqsadlar arki") bilan beza­
tilgan. Undan o'tgandan keyin Mustaqillik va inson- 
parvarlik haykaliga manzara ochiladi. Mustaqillik va 
Baxtli ona haykali, hamda Xotira maydonidan tashkil 
topgan. Abadiy olov yonida o'z bolalarining Ikkinchi 
jahon urushi frontidan qaytishini kutolmagan Motam- 
saro ona bosh egib quyi solib o'tiribdi. Ularning ism- 
lari "Xotira kitobi"ga zarhal harflar bilan yozib qo'yil- 
gan. Arxitektura kompleksi O'zbekistonning viloyat 
markazlarida o'ziga xos ko'rinishlarda takrorlandi.


33
"Mustaqillik" va "insonparvarlik" tushunchalarida 
bizning eng qimmatli yutuq, eng katta boyiigimiz o'z 
aksini topgan, ularni biz ko'z qorachig'idek asrashimiz 
va kelajak avlodlarga yetkazib berishimiz kerak!" - dedi 
O'zbekistonning Birinchi Prezidenti haykalning poyiga 
gulchambarni qo'yayotib .
Shu bilan birga, Mustaqillik maydonida joylashgan 
Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi binolari qayta 
konstruksiyalandi.
Islom Abdug'aniyevichning tashabbusi bo'yicha Amir 
Temur maydoni to'liq qayta shakllantirildi, uning marka- 
zida buyuk siyosiy arbob va sarkarda Amir Temurga
haykal barpo etildi.
Bo'zsuv kanalining qirg'og'ida repressiya qurbonlari 
xotirasiga bag'ishlangan "Shahidlar xotirasi" yodgorlik 
kompleksi joylashgan.
O'z vaqtida sovet hukumatining jazolovchi organlari 
bu yerda qatl etishlarni amalga oshirganlar. Aynan shu 
yerda, ziyolilarning eng sara namoyondalari: yozuvchi- 
lar, olimlar, adabiyotchilar, aktyorlar, muhandislar, otib 
o'ldirilganlar. Qurbonlar orasida - shunday buyuk siy- 
molardan Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho'lpon bo'lganlar. 
Kompleksning hududida XIX asr oxirlaridan boshlab va 
to O'zbekiston mustaqillikka erishguncha bo'lgan davr- 
da voqealar haqida so'zlab beruvchi repressiya qurbon­
lari xotirasi Muzeyi yaratilgan. Bu yodgorlikning g'oyasi, 
asosiy mohiyati va arxitekturasi O'zbekistonning Birinchi 
Prezidenti I .A. Karimov tomonidan bevosita aniq belgi- 
lab berilgan edi.
Islom Abug'aniyevichning o'tgan asr atoqli muta- 
fakkirlari va jamoat arboblarining nomlari bilan bog'liq 
ob'ektlar haqidagi jonkuyarliklari alohida fahrni paydo 
qildi. U xalqimizning ma'naviy qadriyatlariga hurmat bi­
lan munosabatda bo'lishni, bizning muqaddas dinimizni, 
an'analar va urf-odatlarimizning saqlanishi va rivojlani- 
shini davlat siyosati darajasiga ko'tardi.
Birinchi Prezidentimiz bizning buyuk ajdodlari- 
mizning merosini tiklash bo'yicha vazifalar berar va 
ishlarning bajarilishini diqqat bilan kuzatardi, ushbu 
ob'ektlarga tashrif buyurardi.
O'zbek xalqining ma'naviy va tarixiy merosini tiklash 
maqsadida yodgorlik komplekslarini tiklash va qurish 
bo'yicha ahamiyatli ishiar amalga oshirildi, ular buyuk


34


35



ravlat arboblarining va olimlarining, mutafakkirlarning, 
snoirlar va ma'rifatchilarning yubiley sanalariga ochil-
(Slar.
Muhim ahamiyatli voqealar qatoriga - Sohibqiron 
Amir Temur-ning 660 yilligi, Mirzo Ulug'bekning 
600 yilligi, Imom Al-Buxoriyning 1225 yilligi, Ahmad 
Al-Farg'oniyning 1200 yilligi, Abduholiq G'ijduvoniyning 
900 yilligi, Xoji Axror Valining 600 yilligi, Buxoro, Xiva 
va Termezning 2500 yilliklari, Shahrisabz va Qarshining 
2700 yilliklari, Samarqandning 2750 yilligi, Marg'ilonning 
2000 yilligi, Toshkentning 2200 yilligi.
Ko'rsatib o'tilgan yubiley tadbirlar O'zbekistonda 
qo'llab-quvvatlandi, YUNESKO va boshqa nufuzli xalqa­
ro tashkilotlar tomonidan tan olindi.
Islom Karimov qishloq joylarining ijtimoiy muammo- 
lariga alohida e'tiborini qaratardi. Uning topshirig'i va 
bevosita rahbarligi ostida qishloq joylarida qurish uchun 
bir qavatli va 3 va 4 xonadan iborat turar-joy binolarning 
namunali loyihalari ishlab chiqilgan. Bu aholiga shahar- 
nikidan qolishmaydigan har tomonlama qulayliklarga 
ega bo'lish imkonini berdi.
Islom Abdug'aniyevichning ko'rsatmasi bo'yicha Bu­
xoro, Farg'ona va Termez shaharlarida madaniy-oqartuv 
shahar qurilishi komplekslari barpo etildi, ularning har 
biri o'z ichiga teatr, amfiteatr, kutubxona, muzey bino- 
larini hamda sportkompleks va haykallari bilan markaziy
maydonlarni egallagan.
Islom Abdug'aniyevichning bu tashabbusi O'zbekis­
ton hududi bo'yicha madaniy-oqartuv infratuzilmasini 
ancha birtekisda taqsimlashga imkon berdi.
O'tgan davrga nazar solganimizda biz ko'rib turib- 
miz: O'zbekiston shunchalik o'zgarib ketdiki, unga 5-10 
yil oldin tashrif buyurgan insonlar ham tanimay qoldilar.
Hamyurtlarimiz va xorijiy mehmonlar uzoq bo'lma- 
gan vaqt davomida amalga oshgan o'zgarishlardan 
hayratda qolmoqdalar.
Birinchi Prezidentimizning O'zbekiston zamonaviy 
qiyofasi me'morchilik yechimlarida ifodalangan tashab- 
buslari hali ko'p yillar davomida mamlakatimizda sha- 
harsozlik rivojining yo'nalishini belgilab beradi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə