46
"O'Z ISHLARIM DA MEN O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
BIRINCHI PREZIDENTINING G'OYALARINI GAVDALANTIRDIM"
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi Qaroriga
muvofiq O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning haykalini
yaratish bo'yicha xalqaro ijodiy tanlov tashkil qilingan edi.
Tanlovda O'zbekiston, Ukraina, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Germaniya, Italiya va Avstraliya-
dan 58 nafar muallif ishtirok etdi. Tomoshabinlar e'tiboriga jam i 68 ta loyiha havola etildi.
Tanlovda mashhur haykaltarosh, O'zbekiston badiiy Akademiyasining haqiqiy a'zosi, 0 ‘zbekis-
tonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, A. Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sohibi llhom Jabborov
g'olib bo'ldi.
Biz undan tanlovdagi ishtiroki va Islom Karimovning haykalini yaratishga oid ijodiy jarayon
to'g'risida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashishni iltimos qildik.
-
Eng avvalo, bunday nufuzli tanlovda qatnashish
men uchun juda mas'uliyatli va ayni paytda olijanob ish
bo'lganligini ta'kidlamoqchi edim. Tanlovning boshqa
ishtirokchilariga nisbatan,
menda bir afzallik bor edi,
u ham bo'lsa shundan iboratki, men O'zbekiston Res
publikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan yax-
shi tanish bo'lganman va mustaqillikning qator yillari
davomida o'z asarlarimda uning g'oyalarini gavdalan-
tirgan edim. Hozir ushbu asarlarim butun respublika-
miz bo'ylab o'rnatilgan.
Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab men Islom Ab
dug'aniyevich bilan bevosita
hamkorlikda ish olib bor-
dim. Ana shu yillar davomida men uni puxta o'rgandim,
turli holatlarda qiyofasining tuzilishi, kayfiyati va harakat-
larini kuzatdim, chunki yurtboshimiz bilan biryil davomi
da o'rta hisobda uch-to'rt marta uchrashardim.
Mustaqillik yillarida yaratgan barcha ishlarim mam-
lakatimiz Birinchi Prezidenti tomonidan bayon etilgan
konseptual g'oyalar va kompozitsion yechimlarga il-
homlanib va keng yondashib ularda fikr va g'oyalarini,
yurtimiz tarixining turli davrlarida mashhur bo'lgan va
jahon tarixida yorqin iz qoldirgan shaxslar haqidagi ba
diiy tasavvurlarini aks ettiradi.
Islom Karimovga eng yaxshi haykali uchun konkurs
e'lon qilinganda men Birinchi
Prezidentimizning badiiy
obrazlarini yaratish imkoniga alohida iliqlik, samimiylik
bilan yondashdim. Uning tashqi ko'rinishida men ichki
kechinmalarni, xalqqa bo'lgan mehrini va muhabbati-
ni aks ettirishni xohlardim. Men Islom Abdug'aniyevich
qiyofasini o'z xotiramda saqlanib qolgan hayotiy cheh-
47
ralarini qayta tiklab hamda foto va video
materiallardan
foydalanib gavdalantirishga qaror qildim.
Biz tanlovga ishning yettita namunasini taqdim etdik
va ulardan ikkitasi qabul qilindi. Natijada menga birinchi
o'rin nasib etdi va monumentni yaratish bo'yicha ishlarni
boshlash haqida vazifa yuklatildi.
Hozir, haykalini "Oqsaroy" binosi oldiga o'rnatish
ishlarini yodga olar ekanman, u o'rnatiladigan tagkur-
sining balandligi haqida bir nechta fikrlar paydo bo'ldi.
Fikrlar bo'lindi: men uning balandligi
aniq bir balandlikda
bo'lishi kerakligi haqidagi fikrimda turdim, ammo bosh-
qalar esa, (ularning orasida Tatyana Akbarovna ham bor
ed), tagkursi biroz pastroq bo'lishi kerakligi haqida taklif
berishdi. Men haykalga turli tomonlardan nazar tashlab
ko'rishni taklif qildim. Biz hammamiz birgalikda haykaldan
uzoqlashib va yana yaqinlashib jo'shib
u yoki boshqa
balandliklardagi ko'rish samaralari to'g'risida bahs-mu-
nozaralar olib bordik. Natijada men o'zimning dalil-isbot-
larim to'g'ri ekanligiga hammani ishontirdim, chunki haykal
muhtasham "Oqsaroy" binosi oldiga o'rnatilayotganligi va
tagkursining pastroq balandlikda o'zining ulug'vorligini
yo'qotishi mumkin edi. Pirovardida, men tomonimdan
taklif qilingan tagkursining balandligi maqbulligi haqidagi
fikrimga hamma qo'shildi. Bunda Tatyana Akbarovnaning
tagkursini silindrik shaklda qilish "Oqsaroy"
binosining
shakli bilan juda uyg'unlikda mos kelishi haqidagi taklifi-
ning muhimligini ta'kidlab o'tish joizdir. Shunday qilib biz
oamaslahat tagkursining shakli va ba- landligini aniqlab
oldik. Keyinchalik haykalni o'rnatish biz- ning umumiy qa-
rorimiz to'g'ri ekanligini tasdiqladi.
Islom Abdug'aniyevichning haykali men uchun
- bu muqaddas burch va O'zbekistonning
Birinchi
Prezidentiga nisbatan hurmatdir, u bilan menda yaxshi
munosabatlar paydo bo'lgan. Bunday buyuk insonning
qiyofasini qayta yaratish bo'yicha ishlar, shak-shubha-
siz, men uchun katta sharaf!
-
Dostları ilə paylaş: