M e r o s V a h o z I r g I z a m o n наследие и современность


Islom Abdug'aniyevich bilan ilk uchrashuvingiz



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/18
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#137106
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Meros va hozirgi zamon

Islom Abdug'aniyevich bilan ilk uchrashuvingiz 
yodingizdam i?
- Ilk uchrashuvimiz ustaxonada bo'lib o'tgan. Birin­
chi Prezidentimiz o'zining chopqir oti egarida o'tirdan 
buyuk sarkarda va siyosiy arbob Amir Temur hayka­
li maketini ko'rishga kelganlar. Bu haykalni Toshkentda 
o'rnatish mo'ljallangan edi.
Ko'pgina tanbehlar berilgan edi. Islom Abdug'a­
niyevich haykalni qanday his etayotganliklari haqida, 
Amir Temurning ulug'vorligi haqida uzoq so'zlab ber- 
ganlar. Mamalakatimiz rahbarining chuqur bilimlari 
bizni hayratga solardi. Ularning diqqatidan birorta 
ham detal chetda qolmasdi: gavdasi, qo'l harakatlari, 
chopqir otning holati - bularning barchasi haqida Islom 
Abdug'aniyevich qalblaridan jo'shib gapirib berardilar. 
Hayrlasha turib Islom Abdug'aniyevich mening qo'lim- 
ni siqib qo'ydilar. Ularning o'tkir nigohlari yuragimning 
tub-tubigacha yetib bordi va bir vaqtning o'zida iliqlik 
baxsh etdi. Bu nigoh menda butun umrga esda qoldi.
Hozirgi kunda Amir Temur haykali shahar aholisini 
va poytaxt mehmonlarini o'ziga jalb qilib, Toshkentning 
markaziy sayilgohini bezab turibdi. Sohibqiron otda 
o'tirgan hukmdor, jangovar aslahalar bilan kiyingan ko'ri- 
nishda aks ettirilgan. Go'yo hozirgina g'alabali yurishdan 
qaytgandek. Chap qo'llarida qizishib ketgan ot jilovini


48
ииТиллЛ * «>.з-ч*и«. 
Ч-'г-
I *■ 
-tт. 
О 
/!>гГ/в‘5,‘' .
c« 
/1Л7 «—•
*c
.Усч^я (& 
иск 'Z
y '
ыух*« 
к м * ^ " .
ushlab turibdilar, o'ng qo'llari esa ularni kutib olayot- 
gan xalqqa yo'naltirilib, davlatda tinchlik va osoyishtalik 
hukm surayotganligi haqida xabardor qilayotgandek.
-
Ishlaringizning qay birlari s iz uchun ayniqsa 
qadrli?
- Men uchun barcha ishlarim qadrli, chunki ular 
mening bolalarimdek bo'lib qolgan. Bular Amir Temur 
haykali, xotira maydonidagi Motamsaro ona yodgorli- 
gi, Mustaqillik maydonidagi Baxtli ona haykali, Nizomi 
Ganjaviyga bag'ishlangan haykaltaroshlik kompozitsi- 
yasi, olim-matematik va astronom Ahmad al-Farg'oniy 
haykali, Belgiyadagi Avitsenaning haykaltaroshlik kom- 
pozitsiyasi va boshqalar. Men "Qadimgi va mangu Bu- 
xoro" monumenti uchun barel'eflar yaratdim. Menda 
hattoki Islom Abdug'anievich o'z qo'llari bilan kiritgan 
tuzatishli ishchi eskizlar saqlanib qolingan.
Mening bu ishlarim ko'pgina shaharlarning arxitektu- 
rasini munosib to'ldirib turganidan juda hursandman. 
Men uchun haykaltaroshlik - bu mening butun hayotim- 
dir. Men shunday ulug' inson bilan tanish bo'lganligim va 
Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimovning 
haykalini yaratish sharafi aynan mening zimmamga tush- 
ganligi uchun taqdirimdan minnatdorman.
Suhbatlashdi 
N. Nurmatov 
Islom Karimov nomidagi Yodgorlik majmuasi
matbuot kotibi


ИСЛОМ КАРИМОВ
НОМИДАГИ 
РЕСПУВЛИКА ХАЙРНЯ ЖЛМОЛТ ФОНДИ
С ZBEKISTON RESPUBLIKASI BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM ABDUG'ANIYEVICH KARIMOV
TAVALLUDINING 80 YILLIGIGA BAG'ISHLANADI

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə