M. G. Davletshin tahriri ostida chiqqan Psixologiyadan qisqacha izohli



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix09.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#104830
1Shaxs PDF




SHAXS 
Shaxs haqida tushuncha 
Shaxs tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Mehnat qila olish ko’nikmasining 
mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan 
kishi asta - sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va 
xususan o’zini o’rganish va faol tarzda qayta o’zgartirish jarayonining sub'ektga 
aylanmoqda. Shu o’rinda haqli bir savol tug’iladi, ya'ni shaxs, individ, individuallik 
tushunchasining o’zaro bog’liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur 
tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham 
dastlab individ tushunchasining mazmuniga to’xtalish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri 
ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida 
"Individ"
tushunchasida 
kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug’ilgan chaqaloqni, katta 
yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoiylik 
bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak 
bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ tushunchasi professor 
E.G’ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida tavsiflanishicha, 
individ 
lotincha 
ajralmas, alohida zot ma'nolarini anglatib, inson
zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog’lom 
odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan 
aqli zaiflar ham individlar deb ataladi.
M.G.Davletshin
tahriri ostida chiqqan "Psixologiyadan qisqacha izohli 
lug’atda" 
individ 
bo’linmas, ayrim jins, shaxs ma'nolarini anglatib, biologik turga 
kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida ko’rsatib o’tiladi. 
Keltirilgan ta'riflardan shuni xulosa qilish mumkinki 
shaxs
deb muayyan 
jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug’ullanuvchi, kishilar bilan 
normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi.
Individ 
sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik 
shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. 
Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun 
imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining 
rivojlanishi uchun imkoniyat tug’diradi, qo’llarining shakli shamoyili mehnat 
qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjud-ligini ko’rsatadi. Yuqorida 
aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta'kidlanadi va 
bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. Buni quyidagi sxema asosida tushuntirish 
lozim. 



Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir. 
Individuallik
deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror 
birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o’ziga xosligini, uning boshqa 
odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik 
tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron 
xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyqarashi, 
iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. 
Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va 
psixikasining o’ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik 
xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o’zida mujassamlashtirgan odam yo’q, 
inson shaxsi o’z individualligi jihatidan betakrordir. 
"Endopsixika" va "ekzopsixika" haqida tushuncha 
Hozirgi kunda asosiy muammolardan biri bir shaxsning boshqa odamlardan 
ajratib turadigan individual tuzilishga ega ekanligidir. Ushbu psixologik muammoni 
hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-
atvorni oldindan bashorat qilish imkonini yaratadi. 
Shaxs tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning 
bir necha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi binobarin, ushbu bo’laklarning 
yig’indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiya fanida 
psixologlar shaxsning psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli jihatlariga 
asoslanib, turkumlarga ajratishni tavsiya etmoqdalar. 
Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning 
voqelikka ta'siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo’lganligini 
tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan 
INDIVIDUALLIK 
INSON 
INDIVID 
SHAXS 



"ichki psixik" ("endopsixik" - yunoncha endo ichki degan ma'noni bildiradi) degan 
g’oyani ilgari surdilar. Uning talqiniga ko’ra, 
"endopsixika"
shaxsning psixik 
tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o’zaro 
bog’liqligini aks ettiradi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan 
"endopsixika" aynan bir narsa degan tushuncha tasdiqlanadi, chunki u odam 
shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning "endopsixik" 
qismi bo’lsa, shaxsning tashqi muhitga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-
qarshi bo’lgan barcha jihatlarni, shaxslararo va ob'ektiv munosabatini belgilaydi. 
"Endopsixika" o’z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi 
bilish jarayonlarining xususiyatlarini irodaviy zo’r berish xislatlarini ixtiyorsiz 
harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. 
"Ekzopsixika"
esa o’z tarkibida 
shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi 
ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni qamrab 
oladi. Tabiiy asosga ega bo’lgan "endopsixika" biologik shart-sharoitlarga bog’liq 
bo’lsa, "ekzopsixika" aksincha ijtimoiy voqeliklar ta'sir ostida yuzaga keladi, tarkib 
topadi va takomillashib boradi. 
Ta'kidlab o’tilgan, fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o’tkazgan tajribalariga 
murojaat qilamiz. qo’sh omillik nazariyasi tadqiqotchilari tajribalarida 80-130 sm 
balandlikdagi odamning shaxs xususiyatlarini tarkib toptirish uchun o’rganilgan. 
Buning natijasida ular shaxsi tuzilishida ko’p xislatlari o’xshashligi topilgan. 
Bunday odamlarning past (pakana) bo’lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida hech 
qanday nuqson va kamchilik yo’q ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi 
bolalarga xos kulguni hech bir tanqidsiz, o’ta soddalikni, muayyan darajada 
emosional (hissiy) zo’riqishni namoyon qiladigan vaziyatga nisbatan chidamlilikni, 
uyat hissining kamroq ekanligini uchratish mumkin. Shaxsning xislatlariga na 
"endopsixika", na "ekzopsixika" qismlarini kiritish mumkin emas. Chunki shaxsning 
sifatlari mitti odamlarning mahsuli bo’lib ular bo’yicha nisbatan o’z tengqurlari 
o’rtasidagi farq aniqlangan davrdan e'tiboran shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo 
bo’lishi, tarkib topishining takomillashishi tabiiydir. Shuni alohida ta'kidlab o’tish 
joizki, mitti odamlarga bo’ydor kishilarga qaraganda boshqacha munosabat - ularni 
pisand qilmaslik, kamsitilish, ular ham barcha kabi narsalarni his qilishi, orzu qilishi, 
ajablanishi, jayron qolishi sababli ularda shaxsning o’ziga xos tuzilishi vujudga 
keladi. Bunday yaqqol voqelik ularning ruhiy ezilishini, ba'zan boshqalarga, xatto 
o’zlariga nisbatan tajovuzkorona yo’l tutish-larini niqoblaydi, xolos. Mabodo biz 
mitti o’zlari bilan bap-baravar bo’yli kishilar muhitida yashaydi deb tasavvur qilsak, 
u holda ularda ham tevarak-atrofdagi boshqa odamlardagi kabi mutlaqo boshqacha 
shaxsiy fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar sifatlar mujasassamlashishi mumkin bo’lar 
edi. 
Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari 
Jahon psixologiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi to’g’risida 
xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda 
turlicha pozisiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o’ziga xos 
yondashuvga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sosiogenetik, 



psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin.Ularni 
quyidagi tizimda yaqqol ko’rish imkoniyatini beradi. 
Biogenetik nazariyaning
negizida yetilish bosh omil sifatida qabul qilingan 
bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan 
o’zaro aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh 
omili biologik determinantlarga (aniqlov-chilarga) qaratiladi va ularning mohiyatida 
ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib chiqariladi.
Taraqqiyot jarayonining o’zi biologik etilishning universal bosqichi sifatida 
sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni 
F.Myuller va Gekkellar
kashf 
qilishgan, biogenetik qonuniyat fanning taraqqiyoti nazariyani tashkil qilganda 
hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. 
Biroq fanning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda 
qo’pol xatoliklarga yo’l qo’yilgan. Jumladan, 
biologik qonunga ko’ra
shaxs 
psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyatni tarixiy 
taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g’oya 
edi. 
Biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan bo’lmish amerikalik 
psixolog 
S.Xoll
psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb 
"rekapitulasiya 
qonuni"ni
(filogenezni qisqacha takrorlanishini) hisoblaydi. Uning fikricha, 
ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. 
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis "konstitusion psixologiyasi" (inson 
tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari tomonidan ishlab chiqilgan. 
E.Krechmer
shaxs tipologiyasi negizida bir qancha biologik omillarni (masalan 
tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan 
psixologik xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud deb taxmin qiladi. 
E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshida sikloid 
toifasiga xos (tez qo’zg’aluvchi, his-tuyg’usi o’ta barqaror), ikkinchi uchida shizoid 
SHAXSNI O'RGANISH 
BORASIDAGI NAZARIYALAR 
Biogenetik 
(S.Xoll, E.Krechmer, Z.Freyd va 
boshqalar) 
Sotsiogenetik 
Psixogenetik 
Ij
ti
m
oi
yl
as
hu

na
za
ri
ya
si
O
'rg
an
is

na
za
riy
as

R
ol
la

na
za
ri
ya
si
P
si
xo
di
n
am
ik
K
og
in
iti

P
er
so
na




toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg’usi cheklangan) xos 
odamlar turishini aytadi. Bu taxminni u shaxs rivojlanishi davriga ko’chirishga 
harakat qiladi, natijada o’smirlarda sikloid xususiyatlari (o’ta qo’zg’aluvchanlik, 
tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o’spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari) 
bo’ladi degan xulosa chiqaradi. 
Biogenetik nazariyaning namoyondalari amerikalik psixologlar A.Gezell, 
S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga asoslanib ish ko’radilar va bu jarayonda 
muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o’zaro o’rin almashinib turadi, degan 
xulosaga keladilar. 
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko’rinishi 
Zigmund Freydni
shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar 
bilan shartlangan, ayniqsa, birinchi navbatda u jinsiy maylga (libidoga) bog’liqdir. 
Biologik nazariyaga qarama-qarshi bo’lgan nazariya 
sosiogenetik nazariya
hisoblanadi. Sosiogenetik yondashuvga binoan shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar 
jamiyatning tuzilishi ijtimoiylashish usullari va uni qurshab turgan odamlar bilan 
o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. 
Ijtimoiylashuv 
nazariyasiga
ko’ra inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotning ijtimoiy shart-
sharoitlarining bevosita ta'siri ostida shaxsga aylanadi. 
G’arbiy Evropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri bu 
rollar 
nazariyasidir.
Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o’zining har bir 
a'zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq)ning barqaror 
usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo’lgan 
maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatlarida o’zgalar bilan munosabat 
muloqot o’rnatishda sezilarli iz qoldiradi. 
AQShda keng tarqalgan nazariyalardan yana biri bu 
individual tajriba va 
bilimlarni egallash (mustaqil o’zlashtirish) nazariyasidir
. Mazkur nazariyaga 
binoan shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko’pincha 
ko’nikmalarni egallash, bilimlarni o’zlashtirishdan iborat bo’lib, uning samarasi 
qo’zg’atuvchini uzluksiz ravishda mustahkamlab borilishining mahsulidir. Bu 
nazariyaning tarafdorlari 
E.Torndayk va B.Skinnerlar
hisoblanadi. 
K.Levin
tomonidan tavsiya qilingan 
"fazoviy zarurat maydoni" nazariyasi
psixologiya fani uchun (o’z davrida) muhim ahamiyatni kasb etadi. K.Levinning 
nazariyasiga ko’ra, individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini 
o’tovchi ishtiyoq (intilish) maqsadlar bilan boshqarilib turiladi, va ular fazoviy 
zarurat maydonining ko’lami va tayanch nuqtasiga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Psixologiyada 
psixogenetik yondashish
ham mavjud bo’lib, u biogenetik, 
sosiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar 
taraqqiyotini birinchi darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Ushbu yondashuvni 
uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o’z 
mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o’zaro tafovutlanadi. 
Psixologiyaning 
irrasional 
(aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy 
qismlari bo’lishi emosiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil 
qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik 
namoyondalaridan biri amerikalik psixolog 
E.Eriksondir
. U shaxs rivojini 8 ta 



davrga ajratadi va ularning har qaysisi o’ziga xos betakror xususiyatga egaligini 
ta'kidlaydi.
Kognitiv yo’nalishning
asoschilari qatoriga J.Piaje, J.Kelli va boshqalarni 
kiritish mumkin. 
J.Piajening
intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, u 
intellekt funksiyalari va intellekt davrlari ta'limotini o’z ichiga qamrab oladi. 
Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptasiya (moslashish, 
ko’nikish) dan iborat bo’lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi. 
Sobiq sovet psixologiyasida shaxsning rivojlanishi muammosi L.S.Vigotskiy, 
P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, L.I.Bojovich singari 
yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu masala 
bilan shu?ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu boisdan shaxsning tuzilishi, 
ilmiy manbai, rivojlanishning o’ziga xosligi bo’yicha yondashuvda muayyan 
darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan mulohaza 
yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va undan 
so’ng ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiq. Ontogenezda shaxs 
taraqqiyotini bir necha bosqichlarga ajratish va ularning har biriga alohida ilmiy 
psixologik ta'rif berish nuqtai-nazaridan yondashishni quyidagi nazariya va 
yo’nalishlarini ko’rsatib berish mumkin. Jumladan, 
rivojlanishdagi inqirozga 
binoan
(L.S.Vigotskiy); 
motivasion yondashish
(L.I.Bojovich); 
faoliyatga ko’ra 
munosabat
(D.B.Elkonin); 
shaxsning
ijtimoiylashuv xususiyatiga e'tiboran
(A.V.Petrovskiy); 
shaxsning tutgan 
pozisiyasini hisobga olib 
(D.I.Feldshteyn) va hokazo.
Shunday qilib, jahon va hamdo’stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir 
qator puxta ilmiy-metodologik asosga ega bo’lgan shaxsning rivojlanishi 
nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning 
shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo’lib, xizmat qiladi, amaliy 
va nazariy muammolarni echishda keng ko’lamda qo’llaniladi. 
Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta'rifi 
Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi 
qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar 
tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta'rif berilgan va uning tuzilishini o’ziga xos 
tarzda tasavvur qilishgan. quyida mualliflar tomonidan keltirilgan ta'riflar
tahlillarining keltirib o’tamiz. 
A.G.Kovalyovning fikricha, 
shaxs
- bu ijtimoiy munosabatlarning ham 
ob'ekti ham sub'ektidir. A.N.Leont'ev ushbu masalaga boshqacharoq yondashadi va 
unga shunday ta'rif beradi: 
shaxs
faoliyat sub'ektidir. K.K.Platonovning talqiniga 
binoan jamiyatda o’z rolini anglovchi, jamiyatning qishga layoqatli, yaroqli a'zosi 
shaxs
deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurro ochishga harakat qilgan 
S.L.Rubinshteyn ta'rificha
, shaxs
- bu tashqi ta'sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi, 
ichki shart-sharoitlar majmuasidir. 
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin o’zaro farqlanib turuvchi 
tushunchalar qo’llanib kelinadi, chunonchi odam, shaxs, individuallik. Ularning 



mohiyatini aniqroq izohlab berish, har birining psixologik tabiatini tahlil qilish 
maqsadga muvofiq. 
1.
Odam
sut emizuvchilar sinfiga dahldorligi biologik jonzot ekanligi odamning 
o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik qo’llarning mehnat faoliyatiga 
moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga 
kirishi, uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong 
bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o’z 
qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o’zgartirish imkoniga ham egadir. 
2.
Shaxs
mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan. Jamiyatda rivojlanuvchi 
til yordami bilan boshqa kishilar bilan (muloqot) muomalaga kirishuvchi odam 
shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi. 
3.
Individuallik
- har qanday insonning betakror, o’ziga xos xususiyatlarga egadir. 
Shaxsning o’ziga xos qirralarining mujassam-lashuvi individuallikni vujudga 
keltiradi. Individuallik shaxsning intellektual, emosional va irodaviy sohalarida 
namoyon bo’ladi. 
Sobiq sovet psixologiyasida shaxs tuzilishiga doir qator manbalar 
keltirilgan
.
Jumladan, 
S.L.Rubinshteyn
bo’yicha shaxs tuzilishi quyidagi ko’rinishga 
ega: 
1.Yo’nalganlik
- ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e'tiqodlar faoliyat va xulqning 
ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi. 
2.Bilimlar, ko’nikmalar, malakalar
- hayot va faoliyat jarayonida egallanadi. 
3.Individual tipologik xususiyatlar
- temperament, xarakter, qobiliyatlarda aks 
etadi. 
K.K.Platonov
ta'limotiga ko’ra shaxs tuzilishi quyidagicha shaklga ega: 
Yunalganlik 
Bilim, ko'nikma, 
malaka 
Individual psixologik 
xususiyatlar 
Ehtiyoj, qiziqish, ideal faoliyatdagi yetakchi 
motiv, xulq-atvor va dunyoqarash ishonchni 
yuzaga kelishi 
Bilish faoliyati va hayot jarayonida egallanadi 
Qobiliyat, 
xarakter, 
temperament



1.Yo’nalganlik osttuzilishi
- shaxsning ahloqiy qiyofasi va munosabatlarini 
birlashtiradi. Unda harakatchanlik, barqarorlik jadallik ko’lami (hajmi) darajalarini 
farqlash lozim. 
2.Ijtimoiy tajriba osttuzilishi
- ta'lim natijasida shaxsiy tajribada egallangan 
bilimlar, ko’nikmalar, malakalar va odatlarni qamrab oladi. 
3.Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi 
- ijtimoiy turmush jarayonida 
shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari. 
4.Biologik shartlanganlik osttuzilishi
- miya morfologik va fiziologik 
xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq bo’lgan patologik o’zgarishlarni, 
shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik holatlarini birlashtiradi. 
A.G.Kovalyov
talqiniga binoan shaxs quyidagi tuzilishga ega: 
1.Yo’nalganlik
- voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o’zaro ta'sir 
etuvchi har xil xususiyatli g’oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar 
kiradi. Ustuvor yo’nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi. 
2.Imkoniyatlar
- faoliyatning muvafaqqiyatli amalga oshirishini ta'minlovchi tizim, 
o’zaro ta'sir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha qobiliyatlar. 
3.Xarakter
- ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning 
ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo’ladi. Xarakter tizimi irodaviy va 
ma'naviy sharoitlarga ajraladi. 
4.Mashqlar to’plami
- hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish 
(korreksiyalash), o’zini-o’zi nazorat qilish, o’zini-o’zi boshqarishni ta'minlaydi. 
Shaxsning faolligi 
Shaxs o’zining faoliyati tufayli tevarak-atrofdagi olam bilan faol munosabatda 
bo’ladi. 
Shaxsning faolligi
deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga 
ko’rsatadigan ta'siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar 
ham o’zaro munosabatda bo’ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib 
yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashibgina qolmasdan, uni 
o’zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, 
ehtiyojlarida namoyon bo’ladi. XX asr boshlarida avstriyalik psixolog Z.Freyd shaxs 
faolligini quyidagicha tushuntiradi. Odam o’zining avlodlaridan nasliy yo’l bilan 
o’tgan instinktiv mayllarining namoyon bo’lishi tufayli faoldir, instinktiv mayllar 
asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo’ladi Z.Freyd shaxsning faolligini 
jinsiy mayllar bilan bog’laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy
psixologiyasi to’g’ri hal qilib beradi. Inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning 
ehtiyojlar, deb tushuntiradi.
Psixologik nuqtai nazardan borliq to’g’risida mulohaza yuritilganda, tirik 
mavjudotlarning (oddiy tuzilishga ega bo’lganidan tortib, to murakkabigacha) 
tevarak-atrof bilan hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan turli xususiyatli bog’lanishlarni 
ta'minlab turuvchi faoliyati (qaysi darajasi, shakli ekanligidan qat'iy nazar) ularning 
barchasi uchun umumiy bo’lgan xususiyat hisoblanadi. Ularning faolligi tufayli 
murakkab tuzilishli faoliyat yuzaga kelib, (ongning mahsuli sifatida) turli-tuman 
mohiyatli har xil ko’rinishdagi ehtiyojlar (ularning toifalarga aloqadorligi kelib 
chiqishi jihatidan biologik, moddiy, ma'naviy va boshqalar)ni qondirish uchun 
xizmat qiladi. Xuddi shu boisdan faollik faoliyatning asosiy mexanizmlaridan biri 



bo’lib, tirik mavjudotlarning o’z imkoniyati darajasida tashqi olam ta'sirlariga javob 
qilish uquvchanligining tarkibi sanaladi. Shu o’rinda A.Maslouning ehtiyojlar 
ierarxiyasini keltirib o’tish zarur. 
Psixologik manbalarga asoslanib, fikr yuritishimizda 
ehtiyoj
- jonli 
mavjudotning tobe ekanligini ifoda etuvchi va mazkur shart-sharoitlarga nisbatan 
faolligini namoyon qiluvchi holat tariqasida ifodalaniladi.
Insonning faolligi boshqa mavjudotlardan ham mohiyat, ham shakl jihatidan 
tafovutga ega bo’lib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli vaziyatlarda qondirilishida 
o’z ifodasini topadi. Jumladan, mavjudotlar va hayvonlar o’zlarining tanasi va uning 
a'zolari tuzilishiga,
instinktlarning turli-tumanligiga binoan, o’z o’ljasini tutib olishga nisbatan intilishni 
vujudga keltiruvchi tabiiy imkoniyati uni oldindan payqash, sezgirlik orqali zudlik 
bilan faol harakat qiladi. hayvonlar ehtiyojlarining qondirilish jarayoni qanchalik 
maqsadga muvofiq ravishda kechgan bo’lsa, bu esa o’z navbatida ularning qurshab 
olgan yashash muhitiga engillik bilan moslashuvini ta'minlaydi. Masalan, asalari 
xatti-harakatlarining tug’ma, irsiy dasturida uning gullarga qo’nib, nektar yig’ish 
ehtiyojlari bilan cheklanib qolmasdan, balki bu ehtiyojlarni qondirish ob'ektlari 
(gullarning navlari, ularning uzoq va yaqinligi, qaysi tomonda joylashganligi, mo’l-
ko’lligi kabilar va hokozo) aks etadi. Shu boisdan mavjudotlarning ehtiyojlarida 
O'ZINI- 
O'ZI QAROR
TOPTIRISH 
ESTETIK EHTIYOJ: 
go'zallik garmoniya 
BILISh EHTIYOJI: 
bilish tushunish 
HURMATGA BO'LGAN EHTIYOJ: 
hurmat qozonish, ma'qullash 
YAQINLIK TUYG'USIGA EHTIYOJ: 
odamlar qabul qilishi va hurmat qozonish 
XAVFSIZLIKKA NISBATAN EHTIYOJLAR: 
o'zini himoya qilish hissi 
FIZIOLOGIK EHTIYOJLAR: ovqat, 
chanqoq 


10 
ularning faolligi omili sifatida tabiiy alomatlar instinktlar, shartsiz reflekslar va 
hokazolar bevosita qatnashadi. 
Odamning ehtiyoji unga ta'lim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi, ya'ni 
insoniyat tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajriba, ko’nikma, malaka, odat, ma'naviyat, 
qadriyatlar bilan yag’indan tanishishi ularni o’zlashtirish orqali amalga oshiriladi. 
Tabiat tomonidan vujudga keltirilgan jism, narsa, buyum inson uchun biologik 
ehtiyojni qondiruvchi o’lja ma'nosini va ahamiyatini yo’qotadi. Odam boshqa 
mavjudotlardan farqli o’laroq, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrining xususiy 
ehtiyojlariga xizmat qiluvchi muayyan buyumni zaruriyat talabiga binoan tubdan 
qayta o’zlashtirishga, takomillashtirishga qodir ongli zotdir. Xuddi shu boisdan 
odamning o’z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot darajasi 
bilan o’lchanadigan faoliyat shakli va turini egallashning faol muayyan maqsadga 
yo’naltirilganligi, ma'lum rejaga asoslangan ijodiy ko’rinishi sifatida alohida 
ahamiyat kasb etadi. Insondagi tor ma'nodagi ehtiyojlar uning shaxsiy talablarini 
qondirish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik faoliyatida yuzaga keluvchi 
jamoaviy ehtiyojlar yakkaxolligiga oid xususiyat kasb etadi. Aytaylik, ma'ruza 
o’qishga taklif qilingan mashg’ulotga o’qituvchining puxta tayyorgarligi o’z 
predmetining o’ta fidoiysi ekanligi uchun emas, balki jamoa nufuziga dog 
tushirmaslik ma'suliyati ijtimoiy burch hissiga nisbatan ehtiyoj sezganligi tufayli 
amalga oshadi. Shaxsiy ehtiyoj guruhiy, jamoaviy munosabatlar uyg’unlashib 
ketganligi sababli o’zaro qorishiq xususiyatiga ega bo’ladi. Har qanday individual 
faoliyatga nisbatan ehtiyojning tuzilishi ijtimoiy alomat, umumiylik, hamkorlik 
xususiyatini kasb etib, faoliyatga yondashuvda yakkaxollik umumiylikni, 
umumiylik esa alohidalikni uzluksiz ravishda beto’xtov aks ettirib turadi. 
Psixologiya fanida ehtiyojlarni tasniflash ularni kelib chiqishi va o’z 
predmetining xususiyatiga binoan amalga oshiriladi. Odatda o’zlarining kelib 
chiqishiga binoan ehtiyojlar tabiiy va madaniy turga ajraladi.
Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyati faolligi o’z shaxsiy hayotini himoya qilish, 
o’z avlodi hayotini saqlash, uni qo’llab-quvvatlash uchun zaruriy shart-sharoitlarga 
yuritilganlik, tobelik aks etadi. Tabiiy ehtiyojlar tarkibiga odamlarning ovqatlanishi, 
tashnalikni qondirishi, jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan saqlanish, musaffo 
havoga intilish tana a'zolariga dam berish kabilar kiradi. Tabiiy ehtiyojlar uzoq vaqt 
davomida qondirilmasa, uning oqibatida inson
halokatga mahkum bo’ladi, o’z sulolasi hayoti va faoliyatini xavf ostida qoldiradi. 
Inson faoliyatining faolligi insoniyat madaniyati mahsuli bilan bog’liqligini 
ifodalab, madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Madaniy ehtiyojlar to’g’risida 
mulohaza yuritilganda uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki manbalari 
bilan uzviy bog’lanib ketishini ta'kidlab o’tish lozim. 
Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy ehtiyojlar bilan o’zaro uyg’unlashgan bo’lib, 
birinchisi ikkinchisini taqozo etadi. Chunki ular bir-birining negizidan kelib chiqadi. 
Xuddi shu boisdan madaniy ehtiyojlar ob'ektiga tabiiy ehtiyojlarini qondiruvchi uy-
ro’zg’or buyumlari, mehnat faoliyati orqali boshqa kishilar bilan boqlanish 
vositalari, madaniy aloqalar o’rnatish usullari, shaxslararo muomalaga kirishish 
uslublari, ijtimoiy turmush zaruriyatiga aylangan narsalar, o’qish va tajriba orttirish 


11 
yo’llari kiradi. Odatda jamiyatda ta'lim va tarbiya tizimini egallash, xalq an'analari, 
marosimlari, bayramlari, odatlari rasm-rusumlari, xulq-atvor ko’nikmalarini 
o’zlashtirish jarayonida rangbarang madaniy ehtiyojlar vujudga keladi, yangicha 
ma'no kasb eta boshlaydi. Yuqorida ta'kidlab o’tganimizdek, tabiiy ehtiyojlar 
qondirilmasa, ular insonni halokat yoqasiga etaklaydi, biroq madaniy ehtiyojlarning 
qondirilmasligi unday oqibatlarga olib kelmaydi, uning kamolotini sekinlashtiradi.
Psixologiya fanida ehtiyojlar o’z predmetining xususiyatiga ko’ra moddiy va 
ma'naviy turlarga ajratiladi, ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai turlicha 
ekanligi e'tirof etiladi.
Insonning ovqatlanishi, kiyinishi, uy-joyga ega bo’lishi, maishiy turmush 
ashyolariga intilishi, komfort hissini qondirish bilan bog’liq madaniyat 
predmetlariga nisbatan ehtiyoj sezish moddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga 
keltiradi. Ma'naviy madaniyatni yaratish va o’zlashtirish shaxsning o’z fikr 
mulohazalari va his-tuyg’ulari bo’yicha boshqa odamlar bilan muomalaga kirishishi 
hamda axborot almashtirishi, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishishi, mahalliy 
matbuotni o’qish, kino va teatr ko’rish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish, 
ya'ni ijtimoiy ong mahsuliga tobelik ma'naviy ehtiyojlar tizimini vujudga keltiradi. 
Ma'naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq bo’lib vujudga 
kelgan ma'naviy ehtiyojlarni qondirish jarayoni moddiy ehtiyojlarning tarkibiga 
kiruvchi moddiy narsalar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi kitob, yozuv 
qog’ozi va boshqalar. 
Ehtiyojlarning turlari haqida fikr bildirilganda yana shu narsaga e'tibor berish 
kerakki, kelib chiqishiga binoan tabiiy turga taalluqli ehtiyoj o’z predmetiga ko’ra 
moddiy guruhga xuddi shu mezonlar bo’yicha bir davrning o’zida madaniy 
ehtiyojning moddiy yoki ma'naviy ehtiyoj turkumiga kiritish mumkin. Shu tariqa 
ehtiyojning kelib chiqishi va predmeti, xususiyati bo’yicha ikki mezonga asoslanib, 
muayyan guruhlarga ajratiladi. Inson ongining tarixiy taraqqiyotiga nisbatan va 
ehtiyojlarning ob'ektiga bergan munosabatiga binoan har xil tasniflanadi va xuddi 
shu mezonlarga ko’ra ular rang-barang turlarga ajratiladi. Ularning izchilligi, 
barqarorligi, davomiyligi, ko’lami, ahamiyatliligi, predmetliligi, ijtimoiyligi, 
individualligi kabi xususiyatlari bilan o’zaro bir-biridan farqlanadi. Ehtiyojlar 
faoliyati va xulq-atvor motivlari bilan teng alohada bo’ladi.
Psixologiya fanida ehtiyoj quyidagi tiplarga ajratiladi: 
1. 
Individual - yakka shaxsga yo’naltirilgan.
2. 
Guruhiy - real guruhlarga moddiy va ma'naviy intilish. 
3. 
Jamoaviy - jipslashgan guruhlar talabi majmuasi. 
4. 
Xududiy - etnik guruhning muayyan o’ziga xos talablari qondirilishi. 
5. 
Etnik - ma'lum millat yoki xalqlarning safarbarligini ta'minlash. 
6. 
Umumbashariy - er yuzi xalqlarining umumiy talablarining majmuaviy aks 
etishi. 
Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo’ladi. qiziqish 
shaxsning muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda insonning individual 
xususiyati bevosita mujassamlashadi. 
Qiziqish
-insonlarning dunyoqarashi, 
e'tiqodlari, ideallari, ya'ni uning oliy maqsadlari, orzu niyatlari, orzu umidlari bilan 


12 
bevosita muhim rol o’ynaydi hamda ularning muvaffaqiyatli kechishini ta'minlash 
uchun xizmat qiladi. qiziqishlarning klassifikasiyasi va ularning mazmuni quyidagi 
jadvallarda ifodalanadi: 
Qiziqish bilimlarni ongli, puxta, barqaror, anglagan holda o’zlashtirishda, 
shaxs qobiliyati, zehni, uquvchanligini rivojlantirishga, olamni mukammalroq 
tushunishga, bilim saviyasining kengayishiga yordam beradi. Shu o’rinda 
qiziqishlarning tarkibiy qismlar sifatida quyidagilarni keltirib o’tish joiz: 
Qiziqish motiv singari borliqning mo’'jizakor tomonlarini bilishga, fan 
asoslarini egallashga, faoliyatning turli tuman shakllariga nisbatan ijodiy 
Qiziqishning klassifikasiyasi 
Barqarorligi 
Barqaror 
Beqaror 
Maqsadi 
Kengligi 
B
ev
o
si
ta
B
av
o
si
ta
T
or
K
en
g
Mazmuni 
Ijtimoiy-siyosiy 
Intellektual 
Estetik 
Sport 
Shaxsning o'zi uchun qimmatli va yoqimli bўlgan muayyan narsa va hodisaarga 
munosabatini aks ettiradi.
Mazmuni 
Qiziqish ma'lum yo’nalganlikni 
anglatadi. Moddiy, ijtimoiy,
siyosiy , kasbiy, bilish estetik 
sportga qiziqish va boshqalarga 
ajratiladi. 
Maqsad 
Qiziqish bekaror va barqaror 
xarakterda bo'ladi. Bevosita 
faoliyat jarayonining o'ziga 
bo'lgan qiziqish bavosita bu 
faoliyat natijalariga qiziqish. 
Barqarorligi
Qiziqishlar har xil muddatli va 
saqlanishligi bilan tavsiflanadi. 
Qiziqishlarning barqarorligi
esda olib qolishning 
davomiyligida ko'rinadi. 
Kengligi
Qiziqishlar bitta sohada 
to'plangan bo'lishi mumkin. 
Shuningdek, ko'p ob'ektlar 
o'rtasida
taqsimlangan
bo'lishi mumkin. 
Qiziqishlar 


13 
yondashishni vujudga keltiradi, mehnatga, ta'limga mas'uliyat bilan munosabatda 
bo’lishni shakllantiradi, har qaysi yakkahol (individual) shaxsga ishchanlik, g’ayrat-
shijoat, engilmas irodani tarkib toptirishga puxta psixologik shart-sharoitlarni 
yaratadi. Qiziqishning psixologik mohiyatidan kelib chiqqan holda yondashil-
ganda, qiziqish, insonga intilish, faollik, ichki turtki ehtiyojni ro’yobga chiqarish 
manbai, rolini bajaradi. 
Qiziqish muammosi psixologik nuqtai nazardan L.A.Dobrinin, N.D.Levitov, 
M.F.Belyaev, L.A.Gordon, L.I.Bojovich, N.G.Mordova, M.G.Davletshin, 
M.V.Voqidov, E.G.Goziev va boshqalarning nazariy metodo-logik xususiyatga ega 
bo’lgan asarlarida hamda maxsus eksperimental tadqiqotlarida rivojlantirildi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining dastlabki ko’rinishi - bu odam-lar 
tomonidan anglab etish yoki tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini, 
uning oqibatini anglash, tasavvur etish orqaligina ob'ektiv borliqdagi narsa va 
hodisalarga ongli, tanlab munosabatda bo’ladi. Lekin bu voqelik (anglash, 
tushunish) insonda birdaniga sodir bo’lmaydi, balki muayyan vaqt davomida unda
bilish jarayonlari, shaxsiy fazilatlari, individual-tipologik xususiyatlari rivojlanishi 
tufayli yuzaga keladi. Inson o’z shaxsiy qiziqishini qondirgandan keyin unda 
yoqimli his-tuyg’ular uyg’onadi, ruhiy qoniqish esa o’z navbatida lazzatlanish ( 
praksik) hissini vujudga keltiradi, buning natijasida frustrasiya (ruhiy tushkunlikka 
tushish) uning shaxsiyatini egallaydi. 
Qiziqishni psixologik mohiyatining uchinchi ko’rinishi-uning irodaviy 
sifatlar bilan umumlashgan tarzda vujudga kelishidir. Irodaviy zo’r berish, muayyan 
qaror bo’yicha intilish, ba'zi qiyinchiliklarni yengish, mustaqillikni namoyon qilish 
xususiyatini qaror toptiradi, shaxsni maqsad sari etaklaydi. 
Qiziqishni 
psixologik mohiyatining to’rtinchi ko’rinishiuni oliy nerv faoliyati xususiyatlari va 
temperament tiplari bilan birga mujassamlashgan holda namoyon bo’lishidir. 
qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlari to’g’risida mulohaza yuritilganda, 
dastavval rus olimi I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta'limotini ta'kidlab 
o’tish joiz, uning "bu nima?" refleksi, ya'ni orientirovka (mo’ljal olish) refleksi 
qiziqishning moddiy negizini tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etadi. I.P.Pavlov 
va uning shogirdlaridan keyin P.K.Anoxin,
N.A.Bernshteyn, B.M.Teplov, V.S.Merlin, V.D.Nebilisin va boshqalar insondagi 
qiziqishning nerv - fiziologik mexanizmlarini bosh miya katta yarim sharlari 
po’stloqida orientirovka refleksi negizida murakkab muvaqqat boqlanishlarning 
vujudga kelishidir, degan tarzda talqin qildilar. Qiziqishning moddiy asoslari 
o’zaro 
induksiya qonuni, po’stlog’dagi optimal qo’zg’alish o’choqi va dinamik 
stereotiplar 
(I.P. Pavlov), 
dominanta
(A.A. Uxtomskiy), 
orientir murakkab 
psixofiziologik hodisa ekani
(E.N. Sokolov) va boshqalar bo’lib hisoblanadi. 
Psixologiyada qiziqish mana bunday tiplarga ajratilishi mumkin:
Mazmuniga ko’ra
: shaxsiy va ijtimoiy; 
Maqsadiga binoan
: bevosita va bilvosita; 
Ko’lamiga qaraganda
: keng va tor; 
Qiziqishlar darajasi bo’yicha
: barqaror va beqaror va boshqalar. 


14 
Qiziqishning mazmun jihatidan o’zaro tafovutlanishi quyidagilarda 
mujassamlashadi: bilish ehtiyojlarining ob'ektlari qaysilar, bilimning mazkur 
faoliyat maqsadi bilan mutanosibligi; shaxsning yashayotgan muhitiga nisbatan 
munosabati kabilar. 
Qiziqishning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo’ladigan 
qiziqishlarning voqelik, jismlar va hodisalarning emosional jozibaliligi, his-
tuyg’ularga ega bo’lishligi, tashqi ta'sirlarga beri-luvchanligi tufayli vujudga keladi. 
Bevosita qiziqishlar o’rganilayotgan narsaning ma'nosi bilan uning shaxs faoliyati 
uchun ahamiyati mos tushgan taqdirda paydo bo’lishi mumkin. Psixologiyada 
bevosita qiziqishning yuzaga kelishi faoliyatning maqsadini anglash bilan bog’liq 
bo’lgan bilishni ehtiyoj deb atash qabul qilingan. U yoki bu narsalarni (hodisalar 
mohiyatini) bilish, ko’rish, idrok qilish, anglab etish uchun qiziarli tuyulgan ichki 
kechinmalar bevosita qiziqishni aks ettiradi. Bilvosita qiziqishlar mehnat faoliyati 
yoki ta'lim olish jarayonining muayyan ijtimoiy ahamiyati bilan uning shaxs uchun 
sub'ektiv ahamiyati o’zaro mos tushganida bilvosita qiziqish yuzaga keladi. Mehnat 
faoliyati va ta'lim jarayonini ongli tashkil etish etakchi va ustuvor rol o’ynaydigan 
bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish uchun maxsus tamoyillarga, omilkor yo’l-
yo’riqlarga o’rgatish maqsadga muvofiqdir. 
Odamlarning qiziqishlari o’zining ko’lami bilan bir-biridan farq qiladi. 
Shunday shaxslar toifasi ham mavjudki, ularning qiziqishlari faqat bir sohaga 
qaratilgan bo’ladi. Boshqa bir toifaga taalluqli odamlarda esa qiziqishlar qator 
sohalarga, fanlarga, ob'ektlarga yo’naltirilganini uchratishimiz mumkin. Lekin turli 
sohaga nisbatan qiziqishlarning biri, agarda ularni oqilona boshqarish imkoniyatiga 
bo’lsa, ikkinchisiga salbiy ta'sir etishi mumkin emas, qiziqishning torligi ko’pincha 
salbiy hodisa sifatida baholanishi mumkin, lekin ayni chog’da ularning kengligi ham 
nuqson tariqasida tahlil qilinsa bo’ladi. Biroq shaxsning barkamol shaxs bo’lib 
kamol topishi qiziqishlar ko’lamini tor emas, balki keng miqyosda bo’lishini taqazo 
etadi.
Qiziqishlar o’zlarining darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga 
ajratiladi. Barqaror qiziqishga ega bo’lgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan 
predmetlariga, ob'ektlariga, hodisalarga nisbatan o’z maylini hech o’zgarishsiz 
saqlab tura oladi. Shu boisdan inson ehtiyojlarini o’zida mujassamlashtiruvchi, 
shaxsning ruhiy fazilatiga aylana boshlagan qiziqishlar barqaror qiziqishlar deyiladi.
Inson shaxsi xulq-atvorining o’z motivlari bo’ladi. 
Motiv
- ma'lum 
ehtiyojlarni qondirish bilan bog’li bo’lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar 
ehtiyojlar inson shaxsi faolligining mohiyatini tashkil etsa motivlar bu mohiyatning 
namoyon bo’lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog’liqdir. 
Shuning uchun motivlar bir-biridan ehtiyoj turlariga qarab farqlanadi. Masalan, 
moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar yoki ma'naviy 
ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar bo’lishi mumkin. Motivlar 
anglanilgan va anglanilmagan bo’lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam 
nimanidir istaydi, ammo o’sha narsa nimaligini tasavvur ila olmaydi. Demak, 
motivlar inson shaxsi xulq-atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi 
sababdir. Xatti-harakatlarning muhim motivi e'tiqoddir. 
E'tiqod
- shaxsning o’z 


15 
qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga mos ravishda harakat qilishga undovchi 
anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaklar ham xatti-harakat motivlari bo’lib, bu 
motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo’lmagan yashash va taraqqiy etish 
sharoitlarida ehtiyojlar o’z ifodasini topadi.
Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar borasida eng ko’p o’rganilgan 
masala 
ko’rsatma berishdir
. Bu masala gruzin psixologi 
D.N.Uznadze
va uning 
xodimlari tomonidan ishlangan. Ko’rsatma berish deganda bilish faoliyati bilan 
bog’liq bo’lgan ehtiyojlarni ma'lum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi. 
Talabalar o’qituvchilar beradigan topshiriqlarni bajarishga doim tayyor turadilar. 
Shaxsning malaka va odatlari 
Har bir odam bilim bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir 
necha xil bo’ladi (yozish, o’qish, yurish, musiqa chalish, sport va hokazo). Maqsadni 
ko’zlab biror nima bajarish malakaga bog’liqdir. 
Malaka
- deb avval ongli bajarilib, 
keyinchalik avtomatlashgan xatti-harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta-
qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab 
bo’lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb
egallash murakkab malaka, mix qoqish, o’tin arralash-sodda malaka hisoblanadi. 
Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar 
ham bo’ladi. Odat kishi qalbiga o’rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan 
harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. 
Odatlar ijobiy va salbiy bo’ladi. Salbiy odatlarga yolg’on gapirish, ichish, chekish 
kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv-fiziologik asoslarini shartli refleksning
hosil bo’lish mexanizmi tashkil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik 
stereotip tarzidagi, ya'ni takrorlash natijasida mustahkamlangan 
shartli reflekslar
majmuasidan iborat. Masalan, bola bolalar boqchasiga o’rganguncha qiynaladi, 
chunki undagi sharoitga ularda dinamik stereotip hosil bo’ladi. Yangi hosil 
qilinadigan malakalar ilgari hosil qilingan malakalarga bog’liq bo’ladi. Ilgarigi 
malakalar yangisiga ijobiy ta'sir qilsa, malakalarning kuchayishi kuzatiladi. 
Masalan, chet tillaridan birortasini o’rgangan odam boshqa bir chet tilini o’rganishda 
qiynalmaydi. Agar ilgarigi malaka yangisini hosil qilishga salbiy ta'sir qilsa 
malakalar 
interferensiyasi 
deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay 
boshqa sohaga o’tsa qiynaladi. Shaxs shug’ullanayotgan ishi bilan uzoh vaqt 
shug’ullanmasa malakalar so’nishi hodisasi kuzatiladi. Bu malakalarning 
diavtomatizasiyasi
deyiladi. Malakalarning hosil bo’lish negizi va 
mustahkamlanishi odamning yoshiga bog’liq, masalan tilga 4-5 yoshda tez 
o’rganiladi. hunar egallash 12-13 yoshda tez o’rganiladi. Malakalarning 
mustahkamligi qiziqishlarga, shaxsning individual xususiyatlariga bog’liq, asab 
tizimiga bog’liq bo’ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanxoliklarda sekin
hosil bo’ladi.
Demak, malakalar shaxsning tarkib topishiga katta ta'sir ko’rsatadi. Shaxsni 
individualligi uning ijtimoiy munosabatlarida belgilanadi. Bu borada quyidagi 
fikrlarni keltirib o’tish joiz. Atoqli psixolog 
K.K. Platonov
shaxsni "konkret odam 
yoki dunyoni yaratuvchi sub'ektdir", 
L.I.Bojovich
esa "odam o’zini anglash 


16 
jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda "men" degan tushuncha paydo bo’ladi" deb 
ta'kidlaydilar. 
A.N.Leontevning
"Faoliyat, Ong, Shaxs" degan kitobida shaxs 
haqida ajoyib fikrlar mavjud. "Bu oliy olam birligi hayotida doimiyligini saqlaydi, 
har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar ko’z o’ngida va o’z ko’z o’ngida 
qoladi".
Mazkur fikrlardan ko’rinadiki, shaxs o’zini-o’zi anglashga qodir, ijtimoiy 
munosabatlarning sub'ekti, o’zini-o’zi anglash imkoniyatiga ega bo’lgan ongli 
mavjudot sifatida e'tirof etiladi. Shu bois, insonlar jamoasi, ijtimoiy tarixiy 
jarayonlarining ta'sirida kamolga etadi. 
Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili 
Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining tadqiqot doirasi 
predmetidan tashqariga chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning 
yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning 
ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiya 
hamda uni talqin qilish yuzasidan falsafa, pedagogika, tibbiyot singari
fanlarning namoyondalari tomonidan turlicha fikrlar bildirilayotganligi keltirib 
chiqarilayot-ganligi bunga yaqqol misoldir. 
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo’yicha eng salmoqli 
ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, shaxs tuzilishning 
xilma-xil modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. 
B.G.Anan'evning
fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va irodaga ajratish 
jarayonini inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining dastlabki 
ko’rinishi bo’lib, uning qaqchilligi ko’pgina psixologlar tomonidan tan olingan

L.S.Vigotskiyning
mulohazasiga ko’ra, insonning psixik funksiyalarini yuksak, 
madaniy hamda quyi, tabiiy turlarga ajratish mumkin. Chunki ularning negizida 
ta'lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar tizimi 
o’zaro ta'sirining ifodalanishi yotadi. 
Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchilikni eng 
asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida namoyon bo’ladi. Ular shaxsning 
tuzilishiga ko’ra substansional va ideal, irsiy va psixologik tomonlarga ega bo’lib, u 
V.M.Banshikov
tadqiqotlarida asoslaniladi. 
Mulohazadan ko’rinib turibdiki, bunda shaxsning "substansional tomonini" 
irsiy, kundalik faoliyatda egallagan somatik jabhalar bilan taqqoslaganda, mustaqil 
strukturaviy tarkib sifatida, alohida reallikka ega emas. Bunday tahlil individual 
voqelik ustida gap borayotganini bildiradi. 
A.G.Kovalevning
fikricha, temperament 
tabiiy xususiyatlarning muhimligini bildirib keladi.
B.D.Pariginning
fikricha, shaxsning statik tuzilishiga quyidagilar kiradi:

Umuminsoniy psixologik xususiyatlar

Milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy o’ziga xos
xususiyatlar.

Shaxsning individual betakror xususiyatlari. 
Chet el psixologlarining shaxs tuzilishi mohiyatini ochib berishga qaratilgan 
ko’pgina yondashuvlari ham yuksak ko’rsatkichlarga erishmaganligi tufayli bu 
masalani yoritish uchun keskin o’zgarish kiritolmadi. Olimlarning shaxsning 


17 
psixologik mohiyatini tushunchalar tuzish yordami bilan xaspo’shlashi ijobiy 
izlanish tarzida o’ziga tortadi, lekin unda shaxs "kundalik turmushimizda biz bilgan 
shaxsning aynan timsolidir" deb ta'riflanadi. 
AQSH psixologi 
G.Olportning
fikricha, shaxs: ichki tizim, "dinamik 
qurilma", "men", "qandaydir metapsixologik men", o’zida oldindan maqsad va 
dizpozisiyani va aks ettiruvchi inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib ravishda 
qaror toptiruvchi jonzotdir". Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy, tarixiy jihatdan 
yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o’rnini psixologik talqin 
egallaydi. 
Psixologlardan 
T.Parsond, G.Mid
va boshqalar "shaxsning rolli tuzilishi 
nomli "konsepsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit sub'ektiv dunyosini uning 
psixologik qiyofasini diqqat markazidan, idrok maydonidan chetda qoldiradilar. 
Keyingi yillarda chet el psixologiyasida olimlar diqqatini shaxs modelining 
psixologik omillari tortmoqda. Ularning asosiy variantlari 
G.Ayzenk, R.Kettell
konsepsiyalari bilan bevosita bog’liqdir. Mazkur konsepsiyalar ko’p yoki oz 
miqdordagi "omillar (Ayzenkda ular 2-3 ta, Kettellda esa 20 tadan ziyod) ga 
asoslangan bo’lib, ular muayyan darajada umumlashgan individuallikni yoki shaxs 
qiyofasini ifodalovchi psixologik xususiyatlarni aks ettiruvchi ruhiy tizimni qayd 
qilishga asoslanadi. Ammo tub ma'nodagi shaxsning psixologik konsepsiyasi ham
individuallik qiyofalarini haqiqiy ijtimoiy psixologik mohiyatini ochish 
imkoniyatiga ega emas, chunki xususiyatlarning qonuniy ravishdagi o’zaro aloqalari 
tavsiflanmay qolgan. 
K.K.Platonov
tomonidan ilgari surilgan shaxsning dinamik funksional 
tuzilishi katta qiziqish uyg’otadi. Olim shaxs xususiyatlarining barcha boyliklarini 
qamrab oluvchi modelini yaratishga intiladi. Shaxs xususiyatlari, qiyofasi uning 
tuzilish elementlari bo’lib, xossalari hisoblanadi. 
K.K.Platonov
shaxs tuzilishini 
turli tomonlariga aloqador 4 tuzilmaga ajratadi : 
1.Shaxsning axloqiy munosabatga yo’nalganlikni birlashtiruvchi ijtimoiy 
shartlangan osttuzilish.
Bu osttuzilishga aloqador shaxsning xislatlari tabiiy 
mayllarga bevosita bog’liq bo’lmay, tarbiyaviy yo’l bilan shakllantiriladi.
2.Tajriba osttuzilishi, unga ta'limiy yo’l bilan egallagan bilimlar, malakalar, 
ko’nikmalar, odatlar kiradi.
Ammo bu narsa shaxs qiyofasining biologik 
shartlangan ta'siri ostida kechadi. Ushbu ost tuzilish orqali shaxs insoniyatning 
tarixiy tajribasi bilan bog’liq bo’ladi. 
3.Shaxsning individual xususiyatlari bilan shartlangan ba'zi psixik jarayonlar 
kiritiladi.
Bunda biologik shartlangan xususiyatlarining ta'siri aniqroq ko’zga 
tashlanadi. 
4.Biologik shartlangan osttuzilish bo’lib, biopsixik xususiyatlarni fazilatlar 
temperament, jinsiy va yosh xususiyatlar, shuningdek, insonning patologik o’zgarish 
birlashtiradi
. Bu ost tuzilish mashq orqali shakllantiriladi.
K.K.Platonov "shaxsning tomonlari va uning ost tuzilishi" tushunchalarini 
sinonim sifatida qo’llanilganligini quyidagicha izohlab beradi: shaxsning moddiy 
jabhalari emas, balki funksional tomonlarining o’zaro ta'siri to’g’risida to’xtalish 
muhimdir". 


18 
V.S.Merlin
ham shaxsning tuzilishi masalasiga alohida ahamiyat bergan. 
Uning fikricha, shaxsning qismlarga ajratib talqin qilinmaydigan jabha bu uning 
xislatidir, ularning har biri muayyan yo’nalganlik mohiyatini mujassamlashtirgan 
bo’lib, shaxs munosabatini aks ettiradi. Shaxs tuzilishi deganda V.S.Merlin bo’yicha 
insonning o’z-o’ziga, o’zgalarga, mehnatga u yoki bu munosabatni o’zida 
birlashtiruvchi shaxs xususiyat-larining tashkiliy aloqadorligini anglatuvchi 
"simptokomleks" - ni tushuniladi. Tadqiqotchi 
N.I.Raynvaldning
fikricha, 
shaxsning tuzilishi va uning har bir qiyofasi (timsoli) uch mezon asosida tahlil 
qilinishi lozim: 
1.Orientirovka darajasi va anglanganlik xususiyati; 
2.U yoki bu ehtiyojiy holatlarni harakatlantirishning xususiyati hamda tashkiliyligi; 
3.Insonning emosional irodaviy bilishga oid sifatlarini namoyon bo’lishining 
jadalligi, jiddiyligi va zo’riqishi va boshqalar
N.I.Raynvaldning izohlashicha, faollikning regulyasiyasida psixik 
funksiyalarni umumlashgan guruhlashtirish uch o’lchovli (mezonli) tasnifi aql 
(intellekt), hissiyot (emosiya) va iroda mohiyati zimmasiga tushishi, shaxs 
tuzilishini temprament, xarakter va qobiliyatlarga, ikkinchi tomondan esa 
ekstroversiya, introversiya omillariga ajratilishiga barham beradi. 
N.I.Reynvaldning ushbu yondashuvi 
A.R.Luriyani
miya faoliyatining uch 
blokli rolli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi aql (intellekt) ko’p qollarda 
informasion blok orqali amalga oshadi, iroda (tashkililik) programmalashtirish bloki 
bilan bog’liq, xilma-xil emosional holatlar (hissiyot) yuzaga kelishining negizida 
"energetik" blok yotadi.
Aql, hissiyot, iroda va ularni ro’yobga chiqaruvchi miyaning bloklari, 
harakatlantiruvchilarni emas, balki o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan insonning atrof-
muhitga nisbatan munosabatining uch tomonini anglatadi. Keltirilgan fikr 
mulohazalardan shuni xulosa qilish mumkinki, shaxsning tuzilish tarkibi, uning 
o’ziga xos individual xususiyatlari bilan belgilansa, ayrim olimlar tomonidan tashqi 
ob'ektiv omillar asosida yuzaga kelishi ko’rsatib o’tilgan.
Tayanch tushunchalar 
Autizm
(yunon. auto - o’zim) - individning o’zini atrofdagi odamlardan 
chegaralab, o’zining kechinmalariga berilishdan iborat psixologik begonalashuv.
Biogenetik qonun
(yunon bios - hayot, genesis - kelib chiqmoq - 
psixologiyada E.Gekkel tomonidan ochilgan biologik qonun bo’lib, unga ko’ra 
ontogenez filogenezni takrorlaydi deb hisoblanadi.
Ideal 
(yunon. idea – g’oya, tushuncha tasavvur) - biror narsaning namunasi, 
ayrim odam, guruh va sinf xatti - harakatlari va intilishini belgilovchi oliy maqsad.
Individ
- (lot, iudividuum bo’linmas ayrim jins, shaxs) - biologik turga 
kiruvchi alohida tirik mavjudot.
Individuallik
- individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari 
va psixikasining o’ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligi.
Konformlik
(lot. corformis o’xshash, mos) - individnnng guruh fikrlariga 
tegishli tomondangina qo’shilib, ichki tomondan esa qo’shilmay o’z fikrida qolishi, 
guruhga ongli ravishda moslashishi. 


19 
"Men" - konsepsiya
(lot. conceptio - qabul etish - odamning o’zi to’grisida 
nisbatan barqaror, aniqlangan, o’z kechinmalarida ifodalanadigan taassurotlar 
tizimi.
Frustrasiya
(yunon, frustration - aldanish, behuda ko’rish, xafagarchilik, 
rejalarning izdan chiqishi) - kishining maqsadga erishish yo’lida uchraydigan, 
ob'ektiv ravishda yengib bo’lmaydigan yoki sub'ektiv ravishda shunday tuyuladigan 
qiyinchiliklar tufayli paydo bo’ladigan psixik holati.
Shaxs 
- ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan 
shug’ullanuvchi betakror odam.
Ehtiyoj
- odam va hayvon faolligining asosiy manbai, aniq sharoitlar bilan 
bog’liq zaruriyatning ichki holati.
Qiziqish -
shaxsning o’zi uchun qimmatli va yoqimli bo’lgan muayyan narsa 
yoki hodisalarga munosabati, keng va tor, chuqur va yuzaki barqaror bo’lishi 
mumkin. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə