M e r o s V a h o z I r g I z a m o n наследие и современность



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/18
tarix28.11.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#137106
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Meros va hozirgi zamon

Tursunali Kuziev
Islom Karimov nomidagi Yodgorlik 
majmuasi rahbari o'rinbosari, akademik


44
mukofot ikkita darajaga ega. U bilan onalik va bolalikni 
muhofaza qilish, o'sib kelayotgan avlodning salomatligi- 
ni mustahkamlash, uni ma'nan, jismonan tarbiyalashda 
ko'rsatilgan alohida xizmatlar hamda bolalarning man- 
faatlari yo'lidagi xayriya ishlarini rivojlantirishdagi faol 
ishtirok uchun taqdirlanadilar. Bu O'zbekistonning birin­
chi ordeni bo'lib, o'zining maqomiga ko'ra dunyo amali- 
yotida unga o'xshash muqobili yo'q.
1994-yilning may oyida O'zbekistonning Birinchi 
Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan "O'zbekiston 
Qahramoni" unvonini ta'sis etish haqidagi qonun qa- 
bul qilinib u bilan oliy mukofot "Oltin Yulduz" mukofoti 
hamda "Mustaqillik" va "Do'stlik" ordenlari, "Jasorat" va 
"Shuhrat" medallari taqdim etiladi.
"Jasorat" medali bilan harbiy yoki xizmat burchini 
bajarishda, respublikaning milliy xavfsizligini ta'min- 
lashda, jamoat tartibini saqlashda va jinoyatchilik bilan 
kurashishda ko'rsatgan mardligi va jasorati uchun har­
biy xizmatchilar, Milliy xavfsizlik xizmati va O'zbekiston 
Respublikasining ichki ishlari xodimlari mukofotlanadilar. 
"Jasorat" medali bilan jamoat tartibini saqlashda, ta- 
biiy ofatlar, yong'inlar va boshqa favqqulodda vaziyat- 
lar vaqtida odamlar hayotini, davlat va jamoat mulkini 
qutqarishda ko'rsatgan jasorati uchun O'zbekiston Res- 
publikasi fuqarolari yoki mamlakat fuqarosi bo'lmagan 
shaxslar taqdirlanishi mumkin.
Vatanimizning eng yuqori mukofotlaridan biri Amir 
Temur ordeni bo'lib, u Birinchi Prezidentimiz Islom Kari­
movning tarixiy adolatlilikka, milliy g'ururni oshirishga, 
Amir Temurning xotirasi va qoldirgan merosini tiklashga 
alohida e'tibor berganidan dalolat beradi. Orden So- 
hibqironga chuqur hurmat va shaxsining ardoqlanishiga 
amal qilish sifatida buyuk ajdodning xotirasiga munosib 
bo'lishga da'vat etadi.
Amir Temurning 660 yilligini nishonlash maqsadida 
Islom Karimovning tashabbusi bilan 1996-yilda mam- 
lakatimizda Amir Temur yili deb e'lon qilinib, shu yili ho- 
zirda O'zbekistondan tashqarida uzoqlarda ham mash­
hur bo'lgan Temuriylar tarixi Davlat muzeyi tashkil etildi.
Shu yubiley yilida Birinchi Prezident farmoni asosida 
Amir Temur ordeni bilan Amir Temurning hayot faoliya- 
tida alohida o'rin egallagan Samarqand va Shahrisabz 
shaharlari taqdirlandilar. Buyuk Sohibqiron qadimgi 
Keshda tug'ilgan va unib o'sgan, Samarqand esa uning 
qudratli mamlakatining poytaxti bo'lgan. Mustaqillik 
yillarda Islom Abdug'aniyevich tashabbusi bilan yubi-
leylari keng nishonlangan ushbu shaharlar o'z qiyofala- 
rini o'zgartirishdi va yanada go'zalroq tus oldilar.
Mustaqillikning 23 yilligi bayrami arafasida Birinchi 
Prezident farmoniga muvofiq Amir Temur ordeni bilan 
Termiz shahri ham taqdirlandi.
Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasining muko- 
fotlar tizimi quyidagilarni o'z ichiga olgan:
-11 ta orden;
-12 ta medal va esdalik belgilari;
- 35 ta faxriy unvon.
O'zbekistonning mukofotlar tizimi tarkibiga sof har­
biy mukofotlar "Jaloliddin Manguberdi", "Shon-sharaf", 
"Mardlik" ordenlari, "Jasorat", "Sodiq xizmatlari uchun" 
medallari; tinchlik, mehnat bilan bog'liq mukofotlar - 
"Mehnat shuhrati", "Sog'lom avlod uchun", "Do'stlik", 
"El-yurt hurmati" ordenlari, "Shuhrat" medali va mehnat 
faoliyatidagi fidokorona xizmatlari hamda harbiy xizmat­
lari uchun beriladigan universal mukofotlar - "O'zbekis­
ton Qahramoni" unvoni, "Mustaqillik", "Amir Temur" or­
denlari va boshqalar bor.
Ushbu mukofotlarni yaratish jarayonida Islom Ab­
dug'aniyevich faol ishtirok etgan, shaxsan o'zlari taklif 
etilgan eskizlar ishlab chiqishda, rang gammasiga, sim- 
volikasiga, kompozitsion yechimlariga, orden tasmalari 
variantlariga tuzatishlar kiritgan.
Mustaqillik yillarida yaratilgan ko'p sonli mukofotlarga 
Birinchi Prezidentimiz qo'llari bilan kiritilgan tuzatishlar 
va to'g'irlashlar mavjud eskizlar saqlanib qolgan, bu esa 
Islom Abdug'aniyevich har bir davlat mukofotini yaratish 
jarayoniga qanday ahamiyat kasb etganligi haqida dalo­
lat beradi. Birinchi Prezidentimiz bizga ma'lum bo'lgan 
mukofotlarning bosh dizayneri, tanqidchisi va ko'pincha 
muallifi bo'lgan.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə